36.2-mashq.
“Suratga emas, siyratga boq” mavzusidagi “Eng ravon nutq”
bahsiga tayyorlaning va unda ishtirok eting.
36.3-topshiriq.
jo‘yali, kеrik, siyrat, jаvrаqi, mаg‘rib, nоtоb so‘zlarining
ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) orasi
ochilgan; teshiklari katta; 2) yoqimsiz gaplarni ko‘p gapiradigan; 3) tobi qochgan,
kasallangan; 4) kunbotish tomon, g‘arb; 5) o‘rinli, muvofiq; 6) odamning ichki
olami, ruhiy dunyosi.
37-dars
SODDA KESIM VA MURAKKAB KESIM
37.1-mashq
. Gaplarni ko‘chiring. Kesimlarini aniqlab, ikki guruhga ajrating:
1) bir so‘z bilan ifodalangan kesimlar;
2) birdan ortiq so‘zdan iborat kesimlar.
1.Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi.
(Vladislav Gjechik) 2.Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 3. Rostlik –
do`stlik,
Yolg`onchilik
–
ko`rgulik.
(Maqol)
4.Yolg`on
ko`pincha
ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 5. Ishda
to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmoq, so`zda to`g`rilik har vaqt rost
so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) 6.Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga
berkinadi. (O`.Hoshimov)
Bilib oling.
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt
bezanadi. Rost gapir. (O`.Hoshimov). Haqiqat achchiq.
Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1.O‘zbekiston
– kelajagi buyuk davlat. 2.Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo`ldug`i kabi
rostlikdan
foyda,
xiyonatdan
zarar
Do'stlaringiz bilan baham: |