Joning`a yetkay talabning rohati,
Qolmagay ranj-u
taabning shiddati.
Durg`a topqon
soyi ko`nglung xosliq,
Bo`lg`oy osonroq sanga
g`avvosliq.
(Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”)
24.2-topshiriq.
Quyidagi izohlardan ajratilgan so‘zlarning ma’nosini
aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1)
suv tagida harakat qilish,
suzish; 2) sayin, sari; 3)
mashaqqat, mushkullik; 4)
zavqli harakat; 5) ot, ulov; 6)
davlat, boylik; 7) yengil, chaqqon.
24.1-mashq.
Har bir band mazmunini avval she’riy ifodali o‘qib, keyin nasriy
bayon qilishga tayyorlaning.
24.2-mashq.
Matnni she’riy va nasriy ko‘rinishda navbatma-navbat o‘qing.
Uyga vazifa
24.3-mashq.
Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling hamda “Eng yaxshi
nasriy matn” bahsiga tayyorlaning.
25-dars
“ENG CHIROYLI VA TA’SIRCHAN NUTQ” TANLOVI
(og‘zaki nutq bo‘yicha nazorat ishi)
25.1-topshiriq.
Mavzulardan birini og‘zaki nutq tanlovi uchun tanlang:
1) “Izzat qilsang, hurmat ko`rasan”;
2) “Mehr – gul, qahr – tikan”;
3) “Mehr xazinasi – til”;
4) “Meniki-seniki” – ko`ngil torligi”;
5) “Ustoz mehri – ota mehri”.
Do'stlaringiz bilan baham: