1. Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi


Barlarni jihozlanishi. Barda ishlash. Barlardagi servis


Download 33.66 Kb.
bet5/13
Sana09.02.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1178939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu

4.Barlarni jihozlanishi. Barda ishlash. Barlardagi servis
Barlar odatda ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:
- vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat qiladilar;
- restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi;
- yordamchi barlar–mehmonxona qavatlarida joylashadi;
- banket barlari – banket zallarida joylashadi;
- mini - barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonalarida joylashadi.
Bar taomnomalarida aralash-ichimliklar, shuningdek, tabiiy kuchli alkogol ichimliklar bo‘ladi. Har xil gazaklar mijozlar xohishiga qarab beriladi. Hamma barlarda stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, televizor, videomagnitafonlar, o‘yin avtomatlari bo‘lishi kerak. 50 dan ko‘p kishiga mo‘ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‘ladi. Hozirgi kunda ovqat tayyorlashda mijozlarning o‘zlari qatnashadigan barlar keng ommalashib bormoqda. Sut mahsulotlari barlari firma sut mahsulotlari magazinlari qoshidagi yirik savdo markazlarida barpo etiladi. Ularning asosiy maqsadi mijozlar taomni tatib ko‘rishi bilan mazasiga tushunadi va bar mashhur bo‘la boradi. Bu barlarda turli sutli mahsulotlar ham sotiladi.
Disko-bar taomnomasida odatda, yengil, sovutilgan, aralash ichimliklar, gazaklar bo‘ladi. Unda issiq taomlar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari muzqaymoqning turli xillari tavsiya qilinadi: qulupnayli, shaftoli sharbatli, o‘rikli, kofeli, yong‘oqli va hokazo. Disko-bar zallari zamon talabiga javob beradigan darajada badiiy bezatilishi kerak. Raqs maydoni rangli parket bilan qoplanishi, umumiy ko‘rinishga mos yorug‘lik berilishi shart. Disko-barlarda slaydlar ko‘rsatish uchun katta ekran o‘rnatiladi, quvvati kuchli musiqa apparati, yorug‘likni har xil qilib ko‘rsatish uchun asboblar, shuningdek televizorlar, videomagnitofonlar joylashtiriladi. Musiqiy dasturni disko-bar xodimi boshqarib boradi.
Pivo barlari pivo sotish bilan birga issiq va sovuq gazaklar ham sotadi. Bular jumlasiga: buterbrod, pivoga mos keladigan pishloqlar, har xil tuzlangan narsalar, quritilgan baliq, qalamcha qilib qovurilgan kartoshka, quritilgan qora non, teshik kulcha, sho‘rdanak, sho‘r bodom va boshqalar kiradi.



Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling