1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR JOYLASHUVINING IJTIMOIY-
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
34
ISHLAB CHIQARUVCHI KUCHLAR JOYLASHUVINING IJTIMOIY- IQTISODIY VA GIGIENIK ASOSLARI Hozirgi kunda ishlab chiqaruvchi kuchlarni to’g’ri taqsimlash — shahar va ishchilar posyolkalarida ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish masalasi tubdan o’zgardi. Birinchi besh yillik planini bajarish davrida qabul qilingan yirik sanoat markazlarini tashkil qilish, enyergetika ob’yektlarini rivojlantirish va korxonalarni joylashtirish masalasi uy-joylarni, shaharlarni va posyolkalarni qurish, joylashtirish masalasi bilan bir vaqtda hal qilindi. 1962 yili shahar, posyolkalarni loyihalash va qurishda orttiril-gan tajribaga asoslanib, «SHaharlarni loyihalash va qurishning qoida va normalari» (SNiP 11-K.2.62) ishlab chiqildi. Bu hujjatda turar joylar qurishning gigienik talab va normalari keltirildi. 1945 yildan so’ng sanoat korxonalari atrofida yangidan-yangi ishchilar shaharchalari barpo etildi. Angren, SHirin, Do’stlik va boshqa shaharlar 35 shular jumlasidandir. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi, bo’z yerlarning o’zlashtirilishi ko’pgina yangi davlat va jamoa xo’jaliklarining tashkil topishiga sabab bo’ldi. Rayon markazlarida qayta qurish, obodonlashtirish ishlari rivoj topib, ba’zi bir rayonlar shahar tipidagi turar joylarga aylantirildi. Masalan, To’ytepa, CHinoz, SHahrisabz shaharlari va boshqalar shular jumlasidandir. Ayniqsa, keyingi 15—20 yil ichida ajoyib zamonaviy shaharlar, turar joylar qurildi. SHahar aholisi soni yildan-yilga oshib bormoqda. Aholining qishloqdan shaharga tomon siljishi ko’payayotganligi ko’plab sanoat korxonalari qurilishini talab qilmoqda. Aholi sonining ko’payishi ularni ishga joylash va uy-joy bilan ta’minlash muammosiga sabab bo’lmoqda. SHahar aholisi soni 1939 yilda 64,4 mln ga etgan bo’lsa, 1976 yilda 157,9 mln ga etdi. 1989 yilga kelib esa aholi soni 66 foizga oshdi. Bu yana shahar qurilishida, ularni loyihalashda yangi nazariyalar ishlab chiqarishni taqozo qildi. Quyida turar joylarni (SNiP 11-60-70) sanitariya norma va qoidalariga qarab guruhlarga bo’lish jadvali keltirilgan (1- jadval). 1-j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling