40
va balchiqlarni qurib qolishdan saqlash zarur. Bunday davolash vositasi bor
mintaqalar 3 zonaga bo’linadi.
1. Qat’iy tartibli zona. Bu minyeral suvlarning yer ostidan otilib
chiqqan joyi, davolash uchun ishlatiladigan balchiqlar, cho’milish
joylarini o’z ichiga oladi. Bunday zonalarda odamlarning yashashi, u yerga
inshootlar qurish mumkin emas. U yerga faqat davolash uchun mo’ljallangan
binolar qurishga ruxsat etiladi. Ular quyoshning ul’trabinafsha nuridan
foydalanish uchun qurilgan ochiq yotoqxonalar, dengiz havosidan foydalanish
uchun quriladigan uxlash xonalari, ayvonlar va boshqalardan iborat. Qora
dengiz qirg’oqlarida bunday joylar juda ko’p.
2. CHeklangan zona bo’lib, bu territoriyalarda sanatoriylar, dam olish
uylari, kurort uchun binolar qad ko’taradi. Bu zonada istirohat bog’lari,
hiyobonlar tashkil qilinadi. U yerda chiqindi suvlarning davolash uchun zarur
bo’lgan buloq suvlariga, balchiqlarga aralashib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
CHiqindi suvlar faqat kanalizaciya tarmoqlariga oqiziladi.
3. Kuzatish zonasi. Bu buloqlar, minyeral suvlar va sog’liq uchun
foydasi bo’lgan suv manbalari bor uchastkalarni o’z ichiga oladi.
Bunday manbalari bor territoriyada qilinadigan ishlar quyidagilardan
iborat. Birinchidan, bunday suvlar o’sha joyning iqlimiga, tabiatiga va
sanitariya holatiga va tabiiy boyliklariga zarar byermasligi kerak. U yerda
asosiy diqqat territoriyaning sanitariya holatini saqlashga qaratiladi. Kurort
zonalarida bir qancha funkcional zonalar tashkil qilinadi. Jumladan, kurort
zonasi turar joy zonasi, kommunal xo’jalik ob’yektlari joylashgan zonalardan
iborat. O’rmon va istirohat bog’lari ko’kalamzor zona bo’lib, himoya-mintaqa
vazifasini o’taydi.
Kurort zonasi territoriyasida kattalar va bolalar uchun sanatoriy va
kurortlar, idoralar, tuman ahamiyatiga ega bo’lgan madaniy-maishiy xizmat
ko’rsatish tashkilotlari, istirohat bog’lari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |