1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Aholi turar joy zonalarida
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rmon-hiyobon mintaqasi
41
Aholi turar joy zonalarida asosan kurort, sanatoriy va dam olish muassasalarida xizmat qiluvchi odamlar yashaydi. Kommunal-xo’jalik zonasi asosan kurort zonasiga xizmat qiladigan ob’yektlarni o’z ichiga oladi. Ularning o’zi kurort zonasi holatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, chiqindi suvlar, axlatlarni yo’qotish yoki zararsiz holatga keltirish va zonani issiq suv bilan ta’minlash maqsadida turli yoqilg’ilar yoqiladi. Ularning yonishi oqibatida atmosfera havosi ifloslanadi. SHuning uchun bunday zonalarga alohida gigienik talab qo’yiladiki, bu zonaning holatiga va u yerda davolanayotgan, dam olayotgan bemorlar sog’lig’iga ta’sir etmasin. Bu territoriyada qurilish ishlari olib borish, engil sanoat va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining joylashishiga ruxsat byeriladi. Bunda sanitariya-himoya chegaralari, ya’ni kurort zonasi bilan kommunal xo’jalik zonasi orasidagi masofa 500 metrni, aholi turar joylaridan uzoqligi esa 200 metrni tashkil qilishi lozim. O’rmon-hiyobon mintaqasi o’rmon, uning tabiiy boyliklari, suv havzalarini o’z ichiga oladi. Ular ko’z qorachig’idek saqlanishi zarur. Tuman planini loyihalashtirishning gigienik ahamiyati juda katta. Sanitariya vrachinyng tuman loyihasiga ob’yektiv baho byera bilishi, ya’ni uning kamchiliklarini aniqlab, oldini olishi katta ahamiyatga ega. Bu ularning turar joylarini sog’lomlashtirishda, salomatligini saqlashda yordam byeradi. Tez fursatlar bilan rivojlanayotgan shaharlar, posyolkalar va sanoat korxonalari uchun qo’shimcha rezyerv territoriyalar foydalanishga byeriladi. SHu maydonlar transport vositalari bilan ta’minlanadi, u yerga kommunal xo’jalik inshootlari quriladi. SHahar chetida qishloq xo’jaligining rivojlanishiga imkon yaratiladi. Ko’kalamzorlashtirish, istirohat bog’lari tashkil etish, sanitariya-himoya zonalari tashkil etish ko’zda tutiladi. Agar shaharlar, posyolkalar va turar joylarning taraqqiyoti chegarali bo’lsa, u holda sanoat korxonalari qurishni cheklash, shahar ichidagi korxonalarni shahar tashqarisiga olib chiqib ketish zarur. Turar joylarni qaytadan gigiena talabiga javob byeradigan qilib qurish 42 atrof-muhitni sog’lomlashtirishga imkon byeradi. Bunda qishloq xo’jaligi taraqqiy etgan shaharlar tuprog’ini, yer osti suvlarini va ochiq suv havzalarini muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. SHahar va ishchi posyolkalari aholisining dam olishi, hordiq chiqarishi uchun fizkul’tura va sport ishlarini yo’lga qo’yish zarur. U yerga daraxtlar ekib ko’kalamzorlashtiriladi. Katta-katta binolar qurish, zaharli ximikatlar bilan ishlov byeriladigan qishloq xo’jalik ekinlari ekish va mol boqishga ruxsat etilmaydi. Ekologik holatni buzuvchi botqoqliklar, axlatxonalar, turli chiqindi tash- lanadigan joylar yo’q qilinadi va ularning meliorativ holati yaxshilanadi. Ishlab turgan sanoat korxonalarining va qishloq xo’jalik ob’-ektlarining aholi turar joylariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya vrachlari quyidagi talablarni qo’yadi. 1. Aholi turar joylariga yaqin qilib qurilgan sanoat korxonalarini gigienik jihatdan to’g’ri loyihalashtirish. 2. Atrof muhit, atmosfera, suv havzlari, tuproqning hozirgi holatini to’la- to’kis o’rganish. YAngi qurilayotgan xalq xo’jaligi ob’yektlaridan kelajakda kutiladigan o’zgarishlarni hisobga olish zarur. Bunda tashqi muhitning ifloslanishi, shovqin-suron va boshqalarning oldini olish maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlar nazarda tutiladi. 3. Sanoat korxonalari va qishloq xo’jalik ob’yektlari orasida sanitariya- muhofaza zonalari bo’lishini hisobga olib, rezyerv maydonlar ajratish zarur. 4. Tuman territoriyasida joylashgan korxonalarning ichimlik suvga zarar etkazmasligini ta’minlash. 5. CHiqindi suvlarning aholi yashaydigan territoriyadan olib chiqib ketilishi va suv havzalariga tushirishning shart-sharoitlarini ishlab chiqish va buning uchun joy tanlash. 6. CHiqindilarni qayta ishlash to’g’risida tavsiyanomalar ishlab chiqish. 7. Tuman aholisini kuchli shovqin-surondan himoya qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish, ya’ni aerodromlar, motorni sinovdan o’tkazish 43 korxonalari va boshqalarni shahar chetiga olib chiqish. SHuni aytish kerakki, tuman loyihasini tuzish va aholini suv bilan ta’minlashda sanitariya xodimlarining roli katta. CHunki ular suv havzalarini muhofaza qilish masalalarini ijobiy hal qilishda katta yordam byeradi. Sanitariya xodimlari aholini suv bilan ta’minlashning faqatgina hozirgi vaqtda emas, balki kelajakda ham yo’lga qo’yish yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi. Tarqoq holda joylashgan turar joylar aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida jamoa xo’jaliklaridan tushgan mablag’ning bir qismi vodoprovod inshootlari qurishga sarflanadi. Bu ham loyihada ko’rsatiladi. SHuningdek, loyihada chiqindi suvlardan qishloq xo’jligida foy- dalanish, ya’ni paxta, kanopni sug’orishda foydalanishga ruxsat etiladi, Bunda suv havzalaridan yuvinish, cho’milish maqsadlarida foydalanish, uning qirg’oqlarida aholining dam olishini hisobga olib suv havzalarini muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. Bularning hammasi sanitariya vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Aholi turar joylarini qayta qurish va unga bo’lgan gigienik talab. Aholi uchun turar joy tanlashda sanitariya vrachi faol qat-nashadi. U qurilishga mo’ljallangan joyni har tomonlama o’rganadi. U tuproqning sanitariya holatini aniqlash uchun maydonning turli joylaridan namunalar olib baktyeriologik, kimyoviy va gel’mintologik holatini aniqlaydi. Tuproqning sanitariya holati gigiena talabiga javob byersa, u qurish uchun yaroqli hisoblanadi. SHuning uchun ham qonunchilikda bu masalaga muhim ahamiyat byeriladi. Tanlangan joy maydoni loyihada ko’rsatilgan ob’yektlar uchun etarli va gigiena talabiga mos bo’lishi kerak. Eng muhimi, qurilayotgan shahar, posyolka va boshqa turar joylarni kelajakda kengaytirish mumkin bo’lsin. Unga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. Qurilish maydoni botqoqliklardan holi, suv bosmaydigan, yer osti suvlari yer yuzasida chuqurroq joylashgan, tuprog’i quruq, unumdor bo’lishi 44 lozim. 2. Ajratilgan joyning relyefi ma’lum nishablikda (0,5—10%) bo’lib, yog’in suvlari oqib ketadigan hamda kanalizaciya inshootlari qurish uchun imkon byeradigan bo’lsin. 3. Aholining har taraflama ehtiyojini qondiradigan ichimlik suv bilan ta’minlashni ko’zda tutish. 4. Qurilish maydonida qazilma boyliklari bo’lmasligiga e’tibor berish. 5. Qurilayotgan shahar, posyolka, qishloqlarning katta va kichik yo’llar bilan bog’lash, gazlashtirish, elektrlashtirish mumkinligini hisobga olish shular jumlasidandir. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling