1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Joyning relyefi. Yer yuzining tuzilishi joyning kichik iqlimiga katta
ta’sir ko’rsatadi. Binoning kungay bo’lib qurilishi yerning tuzilishiga, ya’ni baland-pastligiga qarab hal qilinadi. Tepaliklarning kunga qaragan tomoni anchagina issiqroq bo’lib, kunga teskari tomoni esa aksincha sovuq bo’ladi. Tuproqning isib ketishi, havo haroratining ko’tarilishi, shamol harakati yerning tuzilishiga ko’p bog’liq. Odatda tepaliklarning janubga qaragan yon bag’ri anchagina yorug’roq va issiqroqdir, SHimolta qaragan tomoni esa, aksincha, sovuqroq bo’ladi. Qizig’i shundaki, yerning tepalik va balandliklari bilan pastliklarining tempyeraturasi bir xil emas. Ayniqsa, kechalari yerning baland qismidan sovuq havo yerning pastki vodiy tomoniga yo’naladi, oqibatda «sovuq orol» paydo bo’ladi. Balki, shuning uchun ham shimoliy va o’rta geografik kengliklarda joylashgan pastqam, havoning namligi baland bo’lgan joylar uy-joy qurish uchun to’g’ri kelmas. Aksincha, janubiy rayonlardagi joylar shaboda esadigan, havosi mayin bo’lib, kichik iqlimning nihoyatda kishi organizmiga yoqimli ta’sirini ta’minlaydi. Tojikiston, O’zbekistonning CHimyon, Oqtosh, Burchmulla, SHoximardon, Arslonbob va boshqa joylari, Tbilisi, Qirg’iziston o’lkasi va boshqalar shular jumlasidandir. Tog’lar, tepaliklar, balandliklar shamol tezligini ancha kamaytirib, tog’ va tepaliklar yonbag’rida joylashgan uy-joylarni qattiq sovuq yoki issiq shamoldan asraydi. Yerning relyefi juda tekis bo’lsa yog’ingarchilik vaqtida erigan qor va yomg’ir suvlari va boshqa yig’ilgan suvlar oqib keta olmaydi, 48 natijada uy-joylarning suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Demak, yer relyefining qiyaroq, notekis bo’lishi (5—10%) shahar va ishchi posyolkalari barpo qilishda katta ahamiyatga ega. Turar joylar qurishda tuproqning ahamiyati ham katta. Odatda, quyosh nuri tuproqqa tushib bir qismi orqaga qaytadi, ma’lum qismi esa yerga shimilib, issiqlik enyergiyasiga aylanadi. Isigan tuproqdan chiqqan issiqlik atmosferaning yerga tutashgan nurlanish yo’lini qizdiradi. YA’ni, oldin yer isiydi, keyin atmosfera havosini isitadi. Yer yuzasi yalang bo’lsa ayniqsa tez isiydi, qishda esa sovuqroq bo’ladi. Agar tuproq usti o’t-o’lanlar bilan qoplangan bo’lsa, yerning isishi unchalik bo’lmaydi. Yirik donali quruq, havoni yaxshi o’tkazadigan tuproqda organik moddalar yoki tuproqqa solinadigan go’ng va turli chiqindilar tez zararsiz holatga keladi. Botqoq, sho’r tuproqlarda esa buning aksi bo’ladi. Bunday tuproqlar kasallik tarqalishi, turli zararli gazlar chiqishiga sabab bo’ladi. CHiqindi, go’ng va boshqalar zararsiz holatga keltirilmasa pashsha, suvarak va boshqa kasal tarqatuvchi hasharotlarning makoniga aylanadi. Namliga yuqori bo’lgan, suv shimmaydigan tuproqlar yer osti suvlarining yig’ilib baland joydagi tuproqlarning ham botqoqlikka aylanishiga, suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Turar joylar tuprog’ining o’simliklar, daraxtlar bemalol o’sadigan, qishloq xo’jalik ekinlari yaxshi ko’karadigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Ammo shuni aytish kerakki, pastqam yerda joylashgan shaharlar havosining tez-tez o’zgarib turishi hamda sovuq havoning tepalikdan pastga tomon yo’nalishi shahar havosining doimo ifloslanishiga, havoning turib qolishiga, tumanlarga sabab bo’ladi. Bunday shaharlarda uy-joylarni tepalik yonbag’irlariga, yuqoriroq joylarga qurish tavsiya etiladi. Joyning mikroiqlimiga shuningdek daryolar, ko’llar, suv omborlari ijobiy ta’sir etadi. Ular havo haroratini yumshatib namligini oshiradi. Turar joylarning suv bilan etarli ta’minlanishi ko’kalamzorlashtirishga imkon 49 byeradi. SHaharlarning ko’rkam bo’lishi daryo qirg’oqlarining ko’kalamzorligi, katta-kichik dam olish bog’larining borligi, cho’milish uchun suv havzalari borligiga juda bog’liqdir. SHahar barpo etilgan joylarda mabodo suv tanqisligi sezilsa yoki tabiiy suv havzalari bo’lmasa, u holda suv bilan ta’minlash choralari ko’riladi. Bu maqsadda sun’iy suv havzalari, ya’ni ko’llar, suv omborlari, kanallar va kichik-kichik irrigaciya shohobchalari, fontanlar va boshqalar tashkil qilinadi, ular shahar iqlimining mayin, yoqimli bo’lishiga yordam byeradi. Ayniqsa tabiiy o’simliklar, daraxtzorlar, o’tloqlar, maysazorlar turar joylar iqlimini mayin qiladi. Kishilarni tabiat bilan bog’lab, ularning asabini mustahkamlaydi, tabiat qo’ynida dam olishga imkon tug’diradi. SHaharni toza havo bilan ta’minlab, uni gaz va changlardan ifloslanishining oldini oladi. Modomiki shunday ekan, yangi shaharlar barpo etilganda va eskilari qaytadan qurilganda ularning tabiiy holatini saqlash va yangitdan daraxtzor o’rmonlar, maysazorlar, suv havzalarini yaratish uchun loyihalarda oldindan tadbir va choralar ko’rishni ko’zda tutish kerak bo’ladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling