1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Aholi soni (% larda)
YOshi Aholi soni (fomz hisobida) 3 4—7 8—18 19—60 61 va undan yuqori 5 6 17 55 17 SHAHARLAR TERRITORIYASINI FUNKCIONAL ZONALARGA BO’LISH SHahar aholisining turmush sharoitini yaxshilash, ularning dam olishini ta’minlash, shovqin-surondan saqlash va havoning zararli moddalardan ifloslanishining oldini olish maqsadida shahar territoriyasi funkcional zonalarga bo’linadi. Bunday bo’linishlar shahar loyihasini tuzishda ko’zda tutilsa aholi salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Odatda shahar territoriyasi quyidagi zonalarga bo’linadi: 54 Aholi turar joylari, sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik ob’yektlari, omborlar, tashqi transport shohobchalari dam olish zonasi va boshqalar. SHahar territoriyasini turli funkcional zonalarga bo’layotganda sanoat korxonalari, avtotransport, temir yo’l vokzallari, aeroportlarni shahar tashqarisida joylashtirish ko’zda tutiladi. Bu zararli moddalarning aholi sog’lig’iga putur etkazishining oldini oladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ham sanitariya nazorati organlari xodimlari jonbozlik ko’rsatishlari kerak. Bu ishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar xalq sog’lig’i uchun juda qimmatta tushadi. Masalan, Toshkent shahridagi korborund za-vodi, Tekstil’mash, Sel’mash va boshqa sanoat korxonalarining, To-jikistondagi alyumin zavodining aholi turar joylari yaqinida joy-lashib qolganligi aholining sog’lig’iga putur etkazayotgani hammaga ayon. Bunday xato- kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun loyiha tuzish va unga sanitariya vrachlari tomonidan xulosa chiqarilganda funkcional zonalarga katta ahamiyat byerilishi kerak. Ayniqsa, sanoat xo’jaligi omborlari, ya’ni ko’mir, yog’och-taxta, cement va boshqa qurilish matyeriallari saqlanadigan joylar aholi yashaydigan joydan ancha narida bo’lgani ma’qul. Agar shahar territoriyasi funkcional zonalarga to’g’ri bo’linmasa, aholi turar joylarining sanitariya holati yomonlashadi. SHahar territoriyasining qo’shimcha maydonlari bo’lmasa, shaharning rivoji, aholining uy-joy bilan ta’minlanishi, ularning turmush sharoitlari qiyin ahvolga tushib qoladi. SHahar territoriyasi funkcional zonalarga bo’linganda shamol yo’nalishi ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, funkcional zonalar bilan ular yaqinida joylashgan ob’yektlar o’rtasidagi sanitariya-muhofaza chegaralariga ham katta ahamiyat byeriladi. Bular kichik shaharlar qurilishiga ham taalluqli. Odatda kichik shaharlar aholisi soniga qarab uch guruhga bo’linadi: 10 000 gacha - 1 guruh, 10 000 dan 20 000 gacha —2 guruh, 20 000 dan 50 000 55 gacha—3 guruh. Birinchi guruhdagi shaharlarda jamoa markazi bo’ladi. U yerga sanoat korxonalari qurish mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruhdagi shaharlar loyihasi me’morchilik talablariga javob byeradigan funkcional zonalarga bo’lingan bo’lishi kerak. Ularda katta shaharlardagidek turar joylar, sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik inshootlari, omborlar, tashqi transport zonalari bo’lishi ko’zda tutiladi. Ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchi markazlar, tajriba-ishlab chiqarish korxonalari ham shu yerda bo’ladi. Kichik shaharlar anchagina ixcham bo’lishiga qaramay ko’pgina tomonlari bilan shahar qurilishiga o’xshab ketadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling