1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

 
 
 
 
 
TASHQI TRANSPORT ZONASI 
Tashqi transport zonasida temir yo’l stanciyalari, avtovokzallar, daryo va 
dengiz portlari va boshqalar joylashadi. Tashqi transport zonasi shovqin-
suronga, havoning ifloslanishiga sababchi bo’lgani uchun aholiga anchagana 
noqulayliklar tug’diradi. 
Temir yo’llar aholi turar joylari zonasiga joylashtiriladi. Aholi o’ziga 
qulay transportlar yordamida shahar, rayon va ishchi posyolkalari bilan 
bog’lanadi. Tashqi transport zonasining aholi yashash sharoitiga salbiy 
ta’sirini hisobga olib, ularning ta’sirini kamaytirish va aholining transport 
vositasiga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish hamda aholiga qulaylik tug’dirish 
masalasi ko’zda tutiladi. 
Transport vositalarining aholi sog’lig’iga ta’sirini kamaytirish maqsadida 
temir yo’l shohobchalarini elektrlashtirish qo’l keldi. Bunda havoning zaharli 
gaz, chang, qurumlardan zararlanishi kamayadi. Transport shovqinining oldini 


67
olish ancha murakkab vazifa, lekin shunday bo’lsada, uni kamaytirish 
chorasini ko’rish kerak. 
Suv havzalari yaqinida joylashgan va yangi loyihalangan portlar aholi 
turar joylaridan 100 metr uzoqlikda joylashishi lozim. Portda joylashgan 
ko’mir omborlari, oson changlanuvchi yuklar saqlanadigan omborlar 300 
metr uzoqlikda, baliq mahsulotlari tushiriladigan, saqlanadigan va boshqa 
rayonlarga tarqatiladigan port va omborlar 1000 metr uzoqlikda 
joylashtirilishi tavsiya etiladi. 
SHahar chetida joylashgan aeroportlar bir tomondan aholi foydalanishi 
uchun qulay bo’lsa, ikkinchi tomondan aholining sog’lig’iga zarar 
byermaydigan bo’lishi kerak. Odatda, aeroport territoriyasi bir necha gektar 
yerni egallaydi, shu maydonga aeroport ehtiyoji uchun bir qancha inshootlar 
quriladi, jumladan aerovokzal, tuzatish ustaxonalari, yoqilg’i saqlanadigan 
omborlar va boshqalar mo’ljallanadi. Umuman, aeroportlar qanday va qaysi 
masofada qurilmasin aholiga zarar byermasligi kerak. 
YUqorida zikr qilingan qurilish normasi va qoidalariga asosan 
aeroportlar 5 klassga bo’linadi. A va B klassdagi aeroportlar bilan aholi turar 
joylari orasidagi eng kam masofa 30 km bo’lishi kerak. 
Moskva shahridagi Domodedovo aeroporti markazdan 50 km uzoqlikda, 
SHyeremet’evo esa 30 km uzoqlikda joylashgan. Kiev bilan Borispol’ oralig’i 
40 km. V klassdagi aeroportlar 20 km, G, D va E klassdagi aeroportlar esa
5—10 km uzoqlikda qurilishi kerak. Aerodromlarni klasslarga bo’layotganda 
samolyotlarning og’irligi, motorlarning kuchliligi va ulardan hosil bo’ladigan 
shovqin hisobga olinadi. 
SHaharlarni loyihalashda va qurishda keyingi yillarda avtovok-zallar 
keng ko’lamda hisobga olinmoqda. Sababi shundaki, uzoqqa yuradigan 
avtobuslar katta shaharlar bilan ularga yaqin bo’lgan rayon va ishchi 
posyolkalari oralig’mda aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Avtovokzallar bilan aholi yashaydgan joy oralig’i 300 metrdan 500 I 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling