1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SANOAT KORXONALARI JOYLASHGAN ZONALAR


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SANOAT KORXONALARI JOYLASHGAN ZONALAR 
Bu funkcional zona sanoat korxonalari bilan bog’liq ob’yektlarni 
joylashtirishga mo’ljallangan. U yerga shu ob’yektlarning bir-biriga 
bog’lanishini yaxshilash maqsadida temir yo’llar quriladi. Turar joylar bilan 
korxonalar o’rtasidagi yo’llar esa qulay, transport bilan ta’minlangan bo’lishi 
kerak. Tranzit shaharlar orasidagi temir yo’l va avtomobil yo’llari alohida 
qilib quriladi. Temir yo’l vokzallari, avtovokzallar shahar tashqarisiga, 
aholiga zarar yetkazmaydigan qilib quriladi. U yerga sanoat korxonalarini 
joylashtirish sanitariya-epidemiologiya qoidalari asosida bo’ladi. 
Sanoat markazlarida asosan sanoat korxonalari, issiqlik elek-
trostanciyalari, avtomobil bazalari joylashgan bo’ladi. Konstruktorlik 
idoralari, o’quv markazlari hamda sanoat korxonalariga texnik tomondan 
xizmat qiladigan ob’yektlar joylashtiriladi. 
Sanoat korxonalari joylashgan zonada quyidagilarga e’tibor byeriladi: 
a) 
aholi turar joylari havosining ifloslanishining oldini olish va 
aholini shovqin-surondan muhofaza qilish maqsadida aholi turar joylari bilan 
sanoat korxonalari orasida sanitariya muhofaza zonasi o’rnatilishiga; 
b) 
sanoat chiqindi suvlarining aholi foydalanadigan suv havzalariga 


56
tushmasligiga; 
v) 
tuproqlar ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat 
korxonalari chiqindilarining o’z vaqtida shahardan chetga olib chiqib 
ketilishi, shuningdek yig’ilgan axlatlarning zarur hollarda zararsiz holatga 
keltirib, so’ngra olib chiqib ketilishiga; 
g) 
yuk tashishga mo’ljallangan transport vositalari qatnovining 
aholiga zarar byermasligiga; 
d) 
sanoat korxonalari shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib 
joylashtirilganligiga va hokazo. 
1971 yilda chiqarilgan va tasdiqlangan sanitariya va qurilish normalariga 
asosan aholi turar joylari va sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli gaz va 
changlarning havodagi miqdoriga qarab sanitariya-himoya zonalari 5 turga 
bo’linadi. 
I tur-1000 m; II tur —500 m; III tur —300 m; IV tur—100 m va
V tur-50 m. 
Mabodo, aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi himoya 
masofalari talabga javob byermasa, sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli 
gazlar, chang va boshqalar aholi sihat-salomatligiga putur etkazsa, turar 
joyning sanitariya holatiga zarari tegsa, u holda respublika Sog’liqni saqlash 
vazirligi qoshidagi Davlat Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqar-masi va 
respublika Davlat qurilish komitetining qo’shma ravishda chiqargan va 
tasdiqlangan qaroriga yoki farmoniga asosan aholi turar joylari bilan sanoat 
korxonalari oralig’idagi himoya masofasi uzaytirilishi yoki qisqartirilishi 
mumkin. Masalan, keyingi yillarda qurilayottan yirik sanoat korxonalari 
talabini yuqorida zikr qilingan himoya masofalari mutlaqo qoniqtirmaydi. 
Bunday holatlarda aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi 
masofa kamida 5—10 km ga uzaytirilishi lozim. 
Navoiy shahrida qurilgan ximiya sanoati korxonalari haqiqatan ham 
zamon talabiga javob byeradi. CHunki, shahar bilan korxonalar oralig’i 10—
15 km ga to’g’ri keladi. SHuni ham aytish kerakki, agar chiqindilarni ushlab 
qoladigan qurilmalar tozalash inshootlari chiqargan zaharli chiqindilar 
ta’sirini kamaytirsa, aholiga zarari tegishi oldini olsa, u holda himoya 


57
masofasini qisqartirish mumkin. Bu nazorat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Qachon aholi turar joylari va sanoat korxonalari oralig’idagi himoya 
masofalaridan foydalanishga ruxsat byeriladi? Nima uchun u maydonlarga 
hammomlar, avtomobillar uchun garajlar, konstruktorlik idoralari, korxonalar, 
oshxonalar, magazinlar, zavod va kombinatlarning idora-boshqarmalari
texnika inshootlari qurilgan? Agar ushbu maydonlarning 35—40% iga 
daraxtlar ekilib, kichik o’rmonlar tashkil qilinsa yoki ko’kalamzorlashtirilsa, u 
yerdan foydalanish mumkin. Daraxtzorlarning eni 30—40 metr, uzunligi 
100— 200 metrga etgan bo’lsa, ishchi-xizmatchilarning dam olishiga xizmat 
qiladi. Bunday daraxtzorlar iqlimni yumshatib, havoning oksigen bilan 
boyishiga, ifloslangan havoni tozalashga imkon byeradi. 
Sanoat markazlarn joylashtirnlgan maydonlar darhol obodon-
lashtirilishi, ko’kalamzorlashtirilishi lozim. U yerga vodoprovod va 
kanalizaciya tarmoqlari ulansa, favvoralar qurilsa ayni muddao bo’ladi. 
Bulardan tashqari, sanoat korxonalari zonasida transport harakati hamda 
odamlarning yurishi uchun qonun-qoidaga asoslanib yo’llar quriladi. 
Ishchilarga qulay bo’lishi uchun ular yashayotgan joydan korxonalargacha 
bo’lgan masofa 25 km dan ortiq bo’lsa, jamoa transporti bilan ta’minlanadi. 
3000 metrdan ziyodroq himoya masofasini talab qiladigan katta korxonalar 
shahar tashqarisiga quriladi. 
Odatda, sanoat korxonalari qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lmagan yoki 
kam foyda byeradigan, hosil unmaydigan yerlarga quriladi. 
Sanoat korxonalari suv havzalariga yaqin joylarga, sanitariya-himoya 
zonalari atrofiga, sanatoriy va kurort, dam olish zonalari yaqiniga qurilsa, 
unga yuqori gigienik talablar qo’yiladi. Bunda korxona chiqindilari aholining 


58
sihat-salomatligiga ta’sir qilmasligiga, ifloslantirmasligiga ahamiyat byeriladi. 
Buning uchun sanoat korxonalarini zamonaviy texnika asbob-uskunalari bilan 
ta’minlash, asboblarni ish tushgach yaxshilab byerkitish, chiqindilarni 
tozalash inshootlari orqali zararsizlantirish va boshqalar ko’zda tutiladi. 
Sanoat korxonalari ishi suv bilan bog’liq bo’lsa, ular suv havzalariga 
yaqinroq qilib quriladi. Bunda sanitariya xodimlarining vazifasi 
murakkablashadi, chunki chiqindi suvlarni zararsizlantirish va ularni sanoat 
korxonalaridan olib chiqib ketish va suv havzalarini ulardan muhofaza qilish 
masalasi hal qilinishi kerak bo’ladi. Ba’zi sanoat korxonalari ishlab chiqqan 
mahsulotlar suv transporti orqali boshqa rayonlarga tashiladi. Buning uchun 
daryo bo’ylarida yuk qabul qilish, yuk tushirish portlari, inshootlar 
joylashtiriladi. Bunday ob’yektlar suv oqimining quyiroq qismiga 
joylashtiriladi. Agar ular aholi turar joylari yaqiniga joylash-tirilsa, suv 
havzalarini ifloslantirib, aholi sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin. 
Sanoat korxonalari suv havzalari yaqinida joylashgan bo’lsa, qirg’oq 
bo’ylarida dam olish uchun maydonlar qoldiriladi. Sanitariya nazorati 
xodimlari qayta qurish uchun mo’ljallangan shahar loyihasini izchillik bilan 
tekshirib, xulosa yozishi kerak. Unda shahar ichida joylashgan sanoat 
korxonalarini shahardan tashqariga olib chiqib ketish, sanitariya-himoya 
zonalari tashkil qilish, shahar ichida joylashgan, ammo tashqi muhitni 
ifloslantiradigan kichik korxonalardan muhitni himoya qilish choralari ishlab 
chiqiladi. 
SHaharlarni qayta qurcsh bosh planida murakkab vazifalar ham hal 
qilinadi. Bunda shunday masalalar ko’tariladiki, toki bu korxona aholiga zarar 
byermaydigan korxonaga aylansin. Ba’zan korxona chiqindilarini texnologik 
yo’l bilan tozalash inshootlari yordamida zararsizlantirib bo’lmasa yoki ularni 
shahardan chetga olib chiqishning iloji bo’lmasa, korxonalar atrofida 
yashovchi aholi boshqa yerga ko’chiriladi. Qolgan aholiga esa turar joylar 


59
bilan korxonalar oralig’ida himoya masofalari tashkil qilinadi. 
Xavfli portlash yoki yong’in chiqish xavfi bo’lgan korxonalar shahar 
chekkasiga, aholidan uzoqroq masofaga shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib 
quriladi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan qayta ishlab bo’lmaydigan 
chiqindilar chiqadi. Masalan, shlaklar, kul va boshqalar. Bular uchun maxsus 
poligonlar, chiqindi tagalanadigan axlatxonalar tashkil qilinadi. Bunday joylar 
tepaliklar yonida, suv toshmaydigan joylarda tashkil qilinadi. 
Sanoat korxonalari joylashgan zonalarni qayta qurish masalasi 
ko’tarilganda korxonalarning rivojlanishini nazarda tutib, rezyerv maydonlar 
tashkil qilinadi. YAngi korxonalar qurish uchun ham maydonlar ajratiladi. 
SHu bilan bir qatorda temir yo’llar, avtomobil qatnovini tartibga solish, 
foydalanilmagan yo’llarni buzib, u yerga boshqa ob’yektlar qurish ko’zda 
tutiladi. 
Sanoat korxonalari chiqindilari havoni ifloslamasligi uchun zavodlarga 
chiqindilarni tozalash inshootlari qurish, ulardan unumli foydalanish 
maqsadga muvofiq. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling