1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tramvay va trolleybuslardan chiqadigan shovqin (dB da) Transportlar nom iva markasi Tovush darajasi, dB da
SHOVQIN MANBALARI
SHahar sharoitida shovqinning asosiy manbai transport vositalari hisoblanadi. SHovqinning ortib borishi to’g’ridan-to’g’ri ko’cha-ko’ylarda, maydonlarda harakatlanuvchi transportlar soniga bog’liq. 79 Har yili shovqin darajasi 1 dB ga ortib bormoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda qatnayotgan avtobuslar o’zidan 82—89 dB shovqin chiqaradi. Agar ular tezligini oshirsa, shovqin yana 8-10 dB ga ortadi. 5 – j a d v a l Tramvay va trolleybuslardan chiqadigan shovqin (dB da) Transportlar nom iva markasi Tovush darajasi, dB da Trolleybuslar: ZIU – 5 TBE – s MGB – 82 71 72 74 Travmaylar: TATRA – 2 REZ MTV 85 88 90 YUqori darajadagi shovqinlar asosan trolleybus va tramvaylardan chiqadi. Metropoliten poezdlari ochiq uchastkalarda soatiga 40 km tezlikda yurganda 80—85 dB shovqin chiqarishi aniqlangan. Poezdning tezligi ortishi bilan shovqin yana 3—4 dB ortadi. Temir yo’l harakati oqibatida paydo bo’ladigan shovqin darajasi 75—80 dBA ni tashkil qiladi. Bunday shovqin 50 metr masofadan eshitiladi. Ayniqsa yuk tashiydigan poezdlar harakatidan chiqadigan shovqin 79—80 dBA. Dispetchyer idoralariga o’rnatilgan radio karnaylari o’rtacha 70 dBA ga teng shovqin byeradi. Lokomotiv poezdlarining signallaridan chiqadigan tovushlar 75—105 dB ga to’g’ri ksladigan shovqinlarni byeradi. Temir yo’l shovqini har 50 metrli masofada 4 dB ga kamayadi. Samolyotlar, ayniqsa reaktiv samolyotlar 100—160 dB tovush chiqaradi. Axlat yig’adigan mashinalar chiqaradigan tovush 82—88 dB ni tashkil qiladi. Katta shaharlar, shuningdek Sankt-Petyerburg, Toshkent, Moskva, Kiev, Xar’kov va boshqa shaharlarshshg magistral yo’llarida avtomobil transport 80 harakati oqibatida paydo bo’ladigan shovqinlar 90—95 dB ga tengligi aniqlangan. Avtotransport vositalaridan chiqadigan shovqin darajasi magistral yo’llarning tekisligaga, transport vositalari soniga (1 soatda qancha transport bir yo’nalishda o’tadi), yo’lning kengligiga, uning chetidagi ko’kalamzorlarning bo’lishiga juda bog’liq. Yo’lning notekisligi, tor ko’chalar chetiga ko’p qavatli binolar qurilganligi ham shovqin kuchini oshiradi. Kichik, harakat kam ko’chalarda shovqin-suron birmuncha kam. U yerda shovqin kuchi 45—50 dB, mikrorayonlarda esa 30—35 dB ga teng. Turmush sharoitida odamlarning baland ovozda gaplashishi, radio, televizorlar, chang tozalagach, muzlatgach, kir yuvish mashinalarining ovozi ham shovqinga sabab bo’ladi (6-jadval). Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling