1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SHOVQINNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SHOVQINNING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI 
SHovqinning odam organizmiga ta’siri quyidagicha o’rganiladi: 
a) 
aholidan so’rash orqali; 
b) 
fiziologik, bioximik, gematologik va boshqa usullardan 
foydalanib, organizmdagi bo’layotgan o’zgarishlarni o’rganish orqali; 
v) 
laboratoriya hayvonlarida tajriba o’tkazish yo’li bilan; 
g) 
asab sistemasidagi o’zgarishlarni o’rganish orqali; 
d) 
statistika ma’lumotlaridan foydalanib, shahar aholisi kasalligini 
o’rganish; 
e) 
guruh ustidan nazorat olib borish orqali. 
Bunday tekshirishlar olib borishdan maqsad odamlar sog’lig’iga 
shovqin-suronning ta’sirini o’rganish va uning oldini olish chora-tadbirini 
ishlab chiqishdir. Bunda shovqinni eshitish a’zolariga, yurak-tomir va nyerv 
sistemasiga ta’siri o’rganiladi. 
Odatda shovqin ta’siri alohida-alohida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. 
Jumladan, transport vositalaridan chiqadigan shovqinni, korxonalar shovqini, 
turar-joy shovqini va boshqalar. Masalan, transport shovqini doimiy 


81
shovqinga kirmaydi, turar-joy shovqini binoning sanitariya-gigiena jihatidan 
nechog’li to’g’ri qurilganiga bog’liq. 
6 - j a d v a l
Hayotiy shovqinlar 
SHovqin manbalari 
SHovqinning kuchi (dB da) 
So’zlashish 
Telefonda 
Eshikni qattiq yopish 
Bolaning yig’lashi 
Lift motorining tovushi 
Lift eshigining byerkilishi 
Liftning ko’tarilishi 
Suv isitish qozoni 
60 
75 
78 
80 
87 
78 
65 
82 
7 – j a d v a l 
Sanoat korxonalaridan chikadigan shovkin darajasi (dBA) 
SHovqin manbalari 
Tovush darajasi (dBA) 
Mashinasozlik korxonalari 
Metallurgiya zavodlari 
Yigiruv cexlari 
Kompressor stanciyalari 
Gaz trubali enyergetik uskunalar 
Temirni qoliplash cexi 
80 gacha 
90 – 100 
90 gacha 
90 – 100 
100 – 110 
100 – 110 
Zadene klassifikaciyasi bo’yicha shovqinning ta’sir etish kuchi 4 
darajaga bo’linadi: I daraja — 40—50 dB bo’lib, organizmda ruhiy 
o’zgarishlar paydo bo’ladi. II daraja — 60—80 dB. Bunda vegetativ nyerv 
sistemasida buzilishlar paydo bo’ladi. III daraja — 90—110 dB. Bunda 
eshitish buziladi yoki pasayadi. IV daraja— 120 dB dan yuqori. Bunda 
eshitish a’zolari zararlanadi. 
Qizig’i shundaki, 60 dB atrofidagi shovqin juda kuchli bo’lmasada 
asabga ta’sir qiladi. Hozirgi kunda paydo bo’layotgan turli-tuman tovushlar 


82
kuchi hatto kam bo’lsada, bosh miya yarim sharlarini taranglashtirib, 
charchoqlik holatini keltirib chiqarmoqda, 
Anketa tarqatish yo’li bilan aholining shovqinga bo’lgan munosabati 
tekshirilganda, 30 dB ga ega bo’lgan 1000 Gc kenglikdagi shovqinga nisbatan 
bezovtalanish kuzatilmaydi, 35 dB odamlarning bezovtalanishiga sabab 
bo’ladi. 50 dB da odam kuchli bezovtalanadi, hatto bu so’zlashiga halaqit 
berishi mumkin. 
Ko’cha shovqinining kuchi 70 dBga etganda 38 foiz odamga qattiq ta’sir 
ko’rsatgan, 71—75 dB — 58%, 75—80 dB li shovqindan 72 foiz odam qattiq 
bezovtalanib, hatto ularda kasallik holati kuzatilgan. Dyerazasi shoh ko’chaga 
qaragan uyga 50—70 dB shovqin eshitiladi. Bu odamlar asabiga tegib ularni 
bezovta qiladi. 
Moskva gigiena ilmiy-tekshirish instituti ksltirgan dalillarga ko’ra 
transportdan paydo bo’ladigan shovqin eshitish a’zolariga katta ta’sir etadi. 60 
dB ga teng bo’lgan shovqin eshitish sezgisini pasaytiradi, 70 dB ga teng 
bo’lgani shovqin va boshqalarni eshitishni kamaytiradi. 
Odamlar uzoq vaqt turib qoladigan joylarda shovqin darajasi 80 dB ga 
etishiga yo’l qo’ymaslik kerak. CHunki bunday shovqin markaziy nyerv 
sistemasini tormozlab, yurak va qon tomir sistemasi funkciyasini buzadi, 
charchoqlik seziladi, diqqat qilish qob|iliyati izdan chiqadi. 
Uy-joy shovqini 50 dB ga etganda nyerv sistsmasining ishi buzila 
boshlaydi. SHovqin kuchi 58—60 va 63 dB ga etganida sistolik bosim 
pasayib, diastolik bosim oshishi kuzatiladi. 
Elektrokardiogrammada katta o’zgarishlar borligi aniqlanadi. YUrak 
urishi tezlashadi, shovqin 90 dBA ga etganda yurakdagi o’zgarishlar ancha 
yaqqol namoyon bo’ladi. Reoencefalografiya usuli bilan miya tomirlari tonusi 
oshganligini, qon bosimi pasayganligani, o’z navbatida bosh miyada 
tormozlanish va qo’zg’alish ro’y berganini aniqlash mumkin. SHovqin uyquni 
qochiruvchi omillardan hisoblanadi, u uyquni buzadi, dam olishga halaqit 


83
byeradi. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, shovqin darajasi 40 dB ga etganda 
uyqu buzilar ekan. 50 dB ga etganda yarim kechagacha uyqu kelmaydi, odam 
ancha qiynalishi mumkin. 
Keyingi vaqtlarda shovqin bilan markaziy nyerv sistemasi va yurak-
tomir kasalliklari o’rtasida o’zaro bog’lanish borliga aniqlan- 
di. Umumiy kasalliklarning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillardan biri 
ham shovqin ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Faqatgina 30—35 dBga teng bo’lgan shovqin organizmda o’zgarish 
chiqarmasligi mumkin. 
Dam olish, ishdan keyingi charchoqni yozish, ijod qilishning ko’p qismi 
uyda, xonadonda kechadi. Xonadondagi shovqin 35 dB ga etganda qo’ni-
qo’shnilardan turli shikoyatlar tushishi mumkin. Bunda uyqu engil-elpi 
bo’ladi. Turli shovqinlar sezgi a’zolariga ta’sir etib, uyquda cho’chishlik, 
yaxshi dam ololmaslik kuzatiladi. 
Darhaqiqat, katta shaharlardagi shovqin-suron ba’zan kishilarni garang 
qilib qo’yadi. Masalan, Franciyada har 100 000 aholiga 100—120 ta garang 
to’g’ri kelar ekan. 1970 yilda AQSH da kattalar o’rtasida 11 mln, kichiklar 
o’rtasida 3 mln yarim garang odam borligi aniqlangan. 
V. I. Pol’govning fikricha, umumiy kasalliklarning soni shovqin ta’sirida 
ko’payar ekan. Hattoki, odamlarda uchraydigan gastrit, me’da va 12 barmoq 
ichakdagi yara kasalliklari shovqin ta’sirida kuchayar ekan. 
SHovqin odamga yana quyidagicha ta’sir etadi: 
1. Eshitish funkciyasi vaqtinchalik yoki doimiy buziladi. Natijada odam 
so’zlarni yaxshi qabul qila olmaydi va fikrini boshqalarga tushuntira olmaydi. 
2. Uyqu buziladi, hayol qochib, bezovtalik alomatlari kuzatiladi. 
3. Fiziologik o’zgarishlar kuzatiladi. 
4. Asabga va insonning umumiy sog’lig’iga ta’sir etadi. 
5. Ishlab chiqarish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi. 


84
SHOVQINNING RUXSAT ETILADIGAN DARAJASI VA UNI O’LCHASH 
Ko’p yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlar turli ob’yektlarda 
shovqin normasini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada «turar joylar, 
xonadonlarda shovqinning ruxsat etiladigan sanitariya normalari» hamda 
sanitariya-epidemiologiya stanciyasi xodimlari uchun mo’ljallangan 872—70 
raqamli metodik ko’rsatmalar ishlab chiqildi. 
SHovqinni o’lchash uchun turli xil asboblar ishlab chiqilgan. Bular 
17187—71 raqamli Davlat standart talabiga javob byeradi. 
Sanitariya amaliyotida injenyer-texniklar tomonidan ishlab chiqilgan 
shovqin o’lchagichlar (SHd-63, SHd-71), tebranishni o’lchaydigan asboblar 
(ISHV-1 va boshq.), Bryul’ va K’yer chet el shovqin o’lchagichlari va 
boshqalar ishlatiladi. 
Birinchi darajali shovqin o’lchagichlar 20—12 500 qaytalanish 
kengligidagi shovqinni o’lchaydi, ikkinchi darajali o’lchagichlar esa 31,5—
8000 Gc li shovqin kuchini o’lchaydi. 
SHovqin o’lchanayotganda quyidagilarga amal qilish lozim. SHovqin
o’lchagichning mikrofoni shovqin manbaiga to’g’ri 
o’rnatilishi va odamdan 0,5 metr uzoqlikda turishi zarur. SHovqin kuchi 
o’lchanayotganda shamolning tezligi sekundiga 1 metrdan oshmasligi kerak. 
Asbob ko’rsatkichi «tez» degan belgiga ulanishi zarur. Xonadonlar, jamoa 
binolarida shovqin eshik va dyerazalar byerk holda uch nuqtada o’lchanadi. 
SHovqin o’lchagich asbobi devordan 1,2 metr uzoqda turishi kerak. Agar uy 
ichida turib tashqaridagi shovqin o’lchanishi kerak bo’lsa, unda eshik va 
oynalar ochiq turishi kerak. SHovqin o’lchagichning mikrofoni tovush 
kelayotgan tomonga to’g’rilab joylashtirilishi kerak. SHovqin shovqin 
manbaiga yaqin joylashgan binolarda o’lchanishi kerak. Agar shovqin har xil 
manbalardan paydo bo’layotgan bo’lsa, ularning eng kuchlisi, odamlar 
hayotiga halaqit qiladigani sanitariya vrachlari tomonidan aiiqlanib, so’ngra 


85
o’lchanadi. Bunda xonadon egalaridan so’rash, ularning fikrini nazarda tutish 
katta ahamiyatga ega. SHovqin o’lchanayotganda uning doimiy yoki 
vaqtinchaliligini aniqlash zarur. Asbob orqali 2—10 minutli kuzatish 
davomida ko’rsatkichlar 5 dB kam bo’lsa, doimiy hisoblanadi, 5 dB ortiq 
bo’lsa, beqaror shovqin deyiladi. Doimiy shovqin tanlangan 3 nuqtada 3 qayta 
o’lchanadi, so’ngra o’rtacha arifmetik miqdor topiladi. Uzlukli shovqin quloq 
bilan yoki apparat yordamida o’lchanadi. Eng yuqori arifmetik ko’rsatkich 
shovqin normasi bilan solishtiriladi. 
8-j a d v a l 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling