1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
TURAR JOYLARNI LOYIHALASHDA, QURISHDA VA OBODONLASH-
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
TURAR JOYLARNI LOYIHALASHDA, QURISHDA VA OBODONLASH-
TIRISHDA DAVLAT SANITARIYA NAZORATI OLIB BORISH Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ko’plab uy-joylar qurilmoqda, zavod-fabrikalar, sanoat korxonalari, madaniy-maishiy binolar qad ko’tarmoqda, shifoxonalar, dam olish uylari, sanatoriylar, pansionatlar bunyod bo’lmoqda. Bu binolarning aholi, ishchi-xizmatchilar talabiga javob byeradigan bo’lishi ko’pincha sanitariya xodimlariga bog’liq bo’ladi. Bu vazifalar Davlat sanitariya nazorati to’g’risidagi nizomda ko’rsatilgan. Sanitariya organi xodimlari aholini turli territoriyalarga, regionlarga joylashtirishda bosh sxemaga asoslanadi. Rayon planlariga va ularning bosh planlariga o’zgartirishlar kirgazish ham bosh sxemaga asosan tuziladi. Mabodo, racon bosh loyihasiga va qurilishga o’zgartishlar kiritish zarur bo’lsa, shu loyiha ishlab chiqilayotgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. CHunki shu rayonning taraqqiyoti rayon loyihasida o’z aksini topadi. Turar joylar loyihasi, uni qurish uchun ajratilgan maydonlar-ning sanitariya holati uchun javobgar shaxs sanitariya nazorati xo- dimi hisoblanadi. U joyning tabiiy iqlimi, sanitariya holati, tuprog’ining 75 tuzilishini dalillar bilan tasvirlab byeradi. Qurilish uchun ajratilgan maydonlarga to’la-to’kis baho berish uchun sanitariya xodimi qo’lida etarli dalil bo’lishi lozim. Qolavyersa, qurilgan ob’yektlar: sanoat korxonalari, kommunal-xo’jalik ob’yektlari, shifoxonalar, savdo ob’yektlari va boshqalar-ning atmosfera havosiga, suv havzalariga, tuproqqa ta’sirini oldindan ko’ra bilish va ularning oldini olish ham sanitariya or-gani xodimlari zimmasiga yuklatilgan. Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi shaharni va ishchi posyolkalarning bosh loyihasini ishlab chiqish va turar joylarni qurish bilan bog’liq. Bu bosqichga sanitariya va gigiena nuqtai nazardan aholi turar joylarini turli funkcional zonalarga bo’lish kiradi. Sanitariya vrachlari aholini ichimlik suv bildn ta’minlash, kanalizaciya o’tkazish, tashqi muhit ob’yektlarini sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish vazifasini ham hal qiladilar. 500 000 odamga mo’ljallangan shahar loyihasi ikki bosqichda ishlab chiqiladi, ya’ni birinchi bosqichda loyihaning texnika va ihtisodiy asosi ishlab chiqilsa, ikkinchi bosqichda loyihaning o’zi ishlab chiqiladi. Qolgan turar joylar uchun bir bosqichli bosh loyiha ishlab chiqiladi. 50 ming aholi uchun mo’ljallangan shaharlar, ishchi posyolkalarining bosh loyihasi qoida bo’yicha to’la-to’kis shahar plani bilan ishlanavyeradi. Eng yirik shaharlar uchun shahar bosh loyihasi bilan bir qatorda shahar atrofi zonalari loyihasi ham ishlab chiqiladi. Sanitariya nazorati xodimlarining keyingi bosqichdagi vazifasi so’nggi yillarga mo’ljallangan loyihalarni ishlab chiqishda faol ish olib borishdir. Bu loyiha turar joylar uchun odatda mustaqil ishlab chiqiladi. Bunda bir yil ichida qurish uchun mo’ljallangan yer maydonining 50 000 m 2 i bitkazilib foydalanishga topshiriladi. SHahar qurilishining bu bosqichida loyihada ilgari qabul qilingan qarorlarning to’la-to’kisligi (ya’ni turar joylar va funkcional zonalar 76 loyihasining to’liqligi) qayta aniqlanadi va kamchiliklari qo’shimcha matyeriallar bilan to’ldiriladi. Loyihaning ma’muriy markaz qilishga mo’ljallangan qismini sinchkovlik bilan sanitariya nazoratidan o’tkazish maqsadga muvofiq. CHunki shahar markazi aholini ishdan keyin, dam olish kunlari hordiq chiqaradigan joyi hisoblanadi. Loyihaning keyingi bosqichi bu loyihaga yakun yasab, uni qurishga o’tish bosqichi hisoblanadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling