1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


metrgacha bo’lishi lozim.  SHAHAR LOYIHASIDA MADANIY-MAISHIY MUASSASALARNI GIGIENIK


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

68
metrgacha bo’lishi lozim. 
SHAHAR LOYIHASIDA MADANIY-MAISHIY MUASSASALARNI GIGIENIK 
JIHATDAN TO’G’RI JOYLASHTIRISHNING AHAMIYATI 
Aholi uchun xizmat qiladigan turli madaniy-maishiy idoralar va ularga 
qarashli muassasalar shahar planida gigiena talabiga qarab joylashtirilsa, 
aholiga qulaylik tug’diradi, ularning sihat-salomatligini saqlashda katta 
ahamiyatga ega bo’ladi. Jumladan, davolash-profilaktika muassasalari, sport 
maydonlari, madaniyat saroylari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat 
ko’rsatish idoralari, aloqa va boshqa ob’yektlarning etarli bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir. Kundalik ehtiyoj uchun kerak bo’ladigan ob’yektlar rayon 
territoriyasida joylashtirilsa, vaqti-vaqti bilan kerak bo’ladigan muassasalar 
rayon markazlarida, ishchi posyolkalarida joylashtiriladi, Madaniy-maishiy 
muassasalarni shahar tsrritoriyasida joylashtirish uning katta-kichikligiga 
bog’liq. 
Aholiga madaniy-maishiy xizmat qiluvchi ob’yektlar ikki guruhga bo’lib 
joylashtiriladi. CHunonchi, oshxonalar, tibbiyot muassasalari, kutubxonalar 
zavod, kombinatlar ichida joylashtirilsa, madaniyat uylari, klublar, o’quv 
markazlari va boshqalar korxonalar tashqarisidagi maydonlarda 
joylashtiriladi, Dam olish zonalarida ham madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish 
yo’lga qo’yilgan bo’ladi. 
 
SOG’LIQNI SAQLASH MUASSASALARI 
 
Tarixiy dalillarga qaraganda, davolash-profilaktika muassasalari, dam 
olish uylari va boshqa shu kabi muassasalar uchun ajratiladigan territoriyalar 
quruq, qaddi baland, ko’kalamzor, shamol yaxshi esib turadigan bo’lishi 
lozim ekan. Bu joylar transport yo’llari, aeroport, vokzal va tashqi muhitni 
ifloslantiruvchi hamda shovqin-suronga sabab bo’luvchi manbalardan ancha 


69
yiroq bo’lishi lozim. 
SHifoxona, poliklinika, tug’ruqxonalar rayon bosh planida ko’zda tutilib, 
aholi uchun ularning xizmat doirasi 2000 metrdan oshmasligi kerak. SHahar 
sharoitida quriladigan shifoxona va poliklinikalar aholi turar joylari zonasida 
joylashtiriladi. SHifoxonalar atrofining ko’kalamzor, daraxtzor bo’lishi katta 
ahamiyatga ega. 
Yirik davolash muassasalari, jumladan respublika, viloyat, shahar 
shifoxonalari sanitariya-gigiena talablari asosida quriladi. Bunday 
shifoxonalar uzoq rayon va shaharlardan kelgan aholiga xizmat qiladi. SHuni 
hisobga olib, ular aholiga qulay bo’lgan joylarga, quriladi. 
Qariyalar uylari ham aholi turar joylar zonasida joylashtiriladi. Ular har 
ming aholiga 2—4 kishi hisobida qilib quriladi. 
Fizkul’tura va sport inshootlari aholi turar joylari zonasida joylashgan 
bo’ladi. Ular o’sha joy aholisiga xizmat qiladi. SHahar territoriyasida 
quriladigan stadionlar, sport komplekslari, basketbol, voleybol maydonlari va 
boshqalar sanoat korxonalar chiqindilari tashlanadigan joydan uzoqda bo’lishi 
lozim. Hozir 50 dan ortiq sport turi mavjud. Mashg’ulotlar turli katta-
kichiklikdagi xonalarda bajariladi. Ular asosiy (maydonlar, maydonchalar, 
zallar), yordamchi (echinish, dushda yuvinish xonalari va boshqalar), texnika 
xonalari hamda tomoshabinlar o’tiradigan joylardan iborat. 
SHahar territoriyasida sport uchun mo’ljallangan ob’yektlar rasa-madi 
bilan gigiena normalarini hisobga olib joylashtiriladi. SHahar aholisining har 
biri uchun 1m
2
sport maydoni to’g’ri kelishi kerak. Bundan 0,3 m
2
maydon 
ko’kalamzorlashtirishga mo’ljallanadi. Bular sport maydonlarini o’rab, xuddi 
chegara vazifasini o’taydi. Kichik rayonlardagi sport maydonlari asosiy 
yo’ldan 300 metr ichkariroqda joylashtiriladi. Madaniyat va san’at ob’yektlari 
odatda jamoa markazlarida, ishchilar posyolkasining markazida joylash-
tiriladi. Bu ob’yektlarga klublar, teatrlar, kutubxona, muzeylar, ki-noteatrlar, 
koncyert zallari va boshqalar kiradi. Bunday ob’yektlar shahar va ishchi 
posyolkalarining loyihalarida ko’zda tutilib, transport, magistral yo’llardan 


70
ancha nariroqqa quriladi. 
Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari 
turar joylar, kichik uy-joy rayonlari va kichik yo’l va yo’lkalardan 300—500 
metr nariga quriladi. Sut va oziq-ovqat magazinlari, kafelar, oshxonalar, kir 
qabul qilish punktlari va boshqa aholi uchun xizmat qiladigan ob’yektlar 
uzoqligi 500 metrgacha bo’lishi mumkin. Ular shahar markazlarida yoki 
maxsus savdo markazida joylashtiriladi. Savdo korxonalari, umumiy 
ovqatlanish punktlari va maishiy xizmat ob’yektlarini aholi turar joylarida 
tashkil qilish SNiP 11 60—75 bo’yicha joylashtiriladi. 
SHahar loyihalarida savdo-sotiq bozorlari, sabzavotlar sotila-digan 
bozorlar avtovokzallarga, vokzallarga, avtomobil yo’llariga yaqin joylarga 
qurilishi kerak. Savdo korxonalari umumiy ovqatlanish ob’yektlari 
planlashtirilganda odamlar dam oladigan oromgoh zonaga, xo’jalik zonasiga 
bo’linadi, bunda chiqindilar, axlat yig’iladigan kichik maydonchalar ajratiladi. 
Axlat yig’iladigan yashiklar turar joy binolaridan 20 metr nariroqqa 
joylashtiriladi. 
SHahar territoriyasida dam olish muassasalarini qurish ham shahar 
loyihasida ishlab chiqiladi. Bunday muassasalar shahar tyer-ritoriyasining eng 
ko’rkam, orombaxsh, tabiiy iqlimi yoqimli bo’lgan joylarga quriladi. Dam 
olish muassasalari «qurilish normasi va qoidasiga» asosan rasamadi bilan 
joylashtirilishi kerak. Dam olish muassasalari dam olish yoki 
sog’lomlashtirish zonalariga bo’linadi. Bu zonada dam olish binolari,
ishchi-xizmatchilar uchun xonalar, 
omborxona, kirxonalar joylashtiriladi. Avtobus, trolleybus parklari, kurort va 
dam olish ob’yektlarini ta’minlaydigan sanoat korxonalarining qurilishi 
ko’zda tutiladi. Bulardan tashqari, yashil zona ham tashkil qilinadi. YAshil 
zonalar dam oluvchilarning ko’ngilli dam olishiga yordam byeradi. 
Sog’lomlashtirish muassasalariga bo’lgan talab qurilish normasi va 
qoidasida ko’rsatilgan. 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling