1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

TURAR JOY ZONALARI 
Bu zona aholi yashaydigan rayonlar, ma’muriy idoralar, ilmiy markazlar, 
oliy va o’rta o’quv yurtlari, tibbiy muassasalar, sport inshootlari va 
boshqalarni o’z ichiga oladi. Turar joylar daryolar, o’rmonlar, temir yo’l 
shoxobchalari, avtomobil yo’llari va boshqalar bilan chegaralanishi mumkin. 
Aholi turar joylarining sanitariya holatini baholash uchun sanitariya 
xodimlari yerning holati, aholisining soni, uy-joylar fondi, necha qavatli qilib 
qurilishi zarurligini bilishlari kerak. 
1975 yilda tasdiqlangan «Qurilish normasi va qoidasi»ga asosan aholi
turar joylarining normasi katta-kichikligi har bir kishiga 
13,5 m
2
ni tashkil qiladi. Kelajakda esa har bir kishiga 18 m

bo’lishi ko’zda 
tutilmoqda. 
SHahar territoriyasidagi aholi turar joylari shunday joylashtirilishi 


60
kerakki, unda shaharda joylashgan sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindi 
atrofni zararlamasin. Havoning ifloslanmasligi shahar havosining almashinib 
turishiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Buning uchun shahar atmosfera 
havosining harakat tezligi sekundiga 1—1,5 metr bo’lishi kerak. SHamol 
tezligiga imoratdarning baland-pastligi, daraxtlarning ko’p yoki kamligi, 
ularning turi ham ta’sir ko’rsatadi. 
SHahar havosining harakati uy-joylarning qaysi usulda qurilganiga qarab 
tezligini o’zgartirib turipsh mumkin. Masalan, katta shaharlarda shu joyga xos 
havo tezliga paydo bo’ladi. Bu tezlik o’zidan ustunroq bo’lgan havo 
yo’nalishiga qarama-qarshidir. Bunday sharoitda shamol harakati ifloslangan 
havoni shahar chetidan, ya’ni sanoat korxonalari joylashgan rayonlardan 
shahar markaziga tomon tortishi aniqlangan. Bu shahar havosining chang, gaz 
va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo’ladi. 
SHaharda uy-joylarni zich yoki ko’ndalang qilib qurish orqali shamol 
yo’lini to’sish mumkinligi amalda isbotlangan. Baland o’sadigan daraxtlar 
ham kuchli shamolni to’sishi mumkin. Turar joylarni gigiena talabiga asosan 
shamol yo’nalishiga qarshi qilib qurish, sanoat korxonalarini esa turar 
joylarga nisbatan shamol yo’nalishi tomon qurish shahar havosini turli 
gazlardan xalos qiladi. 
SHahar territoriyasida yashovchi aholini toza havo bilan ta’minlash, 
ularning yashash sharoitini yaxshilash uchun uylar sanitariya normalariga 
to’g’ri keladigan qilib qurilishi, ularni shamollatib turish katta ahamiyatga 
ega. Bu yashash joyidan 2 metr yuqorida aniqlanadi. Inson yashab turgan 
joyda shamol tezligi sekundiga 5—7 metrdan ortsa, bunday shamollatish 
yuqori hisoblanib, insonning sog’lig’iga ayniqsa kuz, ko’klam faslida ta’sir 
qiladi va qish davrlarida salbiy ta’sir etadi. SHuni aytish kerakki, shahar 
tyerrito-riyasida havo harakati to’xtab qolmasligi kerak. Bunday holat 
ko’pincha atrofi binolar bilan to’silgan kvartallarda kuzatiladi. 
Ahadi yashashi uchun uy-joy qurishda eng qulay loyihalar tanlanadi. 5, 9 


61
va 12 qavatli uy-joylar loyihasi ma’qul hisoblanib, bunday binolar orasida 
shamol harakatining to’g’ri yo’nalishi ko’zda tutiladi. 
Bizning mintaqada qurilayotgan binolar iqlim sharoitini hisobga olib va 
me’morchilikning turli usullaridan foydalangan holda quriladi. Jumladan, 
qattiq shamol esadigan rayonlarda uy-joylar shamol yo’nalishiga qarshi qilib 
quriladi. 
I loyiha oddiy uy-joy loyihasi, shamol tezligini 10% ga kamaytiradi. 
2-rasm. Kuchli shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi. 


62
II loyiha oddiy, ammo ixcham loyiha bo’lib, shamol tezligani 20—40% 
ga kamaytiradi. 
III. 
Bir qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi shamol 
tezligini 40—60 foizga kamaytiradi. 
IV. 
Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joylar loyihasi, 
shamol tezligini 60—70 foizga kamaytiradi. 
V. 
Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan loyihali uy-joylardagi 
shamol tezligini 80 foizdan ko’proq kamaytiradi. 
SHunday qilib, ko’p qavatli uy-joylar qurish, baland o’sadigan daraxtlar 
ekish orqali shamol rejimini muayyan ushlab turish mumkin ekan. 
SHahar territoriyasida shamol harakati kam bo’lsa, unda ko’p qavatli 
binolar shamol yo’nalishiga qarshi tomonga 45° li burchak hosil qilib 
joylashtiriladi. Binolarni minora shaklida qurish ham maqsadga muvofiq. 
Turar joylar loyihasini tuzish va qurishda binolarni kungay tomonga 
qaragan bo’lishi gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bunda 1982 yilda 
qabul qilingan 2605 raqamli sanitariya normalari va qoidalaridan 
foydalaniladi. 22 martdan to 22 sentyabrgacha 58— 48° dagi shimoliy 
kengliklar uchun quyosh nurining xonalarga tushishi 2,5 soat bo’lishi kerak. 
SHimoliy zonalarda 22 apreldan to 22 avgustgacha 58°, shimoliy 
geografik kengliklarda quyosh nurining xonalarga tushishi kamida 3 soatni 
tashkil qilishi kerak. Janubiy zonalarda esa 22 fevraldan to 22 oktyabrgacha 
48° dan kamroq bo’lgan shimoliy geografik kengliklarda joylashgan 
binolarning xonalariga kuniga kamida 2 soat quyosh nuri tushishi kerak. 
To’qqiz va undan ko’proq qavatli binolar, jamo uylari uchun quyosh 
nurining bir kunlik to’xtamay tushgan umumyy yig’indisini yarim soatga 
oshishi yoki quyosh nurining bir marotaba uzilib qolishi unchalik salbiy ta’sir 
ko’rsatmaydi. 
Myeridional tipdagi yangi uy-joy binolarining hamda qayta qurilayotgan 
uy-joy xonalarining quyosh nuri bilan ta’minlanishi quruvchilar uchun 
qiyinchilik tug’dirsa (tarixiy yodgorliklar yoki shahar va rayon markazlarini 
qayta qurish mumkin bo’lmagan hollarda), unda har bir zona uchun quyosh 


63
nuri tushishini yarim soatga qisqartirish mumkin. 
Xonalarga quyosh nurining doimiy tushishi yil fasllarida kuniga 
to’xtovsiz 3 soatni tashkil etsa, unda umumta’lim maktablari, maktab 
intyernatlar, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort, bolalar bog’chasi va 
boshqa binolarning quyoshning tabiiy nuri bilan ta’minlanishi gigiena 
talablariga javob byeradigan bo’lishi lozim. 
Sanitariya xodimlari bino xonalarini quyosh nuri bilan ta’minlanishini 
tekshirish uchun turli o’lchov asboblaridan foydalanadilar. 
Quyosh nurining gigienik ahamiyati shundaki, ul’trabinafsha, infraqizil 
va boshqa nurlar inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. U xonalarni yoritish 
bilan birga kishilarning asabini tinchlantirib, salomatligini yaxshilaydi. 
Quyoshning ul’trabinafsha nuri ayniqsa shimoliy rayonlarda joylashgan 
binolar uchun zarur. YOsh avlodning o’sishi va fiziologik jihatdan to’g’ri 
rivojlanishi uchun quyosh nurining ahamiyati juda katta. Janubiy rayonlarda 
esa buning aksi, U yerda quyoshning jazirama issig’i havoni qizdirib ko’pgina 
noxushliklarga sabab bo’ladi. Issiqlik ishlab chiqish jarayoniga kuchli ta’sir 
etib, odam issiqlikni boshqara olmay qoladi. 
Quyoshning ul’trabinafsha nuri ta’siri turli geografik kengliklarda kun 
davomida, fasllar davomida o’zgarib turadi. Tyerri- 
toriyalarning hammasi ul’trabinafsha nurlarining etarli, kam yoki ko’pligiga 
qarab bir qancha rayonlarga bo’linadi. Jumladan I, II, III va IV rayonlar 
ul’trabinafsha nurining kamligi bilan ajralib tursa V, VI va VII rayonlarda 
ul’trabinafsha nuri etarli, VIII rayon ul’trabinafsha nuriga boy bo’lib qolmay, 
balki ortiqcha hamdir (1-rasm). Bular uy-joylar qurish uchun joy tanlashda 
katta ahamiyatga ega. 
Quyosh nurining etarli bo’lishi binolarning qizib ketishi,. organizm 
funkciyasining buzilishi, qolavyersa kasalliklarning oldini oladi. Turar joy 
binolari geografik kengliklarni hisobga olib qurilsa, binoning sharqqa qaragan 


64
tomoni ertalab, janubga qaragan tomoni kunduzi, g’arbga qaragan tomoni esa 
kechqurun quyosh nuri bilan ta’minlanadi. SHuning uchun ham ko’p qavatli 
binolarning 1 va 2 xonalilarini janubga qaragan, ko’p xonalilarini esa loaqal 
30 foizini janubga qaragan oynalari bo’lishi kerak. 
Ba’zi uy-joylar diagonal, ya’ni burchak-burchak qilib qurilgan bo’lsa, 
ularning asosiy yashash xonalari albatta janubi-sharqqa va janubga qaragan 
bo’lishi kerak. Kichik rayonlarda joylashgan bog’cha, yasli, dam olish 
maydonlari, sport maydonlari esa quyosh nuri bilan etarli darajada 
ta’minlanishi kerak. 
Hozirgi vaqtda turar joylar turli usulda qurilmoqda. Ular guruh-guruh, 
erkin pyerimetral shaklda qurilgan uylardir. Bu xilda qurilayotgan binolarga 
gigiena nuqtai nazardan qaralsa ko’p jihatdan to’g’ri hisoblanadi. 
Pyerimetral shaklda qurilgan uylar quyosh nuri bilan etarli ta’-
minlanmaydi, shamol almashinishi ham unchalik yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa 
katta yo’llarga qaratib qurilgan binolarni shovqin-surondan, chang ta’siridan 
va boshqa noxush holatlardan asrab bo’lmaydi. 
Guruh-guruh holda qurilgan uylar pyerimetral shaklda qurilgan uylardan 
birmuncha afzal bo’lib, unda shamol almashinishi yaxshi. Bunday uylar 
odamlarning shovqin-suron, chang va zaharli gazlardan himoya qilinishiga 
yordam byeradi. 
Qatorlashtirib qurilgan binolarning xonalari kunga qaragan, bir yoqlama 
bo’lib, territoriyaning shamollab turishiga ijobiy ta’sir qiladi. Binolarni bu 
usulda qurganda ular shovqin-surondan, changdan birmuncha himoyalanadi. 
Bu usuldagi uylar asosan kichik rayonlarda quriladi. 
Erkin usuldagi loyiha asosida qurilgan uylar ko’p jihatdan qulaydir. 
Bunda me’morchilikning eng nozik usullaridan foydalanish mumkin. Uy-
joylarni erkin usulda qurganda ular quyosh nuri bilan yaxshiroq ta’minlanadi. 
Ularning shamollashi, chang, zararli gazlardan himoya qilinishi, tashqi muhit 
bilan bog’lanishi yaxshi bo’ladi. Erkin usuldagi qurilishlarga bolalar 


65
bog’chalari, savdo rastalari, sog’liqni saqlash muassasalari, fizkul’tura-sport 
inshootlarini misol qilish mumkin (1—2—3—4-rasmlarga qaralsin). 
KOMMUNAL OB’YEKTLAR VA SHAHAR OMBORLARI ZONASI 
Bu zonada asosan shahar hayotini ta’minlash uchun mo’ljallangan 
ob’yektlar joylashadi. Masalan, qurilish matyeriallari, toshko’mir va neft’ 
mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari omborlari, shuningdek 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlovchi ombor-lar. Bu zonada yana yuqorida 
aytib o’tilgan ob’yektlarni bir-biri bilan bog’lash uchun mo’ljallangan temir 
yo’l, avtomobil yo’llari ham joylashadi. Omborlarda saqlanadigan 
mahsulotlarni yonishdan, ifloslanishdan, hidlanib qolishdan asrash uchun bir-
biridan alohida saqlanadi. 
SHahar territoriyasi katta bo’lsa, aholiga qulaylik tug’dirish maqsadida 
omborlar sonini ko’paytirish mumkin. Ular aholi turar joylaridan ma’lum 
uzoqlikda bo’lgani ma’qul. Agar ular sanitariya himoya zonasiga 
joylashtirilsa, ayni muddao bo’ladi. Qurilish normalari va qoidalariga asosan 
kommunal ob’yektlar, baza va omborxonalar shahar chekkasida quyidagicha 
joylashtirilishi kerak: 
I guruhdagi omborxonalarda neft’ va neft’ mahsulotlari; II guruhdagi 
omborxonalarda suyultirilgan gazlar; III guruhdagi omborxonalarda kuchli 
ta’sir qiluvchi va portlovchi moddalar; IV guruhdagi omborxonalarda esa 
oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat xom ashyolari va hayvonlar uchun em-xashak 
saqlanadi. 
Eng yirik va katta shaharlardagi omborxonalar shunday joylashtirilishi 
kerakki, u yerda transport qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lsin. Bu oziq-ovqat 
mahsulotlari, sabzavotlarni o’z vaqtida do’kon peshtaxtalariga etkazib turish 
imkonini byeradi. Ba’zi omborxonalar aholi turar joylaridan quyidagicha 
uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Masalan, cement elevatorlari — 500 metr, 
changsimon toshko’mir omborxonalari — 300 metr, o’tin torf omborlari va 


66
muzxonalar 100 metrli masofada joylashtiriladi. 
Oziq-ovqatlar, sanoat mollari va sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar 
50 metrli masofada joylashtiriladi. Kichik shaharlar aholisi uchun 
omborxonalar markazlashtirilgan bo’lib, rayon markazlarida yoki rayonga 
yaqinroq joylarda joylashtiriladi. 
SHuni aytish kerakki, neft’ va neft’ mahsulotlari saqlanadigan 
omborxonalar ularning hajmiga qarab aholi turar joylaridan, ochiq suv 
havzalaridan ma’lum masofa uzoqlikda joylashadi. Jumladan, neft’ va neft’ 
mahsulotlari har 50 ming m
3
uchun himoya masofasi 3000 metr, 10—50 ming 
m
3
uchun 2000 metr, 10 ming m

gacha 1500 metr bo’ladi. Suv 
elektrostanciyalari esa 1000 metr narida joylashtiriladi. 
50 metrli masofada trolleybus, tramvay, avtobus parklari joylashadi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling