1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

Grunt suvlar. Yer ostining eng yuqori, suv o’tkazmas qavatida 
joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Bu asosan fil’trlanish oqibatida paydo 
bo’ladi, bunday suv havzalarining bosimi bo’lmaydi. Yer relyefi pastqam 
bo’lgan joylarda yer osti suvlari yer yuziga buloq bo’lib otilib chiqishi 
mumkin. Buloq va chashmalar tepaliklar, tog’larning yon bag’rida, pastqam 
yerlarda ko’p uchraydi. Bunday chashmalar yuqoriga ko’tariluvchi 
chashmalar deyiladi. Ko’tariluvchi chashmalar sanitariya nuqtai nazaridan 
anchagina xavfli hisoblanadi. 


100 
3 – r a s m. Yerosti suvlarining joylashishi. 
1 — suv o’tkazuvchi qavat; 2 — suv o’tkazmaydigan qavat; a — yuza yer osti suvi; b — yer 
osti grunt suvlari. 
Grunt suvlar quduqlar yordamida ham olinadi, grunt suvlar miqdori 
yog’ingarchilik miqdoriga qarab o’zgarib turishi mumkin. Grunt suvlar 
odatda 1,5—2 metr, goho 3—10 metr chuqurlikda joylashadi. Ularning 
tarkibida tuz bo’lishi mumkin. Grunt suvlar tarkibi ko’p jihatdan o’sha 
joyning sanitariya holatiga bog’liq. 
YUqorida joylashgan yer osti suvlari. Ba’zan ular grunt suvlar 
yuqorisida joylashadi. YUqori yer osti suvlari suvga bardosh byeradigan yoki 
suvni kam o’tkazadigan qavatda joylashadi. Bunday suvlarning to’planishi 
doimiy bo’lmay, ular asosan yog’ingarchilikka bog’liq. YUqori yer osti 
suvlari yer yuzasiga yahin bo’lgani uchun ular tez-tez mikroorganizmlar, 
tuzlar, zaharli ximikatlar, minyeral o’g’itlar bilan ifloslanib turadi. Bunday 
suvlar ichishga tavsiya qilinmaydi. Faqat zararsiz holatga keltirib, so’ngra 
ichish mumkin. 
Artezian suvlar. XII asrda Franciyaning Artezia viloyatida yer osti 
suvlaridan foydalanishgan. SHuning uchun ham bunday suvlar shu viloyat 
nomi bilan ataladi. Artezian suvlar chuqur yer osti qatlamlarida to’planadigan 
yuqori bosimli suvdir. Artezian suvlar suvga chidamli birinchi, ikkinchi yoki 
ko’p qavatli jinslarning tagiga joylashgan bo’lib, qatlamlar orasida yotadi. 


101 
Suv tashuvchi qavatlar ifloslanishdan znchagina himoyalangan bo’ladi. 
Artezian suv havzalari juda chuqurlikda joylashadi. Ular fil’trlanib, so’ngra 
yer yuzasiga chiqadi yoki chiqariladi. 
Bosimli suvlar gravitacion kuchlar va atmosfera bosimi ta’sirida suvning 
elastiklik xususiyati sdbabli harakatga keladi. Suv o’tkazmaydigan jismlar 
oralig’ida qisilib yotgan suv doimo bosim ostida yotadi, quduq kovlanishi 
bilan bosimli suv yer yuzasiga otilib chiqadi, ba’zi holatlarda yer tagidan o’zi 
otilib chiqishi ham mumkin. Ba’zan ular bosim ta’sirida bosimsiz suv 
qatlamlariga ko’tarilishi ham mumkin. Har bir suv qavatining o’z
oziqlanish 
zonasi, bosim chegarasi va bo’shashish zonalari bor. Ayniqsa bo’shashish 
zonalaridagi suvlar yer yuzasiga daryolar yoki ko’llar tagidan yo’l topib 
chiqadi. 
Qatlamlararo joylashgan bosimli yoki bosimsiz suvlar quduqlar kovlash 
yo’li bilan olinadi. Artezian suvlarning sifati uning qay darajada va qaysi 
masofada oziqlanishiga bog’liq. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi ko’p 
jihatdan kimyoviy reakciyalarga, suv sizib o’tadigan jinslarning fizik 
xususiyatlariga bog’liq. 
Hozir yer osti suvlari tarkibida 70 ga yaqin kimyoviy element topilgan. 
Ftor, mis, rux, temir, fosfor, kal’ciy, magniy, xrom, qo’rg’oshin va boshqalar 
shular jumlasidan. Ularning suvdagi miqdorlari bir-biriga sira o’xshamaydi, 
albatta. Ba’zilar mikrogrammlar miqdorida topilsa, ba’zilari bir necha o’n mg 
lab topiladi. 
Aholini ichimlik suv bilan ta’minlashda suvdagi ftor, temir, kal’ciy, 
magniy miqdorining etarli bo’lishi katta ahamiyatta egadir. 
Qatlamlararo yer osti suvlarining o’ziga xos tomoni shundaki, ularda 
erigan oksigen bo’lmaydi, ammo mikrobiologik jarayonlar suv tarkibini 
shakllantirishda katta ahamiyatta ega. 


102 
Qatlamlararo yer osti suvlarining oziqlanish maydoni qancha keng va 
uzoq bo’lsa, u shuncha toza va tarkibi doimii bo’ladi. Suv tarkibining doimiy 
bo’lishi sanitariya jihatdan katta ahamiyatga ega. 
Yer osti suvlariga tabiiy omillardan tashhari, ba’zan sun’iy omillar ham 
ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, suv qatlamlaridan noracional foydalanish, suvdan 
namuna olish, yer osti suv havzasiga boshqa suv manbalaridan suvning sizib 
o’tishi, yer qavati butunligining buzilishi va boshqalar suv tarkibini 
o’zgartirib yuborishn mumkin. 
Yer osti suvlarining ifloslanishiga sanoat korxonalaridan chiqadigan iflos 
suvlar ham ta’sir ko’rsatadi. Bulardan tashqari, foydalanilmay yotgan 
quduqlar, daryo suvlarining sizilishidan ham yer osti suvlari ifloslanishi 
mumkin. 
Suvning ifloslanishi suv tashuvchi qavatdagi jinslarning strukturasiga 
ham bog’liq. Masalan, suvning harakati juda mayda zarrachali (qum) jinslarda 
yuz byersa, zarrachalarning katta-kichikligiga qarab uning tezligi turlicha 
bo’ladi. 
Olimlarning fikriga qaraganda, suvning harakat tezligi sut-kasiga bir 
necha 10 sm dan 1—3 metrgacha bo’lishi mumkin ekan. Agar tog’ jinslari 
orasida yoriq bo’lsa, suv harakati bir necha 10 metrga etishi mumkin. 
Umuman olganda suvning fil’trlanishi suv tarkibidagi zarrachalar, 
mikroblarning ushlanib qolishiga yordam byeradi. 
Darz ketgan jinslarda esa fil’trlanish bo’lmaydi, suv jins yoriqlari, 
bo’shliqlari orqali oqib o’tadi. SHuning uchun ham darz ketgan jinslardan 
o’tadigan yer osti suvlarini tozalash zarur. Ko’pincha, qatlamlararo yer osti
suvlari ichnmlik suv hisoblanib, 


103 
4- r a s m. Artezian quduq. 
1 — suv o’tkazmaydigan qatlam; 2 — suv tashuvchi 
qatlam; 3,4,5 — bir-biriga kiydiriladigan naysimon 
ustunchalar; 6 — naylar orasidagi bo’shliqni 
byerkitadigan cement qavat; 7 — qattiqlovchi 
qoplama; 8 — fil’tr usti nayi;9 — fil’trningishchi 
qismi; 10 — tindirgich; 11 — qopqoq. 
5- rasm. Artezian suv havzalari 
A—B — atmosfera suvlarining fil’trlanish doirasi; 
B—V — suv tashib yuruvchi bosimli qavatning 
tarqalish doirasi; V—G — bo’shashish doirasi; S -— 
o’zi oqib chiqadigan buloqlar. N — o’zi oqib 
chiqmaydigan suv havzasi. 1 — yuqori va pastki suv 
o’tkazmaydigan qavat (loy qavat). 2 — suv tashuvchi 
avat; 3 — chashma; 4 — suv sathi; 5 — suv
manbalari. 


104 
ishlanmasdan iste’mol qilinavyeradi. CHunki uning sifati, kimyoviy va 
baktyeriologik tarkibi doimiy va davlat standarti talabiga javob byeradi. Yer 
osti suvlarining bir-biridan kamchiligi ularni markazlashgan vodoprovod 
tarmoqlariga ulab bo’lmasligidadir. 
Artezian quduqlardan foydalanish davrida suvni yer yuzasiga ko’tarish 
uchun o’rnatilgan uskunalar suvni so’rishi natijasida quduq atrofida bosimi 
kam zona paydo bo’ladi. Bosimning kamayish darajasi suv ko’targich 
uskunalarning quvvatiga, suvning hajmiga, suv tashuvchi qavatlarning bosim 
darajasiga va boshqalarga bog’liq. Suv tortuvchi asboblar ishlatilishi 
natijasida depressiya chuqurligi deb nomlanadigan chuqurlik hosil bo’ladi. Bu 
chuqurlik maydoni o’sha joydagn gidrogeologik sharoitni o’zgartirib 
yuboradi. Natijada o’sha joyning sanitariya holati buziladi. CHunki hosil 
bo’lgan chuqurlikka yuqorida va pastda joylashgan qo’shni yer osti 
havzalaridan suv oqib kela boshlaydi, goho darz ketgan jinslardan oqadigan 
suvlarni yuqoriga tortishi mumkin. Oqibatda ishlatilayotgan artezian quduq 
suvlari baktyeriologik va kimyoviy tarkibi jihatdan o’zgarib, kishilar 
sog’ligiga putur etkazishi mumkin. 
Umuman olganda qatlamlararo yer osti suvlaridan foydalanish daryolar 
oqadigan vodiylarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Sababi shundaki, 
daryo sohillariga suv chiqarish quduqlari o’rnatish birmuncha qulay. U yerda 
suv zapasi ancha doimiy bo’ladi. CHunki daryo suvlari doimo yerga sizilib, 
suv manbalarini to’ldirib turadi. 
Yer osti suvlaridan tobora ko’proq foydalanilayotganligi yer osti suv 
zapaslarini ko’paytirishni talab qiladi. Buning uchun murakkab bo’lmagan 
uskunalar yordamida sun’iy suv inshootlari qurilib, yer osti havzalarida suv 


105 
to’plashga imkon yaratildi. 
Yer osti suv manbalarini sun’iy ravishda to’lg’izish ko’zda tutilsa, u 
holda yuza suv havzalariga sanitariya-himoya zonasi tashkil qilinadi. So’ngra 
suv tindiriladi va fil’trlanadi. Aholiga tarqatishdan oldin uni albatta zararsiz 
holatga keltirish zarur. Infil’traciya (sizish) hovuzlariga tushadigan suv 
jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Sizish hovuzlaridan loy-
qumli suv tashuvchi qatlamlargacha bo’lgan masofa 50 metr, yirik qumli yoki 
shag’al toshli qatlamlar uchun 100—200 metr bo’lishi kerak. 
Ma’lumki, kichik territoriyalarda katta sanoat korxonalarining paydo 
bo’lishi, odamlar sonining ortib borishi, transport vositalarining ko’payishi, 
ko’p qavatli binolarning qad ko’tarishi suvga bo’lgan talabni talaygina 
oshirdi. Ammo yer osti suvlarining miqdori aholining suvga bo’lgan 
ehtiyojini to’la-to’kis qondirmaydi. Demak, bu ehtiyojni qondirish uchun 
ochiq suv manbalaridan foydalanishga zarurat tug’ilib qoladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling