1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SUVNING YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDAGI ROLI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SUVNING YUQUMLI KASALLIKLAR TARQALISHIDAGI ROLI 
Suv ichburug’, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kasalliklarining 
sababchisi bo’lishi mumkin. Tarixga nazar tashlasak, ko’pchilik 
mamlakatlarda turli yuqumli kasallik epidemiyalari bo’lganligi guvohi 
bo’lamiz. Bularga ko’pincha suvning yuqumli infekciyalar bilan ifloslanishi 
sabab bo’lgan. 
Keyingi yillarda ichak kasalliklari ko’p tarqalmoqda. Bunda viruslarning
roli katta. Sariq kasalligi, poliomielit va boshqa 
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar suvda uzoh vaqt yashaydi.
Quyidagi jadvalda bunga misol keltiramiz. 
12-j a d v a l 
Baktyeriyalariing suv manbalarida yashash muddatlari 
Baktyeriyalar 
Vodoprovod suvida 
Daryo suvida 
Ko’lmak 
suvda 
Ichak tayoqchasi 
Ich tyerlama baktyeriyasi 
Dizentyeriya mikrobi 
Vabo vibriopi 
Leptosfyera 
Tulyaremiya mikrobi 
Brucellyoz tayoqchasi 
2—262 kun 
2—93 —«— 
15—26—«— 
4—28 —«— 
—«— 
92 kungacha 
2—85kun 
21—183 kun 
4—183—«— 
19—92—«— 
0,5—92—«— 
150kungacha 
7—31 kun 
— 
— 
15—107kun 
— 
1-92—«— 
7—75—«— 
12—60—«— 
4—122 
Agar sil kasalliklari kasalxonasidan chiqqan oqova suvlar zararsiz 
holatga keltirilmay suv havzalariga tashlansa, bunday suvdan foydalangan 


113 
kishilar sil kasalligi bilan og’rishlari mumkin. Biofabrika, jun tozalash va 
qayta ishlash korxonalarining chiqindi suvlari zararsizlantirilmay suv 
havzalariga oqizilsa, kuydirgi kasalligi tarqalishi hech gap emas. 
Suv havzalarida turli infekciyalarning paydo bo’lishiga ko’pincha 
odamlarning o’zi sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, to’la-to’kis 
davolanmagan, mikrob tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doim 
zararlab yuradilar. Ular suvni, tuproqni, ular orqali esa ekin mahsulotlarini 
ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi muhitda uzoq vaqtgacha 
yashash qobiliyatini yo’qotmaydi. 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan mikroorganizmlarning suvda ancha 
ko’p yashay olishi ko’rinib turibdi. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki, 
ilgarilari suv orqali tarqalgan yuqumli kasalliklardan juda ko’p odamlar qirilib 
ketgan. YAqin 20—30 yil ichida ham turli epidemiyalar tarqalgani 
guvohimiz. Masalan, 1972 yilda Meksikada ich tyerlama bilan 10 000 ga 
yaqin kishi og’ridi, shu davrning o’zida ichburug’ kasalidan 15 000 kishi 
halok bo’ldi. Qizig’i shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi 
mikroblar tashqi muhit omillari ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartirmoqda. 
O.V. Baroyanning fikricha, patogen mikroblar o’rnini shartli patogen 
mikroblar, hatto saprofit baktyeriyalar egallab, kasallik keltirib chiqaruvchi 
mikroblarga aylanmoqda. 
Darhaqiqat, suvning ifloslanishidai tarqaladigan kasalliklar juda xavfli.
Ayniqsa, ilgari vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi 
e’tibor byerilmaslik oqibatida bunday holatlar tez-tez kuzatilib turilar edi. 
Jumladan, 1908—1909 yillarda Neva daryosiga shahar kanalizaciya suvi 
zararsizlantirilmay oqizilishi tufayli vabo kasalidan bir necha ming kishi 
halok bo’lgan. 
1963 yili O’zbekiston va Rossiyaning bir qancha viloyatlarida vaboga 
o’xshab ketadigan kasallik tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishiga El’tor 


114 
vibrioni sabab bo’lgan. Bu vibrion ochiq havzalaridam topildi. U tashqi muhit 
ta’siriga o’ta chidamli epidemiya xavfini tug’diruvchi mikrob hisoblanadi. 
Ichburug’, qorin tifi, paratif kabi kasalliklar ham juda ko’p martalab 
tarqalgan. Suv orqali yana bir qancha kasalliklar tarqalishi mumkin. Masalan, 
Vasil’ev-Veyl kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqa kasalliklar 
suvda kalamush, sichqon va suv hayvonlari ko’payishidan paydo bo’ladi. 
Bunday suvlarni iste’mol qilishni to’xtatish epidemiyaning oldini oladi. 
O’zbekiston respublikasida suv orqali tarqaladigan kasalliklar analiz 
qilinganda shunday xulosa kelib chiqadiki, ichak infekciyasi tarqalishiga 70% 
hollarda hovuz, ariq va kanal suvlarini ichish sabab bo’lar ekan. 8—13% 
kasallik hodisasi kanal va ariq suvlarida cho’milish oqibatida, kasallikning 
5,8—8% i ifloslangan quduq suvini ichish natijasida paydo bo’lar ekan. 
Bunday holatlar goho vodoprovod suvini ichish natijasida ham paydo bo’lishi 
mumkin. Bunga vodoprovod trubalarining chirishi, yorilishi, unga chiqindi 
suvlarning tushishi va boshqalar sabab bo’ladi. 
Keyingi vaqtlarda me’da-ichak kasalliklari bilan kasallanganlar soni 
ortib bormoqda. Jumladan, «Izvestiya» gazetasining 1989 yilda chiqqan 
sonida xabar qilinishicha, Sochi shahar sanepidstanciyasi tomonidan bir hafta 
ichida 300 ga yahin me’da-ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar 
ro’yxatga olingan. Bunga sabab qora dengiz suvi tarkibidagi 
mikroorganizmlar soni normaga nisbatan 15—20 marotaba oshib 
ketganligidir. Natijada dengizda cho’milishga chek qo’yilgan. 
Zarafshon daryosi suvi mikroblar makoniga aylanyapti. Bunga sabab 
kanalizaciya va oqova suvlar va axlatlarni zararsiz holatga keltirmasdan daryo 
suviga oqizilishidir. SHunga o’xshash holatlarni Volga, Dnepr va boshqa 
daryolarda ham kuzatish mumkin. 
Horijiy mamlakatlarda, ayniqsa Afrika davlatlari, Hindiston yarim 
orolidagi aholining ahvoli ancha achinarli. 55 mln aholiga ega bo’lgan 
Filippin davlatining 47% aholisi 1980 yilgacha toza ichimlik suv bilan 


115 
ta’minlanmagan, 1984 yilga kelib shahar aholisining 80% i, qishloq 
aholisining 55,5% i toza suv bilan ta’minlandi. Gaiti davlatida 1984 yilda 
hammasi bo’lib shahar aholisining 54% i, qishloq aholisining 25% i 
vodoprovod suvi bilan ta’minlangan. YAman Arab respublikasida qishloq 
aholisining 22% igana toza suv bilan ta’minlangan. SHu sababli
aholining 
suvga muhtojligi tobora ortib bormoqda. Suvning ifloslanishi bolalar o’rtasida 
diareya kasalliganing keng tarqalishiga sabab bo’lgan. 5 yoshgacha bo’lgan 
bolalarning 30—40 foizi shu kasallikdan nobud bo’ldi. Maktab
o’quvchilari orasida shistosomoz kasalligi keng tarqalgan. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Butundunyo tibbiyot 
uyushmasi aholini toza suv bilan ta’minlash programmasiga asosan muhtoj 
davlatlarga juda katta mablag’ ajratib, yordam byermoqda. Brrlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi qoshida aholini toza suv bilan 
ta’minlash 10 yillik (1981—1990) programmasi tuzildi. SHu programmaga 
asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga bu borada moddiy yordam ko’rsatish 
ko’zda tutilgan. 
Suv orqali tulyaremiya kasalligi ham tarqalishi mumkin. Tulyaremiya 
kasalligani qo’zg’atuvchi mikrob (V.tulyeransis) suv namunalarida ko’p 
vaqtgacha ajralib turadi. Bu mikrobni ham suvdagi qoramtir kalamush, 
sichqonlar tarqatadi. Bunday suvda tasodifan cho’milish kasallikka sabab 
bo’ladi. 
Suv orqali polaomielit entyeroviruslari, sariq kasalligi, kok-saki, ESNO 
va boshqa kasalliklar tarqalishi kuzatilgan. Ba’zi infekciyalar suv havzalarida 
hatto 200 kungacha yashash qobiliyatini saqlab qoladi. SHuning uchun ham 
suvni dezinfekciya qilganda viruslar faollish 99% ga tushganda kasallik kelib 
chiqishining oldini olish mumkin. 


116 
Xullas, suv orqali juda ko’p yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin. Toza 
ichimlik suvlarini zararli oqova suvlardan, chiqindilardan himoya qilish suv 
orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish imkonini byeradi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling