1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

SUV TARKIBIDAGI MIKROELEMENTLAR 
Suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelement borligi aniqlangan. Bunday 
elementlar odam organizmida, o’simlik to’qimalarida, hayvonlarning a’zo va 
to’qimalarida uchrashi mumkin, ammo ular juda oz miqdorda bo’ladi. 
Mikroelementlarning odam salomatligini aniqlashdagi roli juda katta. 
Ularning 20 ga yaqini organizm ehtiyoji uchun ayniqsa zarur. Yod, ftor, 
molibden, mis, temir va boshqalar shular jumlasidan. 


120 
Ftor odam organizmi uchun juda zarur. Uning 10—80% i organizmga 
suv orqali tushadi. XX asrning boshlarida ftor elementining odam 
organizmiga ta’siri o’rganilgan va adabiyotlarda yozilgan. Bir litr suv 
tarkibidagi ftor miqdori 2—8 mg ga etganda odam va hayvonlarning tish 
emalida turli o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Suyaklarda ham 
o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bu flyuoroz deb ataladi. Suv tarkibida ftor 
etishmaydigan viloyatlarda yashovchi kishilar orasida bunday kasalliklar ko’p 
tarqalganligi ayon. Agar bir litr suvdagi ftor miqdori 1,4 mg dan ortsa, 
tishning turli buzilishlariga sababchi bo’ladi. Bir litr suvdagi ftor 
koncentraciyasi 10 mg bo’lsa, shunday suvni 8—10 yil davomida iste’mol 
qilish bo’g’in harakatlarining kamayishiga, og’rishiga, skeletning 
deformaciyaga uchrashiga olib boradi. Odam ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. 
Organizmda endemik flyuorozning kelib chiqishiga yana organizmning 
suyaklanish davrida kal’ciy elementini ushlab qololmasliga ham sabab 
bo’ladi. Poltava viloyatining bir qishlog’idagi artezian qudug’i suvida 9 mg 
ftor borligi aniqlangan. SHu suvdan iste’mol qilgan aholining 48 foizida 
flyuoroz kasalligi topilgan. Lekin aholini boshqa suv manbai bilan ta’minlash 
natijasida kasallik birmuncha kamaydi. Ftor elementining suvda kam bo’lishi 
yoki organizmga ovqat orqali etarli miqdorda tushmasligi karies paydo 
bo’lishiga olib keladi. 
Xulosa qilib aytganda, ftor miqdorining suvda kam yoki ko’p bo’lishi 
organizmga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 28—74—82 raqamli davlat standartida 
ftorning 1 litr suvdagi ruxsat etilgan miqdori 4 iqlimli regionlarda 0,7—1,5 
mg deb qabul qilingan. SHimoliy rayonlar aholisi uchun 1,5 mg ftor norma 
hisoblansa, janubiy rayonlar uchun bu ko’rsatkich 0,7 mg litrga teng. 
Ftor oziq-ovqatlar bilan organizmga juda kam miqdorda tushadi. U
asosan suv bilan organizmga tushadi. Agar suvda ftor etishmasa, 
unga ftor qo’shib byeriladi. Masalan, Murmansk, Manchegorsk va 



Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling