132
_____________
*Sanepidstanciya muassasalari ruxsati bilan suvning rangi 35°S gacha, loyqaligi 2
mg litrgacha ko’tarilishi mumkin (ayniqsa suv toshqini vaqtida).
Suv tarkibining yuqorida zikr qilingan ko’rsatkichlaridan tashqari,
standart talabiga ko’ra
sanoat korxonalaridan, qishloq xo’jaligi ekinlaridan va
xo’jaliklardan tushadigan oqova suvlarning ichimlik
suv uchun ruxsat etilgan
normasi ishlab chiqildi. Bu normalar Sog’liqni saqlash vazirligiga tegishli
idoralar, boshqarmalar (maxsus komissiyalar) tomonidan tasdiqlanib, so’ngra
umumiy ro’yxatga olinadi. Hozirgi vaqtda 800 dan
ortiq moddalar uchun
ruxsat etilgan normalar ishlab chiqildi. Hozir bir qancha gigiena ilmiy-
tekshirish ilmgohlari, kafedralar kimyoviy modda-larning suvdagi ruxsat
etiladigan miqdorini ishlab chiqish bilan band.
Umuman olganda, 28—74—82 raqamli Davlat standarti «Ichimlik
suvga
gigienik talablar va suv sifatini nazorat qilish» to’g’risidagi hujjat sog’liqni
saqlashning asosiy qonunlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: