1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Turar joylarda xo’jalik va iste’mol uchun sarflanadigai suv normalari
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
96
Turar joylarda xo’jalik va iste’mol uchun sarflanadigai suv normalari Turar joylarning holati Kishi boshiga 1 kunda sarflanadigan o’rtacha suv miqdori (litr hisobida) Vodoprovod va kanalizaciya tarmoqlari bilan ta’minlangan, vannasi bo’lmagan binolar Vodoprovod, kanalizaciya vanna va suv isitgichlar bilan ta’minlangan binolar Markazlashgan issiq va sovuk suv bilan ta’minlangan binolar 125—160 160—230 250—350 SHuni eslatish zarurki, hozir yer kurrasida bundan million yil ilgari bo’lganidek 40 000 km 3 chuchuk suv mavjud. Hozirgi kungacha bu miqdor o’zgargani yo’q, aholi soni esa 5 milliarddan ortib ketdi. Buning ustiga ko’p yerlar o’zlashtirilmoqda, sanoat korxonalari paydo bo’lmoqda. Demak, chuchuk suv sarfi ko’paymoqda. SHuning uchun ham aholini toza suv bilan ta’minlash masalasi butut dunyo mamlakatlari oldida katta muammo bo’lib turibdi. Turar joylarda jon boshiga kundalik suv sarfi 200 litrga etadi, ammo katta shaharlarda xo’jalik va turmush maqsadlari uchun sarflanadigan suv miqdori 400—450 litrga teng. SHahar va qishloqlarda suv ta’minotining yaxshi bo’lishi aholi salomatligi uchun, ularning sanitariya madaniyati yuksalishi uchun imkon byeradi. Bu ayniqsa uy-joylar sanitariya holatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. SHahar va qishloq qurilishining taraqqiyoti, sanoat korxonalarining paydo bo’lishi va rivoji, bo’z yerlarning o’zlashtirilishi va ekin maydonlarining kengayishi suvning yanada ko’proq sarflanishiga olib bormoqda. Suv havzalaridan sog’lomlashtirish va boshqa maqsadlarda keng foydalanilmoqda. Aholining suvga bo’lgan ehtiyojini to’la-to’kis qondirish maqsadida shahar va boshqa turar joylarda katta-katta vodoprovod inshootlari 97 qurilmoqda. Asosiy maqsad aholini markazlashtirilgan toza ichimlik suv bilan ta’minlashga qaratilgan. Keyingi yillarda katta regionlar uchun gruppalashtirilgan vodoprovodlar qurilmoqda. Bunda rayonlar, qishloqlar, muassasalar, tashkilotlar bir bo’lib, o’z mablag’larini koopyeraciya qilib shunday katta suv inshootlari qurishga muvaffaq bo’lmoqdalar. SHimoliy Kavkaz, Ukraina, O’zbekiston, G’arbiy Sibir, Qozog’iston va boshqa rayonlar shular jumlasiga kiradi. Suvni tozalashning yangi-yangi texnik usullari ishlab chiqilmoqda. YAngi-yangi suv havzalari, suv omborlari paydo bo’lmoqda. Xo’jalik-ichimlik suv ta’minoti deganda aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash, undan gigiena va turar joylarni obodonlashtirish maqsadlarida foydalanish tushuniladi. Xo’jalik-ichimlik suvi miqdor va sifat jihatidan gigiena talablariga javob byermog’i kerak, SHundagina aholiga tarqatiladigan suv yuqumli kasalliklarning oldini olishga, o’sha joyning sanitariya holatini yaxshilashga yordam byeradi. Toza suv oziq-ovqat korxonalarining to’xtovsiz ishlashiga, oziq-ovqatlar sifatini yaxshilab, undan zaharlanishning oldini olishga yordam byeradi. Butun dunyo Sog’liqni saqlash uyushmasining hozir va kelajakdagi maqsadi sog’liqni saqlash siyosati va uning programmasi yer yuzi aholisini 2000 inchi yilgacha faqatgina davolash-profilaktika ishlari bilan ta’minlabgina qolmay, balki aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlashni ham ko’zda tutadi. SHunday qilib, bu uyushmaning maqsadi yer kurrasidagi aholining sog’lig’ini saqlashga qaratilgandir. Butun dunyo sog’liqni saqlash uyushmasining hujjatlarida shunday deyiladi: «Qayerda bo’lmasin, aholi sog’lig’ini saqlash, uning yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi oldini olishga toza ichimlik suv bilan ta’minlash orqali erishiladi». Aholini toza suv bilan ta’minlash masalasi ayniqsa O’rta Osiyo respublikalarida katta muammo bo’lib qolmoqda. SHu vaqtgacha qishloq va ba’zi shaharlar aholisining 98 ko’pchshtt 100 foiz markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangani yo’q, O’zbekistonda qishloq aholisini faqat 50% igina toza ichimlik suv bilan ta’minlangan. SHaharlarda esa bu 70—80 foizga ko’tarilgan. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling