1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


yordam byeradi.  II BOB  AHOLI TURAR JOYLARI GIGIENASI


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

27
yordam byeradi. 
II BOB 
AHOLI TURAR JOYLARI GIGIENASI 
 
MINTAQALARDA SHAHARLARNING QURILISH QONUN-
QOIDALARI VA ULARNI SOG’LOMLASHTIRISH YO’LLARI. 
Turar joylarni loyihalash va qurish anchagina murakkab vazifa. Tarixga 
nazar tashlasak, uy-joy qurish, ularni yaxshilab loyihalash masalasi insoniyat 
paydo bo’lgandan byeri murakkab masala bo’lib kelmoqda. Sababi shundaki, 
shaharlar, shahar tipidagi qishloqlar to’g’ri, did bilan loyihalansa aholi 
yashashi uchun qulay bo’ladi. Bu borada yangi sanoat korxonalari, fabrika, 
zavodlar, maktab, texnikumlar, oliy o’quv yurtlari, shifoxona va 
poliklinikalar, ma’muriy idoralar va boshqalar ham hisobga olinadi. Ular 
gigiena nuqtai nazaridan to’g’ri joylashtirilgan, aholining yashashi va dam 
olishi uchun qulay bo’lishi lozim. 


28
Yirik sanoat markazlari joylashadigan shaharlar loyihasini tuzish 
masalasi ancha murakkab. CHunki yirik shaharlarda aholining tobora 
zichlashib borayotganliga, transport vositalarining kundan-kunga ko’payishi 
va boshqalar atmosfera havosining buzilishiga va kasalliklar ko’payishiga 
sabab bo’lmoqda. 
Gigiena xodimlari yordamida tayyorlangan va tasdiqlangan shahar va 
shahar tipidagi turar joy markazlari loyihasi ko’p jihatdan masalani to’g’ri hal 
qilishga yordam byeradi. Jumladan: 
— aholiga turar-joy qurish uchun sog’lom maydonlarni tanlash; 
— tanlangan joylardaga tabiiy sharoitlardan, ya’ni suv havzalari, 
ko’kalamzor o’rmonlar, yerning relyefi va hokazolardan to’g’ri foydalanish
— sog’lom bo’lmagan maydonlarni, territoriyalarni sog’lomlashtirish; 
— turar joylarni yuqori darajada obodonlashtirish, ya’ni 
ko’kalamzorlashtirish, kanalizaciya, suv va gaz tarmoqlari bilan ta’minlash, 
irrigaciya shoxobchalarini qurish, aholi turar joylari tozaligini ta’minlash; 
— turar joylarda hammom, profilaktika va davolash muassasalari, 
kirxonalar, fizkul’tura va sport inshootlari, bolalar bog’chalari, dam olish 
uylari qurishni tashkil qilish; 
— uy-joy loyhalarini tanlashda milliylikka ahamiyat berish; ularning 
qulayligini ta’minlash va boshqalar. 
Odamlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish tabiiy, albatta. 
CHunki, aholini uy-joy bilan ta’minlash ularni hayotda, ishda, jamoat ishlarini 
bajarishda hamda madaniy hayotidagi faolligini oshirishda yordam byeradi. 
SHularning hammasini nazarda tutib davlatimiz aholini uy-joy bilan 
ta’minlash masalasiga doimo ahamiyat byerib kelmoqda. 
Turar joylarni loyihalash, eski binolarni k;ayta qurish masalasiga gigiena 
fani namoyondalari F.F. Erisman, M. Rubnyer, K. Flyugge, A. Gyertnyer, 
G.V. Xlopin, A.3. Zohidov va boshqalar yaqindan yondoshib uni hal etishga 
katta yordam ko’rsatdilar. 


29
Ko’pgina ilmiy ishlar, tajribalar turar joylarni aholi talabiga mos qilib 
qurish imkonini berdi. Bunda ko’chalarni ravon qilib qurish, katta va kichik 
ko’chalarga odamlar yurishi uchun yo’lkalar ajratish, uy-joylarning yashash 
uchun qulayligini ta’minlash ko’zda tutiladi. Ko’kalamzorlashtirishga katta 
ahamiyat berildi. 
Toshkent, Buxoro va boshqa shaharlardagi ilgarigi tor ko’chalar, zich 
qilib qurilgan, suv va kanalizaciya bilan ta’minlanmagai uy-joylarni qayta 
qurish juda murakkab ish edi, albatta. Buning ustiga aholining nihoyatda zich 
yashashi, ochiq joylarning kam bo’lishi, etarli darajada 
ko’kalamzorlashtirilmaganligi shahar aholisini toza havo va quyoshning inson 
uchun zarur bo’lgan ul’trabinafsha nurlari bilan ta’minlanishiga imkon 
byermas edi. Buning ustiga turar joy tuproqlari ko’lmak suvlar bilan 
ifloslanib, qo’lansa hid tarqatar edi. Bularning hammasi kishi sog’lig’iga zarar 
qilmay qolmas edi albatta. 
Fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi shahar va qishloqlar qurish imkonini 
berdi. Endilikda turar joylarni loyihalash uchun bir qancha ilmgohlar, idoralar 
mavjud. Katta-katta shaharlar, zamonaviy ko’p qavatli binolar loyihasini 
tuzish va qurish masalasi keyingi 20—30 yillar davomida keng ko’lamda 
amalga oshirilmoqda. Ko’rkam shaharlar, shahar tipidagi qishloqlarda turar 
joylar qad ko’tarmoqda, yirik sanoat markazlari paydo bo’lmoqda, magistral 
lo’llar qurilmoqda. Bu shaharlar qiyofasini tubdan o’zgartirib yubordi. 
Aholi turar joylari qurilishining rivojlanib borayottanligi gigiena 
xodimlari zimmasiga katta vazifalar yuklamoqda. Ular qurilish xodimlari 
bilan birgalikda ishlab, qurilgan uy-joylarning gigiena talablariga javob 
byeradigan bo’lishiga imkon yaratishlari zarur bo’lmoqda. 
Amniqsa, keyingi vaqtlarda qurilish matyeriallarining sifat tomonidan 
o’zgarishi, ya’ni temir-betonli bloklar, polimyer va plastmassa 


30
matyeriallarining ishlatilishi, murakkab aralashmalardan foydalanish 
sanitariya vrachlari va gigienistlar oldiga katta vazifalar qo’ymoqda. Masalan, 
uy-joy qurishda yirik toshlardan, ya’ni tsmir-beton bloklardan foydalanganda 
iqlim sharoitiga qarab uylarni isitish, ularda havo almashinishini yaxshilash
unda zarur mikroiqlim yaratishga ahamiyat berish zarur. Demak, shaharlar, 
poselkalar, shahar tipidagi qishloq markazlarini qurishda gigiena fani 
yutuqlaridan, sanitariya talablaridan foydalanish zarur. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling