1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
EKOLOGIYA VA KOMMUNAL GIGIENA
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
19
EKOLOGIYA VA KOMMUNAL GIGIENA Ekologaya va kommunal gigiena fani bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Ekologiya degani nima? Ekologaya o’ziga xos fan bo’lib, u tirik organizmning yashash shart- sharoitlari, organizm bilan tabiiy muhit orasidagi o’zaro bog’liqliklarni o’rganadi. Ekologiya grekcha so’z bo’lib, ekos — uy-joy va logos — fan degan ma’noni anglatadi. Mazkur atamani 1866 yili biolog olim E. Gekkel’ fanga kiritgan. Gekkel’ ekologiya tirik moddalarning atrof muhit bilan o’zaro munosabatini o’rganadi deydi. Ekologaya fanini o’rganishga o’tgan asrlardayoq ko’p olimlar urinib ko’rganlar. Jumladan, Lamark, Sent Illar, Sevyercev va yana bir qator mutafakkir olimlar o’z asarlarida ekologiya masalalarini ko’targanlar. Tibbiy fanlar allomasi, ulug’ olim Abu Ali ibn Sino inson sog’lig’i uchun toza suv, havo va tuproq eng zarur ekanligini o’z asarida yozib qoldirgan. Ammo, ekologaya mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Tirik organizmning yashash uchun kurashishi to’g’risidagi Darvin ta’limoti — ekologiya faniga asos soldi. Hozirgi vaqtda ekologiya bir-biri bilan uzviy bog’liq uch qismdan, ya’ni faktoral, populyacion va biogeocenologik ekologiya qismlaridan iborat. Faktoral ekologiya yoki boshqacha aytganda autoekologiya tur yoki jinsni uni o’rab olgan muhit bilan o’zaro munosabatini o’rganuvchi bo’limdir. Mazkur bo’lim ba’zan tur ekologiyasi deb ham ataladi. Faktoral ekologiya organizm fiziologiyasi va morfologayasi bilan chambarchas bog’langan. Tirik organizmga ta’sir ko’rsatuvchi muhit elementlari ekologik omil deyiladi. Bu abiotik va biotik qismlarga bo’linadi. Abiotik qismga muhitning jonsiz omillari, jumladan iqlimi, topografiyasi; edafik, fizik va gidroximik omillari kiradi. Biotik omillar esa tirik jonivorlar ta’sirida yuzaga chiqadigan 20 o’zgarishlardan iboratdir. Harorat, namlik, yorug’lik iqlim omillarining eng ahamiyatlisi hisoblanadi. CHunki har bir tirik muvjudot ma’lum haroratda, namlikda, yorug’likda yashashga qodir. Har bir tirik organizmni namlikka, ya’ni suvga bo’lgan ehtiyojini hamda ularning yashash joylarini hisobga olib qator ekologik guruhlarga bo’lish mumkin. Jumladan, gidrofil guruhga ki- ruvchi jonivorlar faqat suvda yashaydi, gagrofil guruhdagi jonivorlar namligi juda yuqori bo’lgan joylarda yashaydi, migrofil guruhga esa suvga ehtiyoji kam bo’lgan jonivorlar kiradi. YUqorida qayd qilingan guruhlar har bir ekologik sharoitda yaxshigina indikator — ko’rsatkich bo’lib ham xizmat qila oladi. YOrug’lik nuri iqlim omilining asosiy elementlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Tiriklikning aksariyati yorug’lik bilan uzviy bog’langan, chunki yorug’lik tabiat uchun zarur bo’lgan enyergiya manbalaridan biridir. Edafik omillarga tuproqning barcha fizik va kimyoviy xususiyatlari — tuzilishi, kimyoviy tarkibi, gaz, suv, organik va minyeral elementlar va boshqalar kiradi. Edafik omillar tuproqda doim yoki birmuncha vaqt yashovchi organizmlar faoliyatini aniqlaydi. Gidroximiya, gidrofizika omillari esa suv bilan bog’liq bo’lgan omillarni o’z ichiga oladi. Suvniig ekologik qimmati uning kimyoviy, fizik xossalari hamda harakatchanligi bilan anihlanadi. Suv — obihayot. Turli-tuman jonli organizmlar, bioximik jarayonlar va umuman hayot suvli muhitda rivojlanadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling