1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Qayum Sobirovich Zoirov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
14
Qayum Sobirovich Zoirov — professor, O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan vrach, fan arbobi, olim va tashkilotchi. U 227 ta ilmiy maqolalar, 5 ta kitob, 12 ta ilmiy-ommabop risola, 12 ta qo’llanmalar muallifi. Uning gigiena sohasidagi ishlari 1951-1954 yillada O’zbekiston sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari oliygohida boshlandi. Q.S. Zoirov 1955—1963 yillarda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari, 1963-—1966 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshi-rish oliy bilimgohining rektori va gigiena kafedrasi mudiri, 1966—1979 yillarda Respublika Sog’liqni saqlash vaziri, 1979 yildan boshlab Toshkent Davlat vrachlar malakasini oshirish ilmgohining rektori lavozimlarida ishlagan. U gigiena ilmiga, uning rivojiga katta hissa qo’shgan, ayniqsa respublikada tibbiy xodimlar tayyorlashda katta xizmat qilgan tashkilotchilardan biri. Uning ko’p ilmiy asarlari kommunal gigiena, epidemiologayaga bag’ishlangan. Ayniqsa u aholini toza suv bilan ta’minlash, turar joylar gigienasi va boshqalarga ahamiyat bergan. Q.S. Zoirovning xalq sog’lig’ini saqlash yo’lida olib borgan ishlari davlatimiz tomonidan yuqori baholandi. U 5 ta orden, 11 ta medal, 4 ta O’zbekiston respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. U Sog’liqni saqlash a’lochisi edi. Ulug’ Vatan urushidan so’ng kommunal gigiena fani ham nazariy, ham amaliy jihatdan anchagina rivoj topdi. Ko’pgina tajribalar qilindi, tashqi muhitning ifloslanish sabablari o’rganib chiqildi. Bunday ilmiy ishlarda suv havzalarining sanitariya normalari, suv omborlari va dengiz havzalarining sanitariya holati, ayniqsa sanoat chiqindi suvlarining suv havzalariga tashlanishi oqibatlari ishlab chiqildi. Turli ilmiy ishlarning yozilishiga sabab sanoat korxonalari chiqindilarining atmosfera havosini, suv havzalarini, turar joylarni ifloslantirishi bo’ldi. Ilmiy-tekshirish ilmgohlari, maxsus laboratoriyalar, gigiena kafedralarida ilmiy tajribalar olib borildi. Atmosfera havosi iflos 15 bo’lgan territoriyalardagi aholining sog’lig’i va turli kasalliklar o’rganib chiqildi. Sanoat korxonalari bilan aholi yashaydigan joylar o’rtasida sanitariya muhofaza zonasi o’rnatish amalga oshirildi. Tajribalar va olib borilgan ilmiy ishlarda ko’pchilik zaharli moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ilmiy asosda aniqlashga va qonuniy hujjatlar asosida ishlatilishiga muvaffaq bo’lindi. Ruxsat etiladigan miqdorlar atmosfera havosi uchun, ichimlik suv va keyingi vaqtlarda hatto tuproqlar uchun ham ishlab chiqilmoqda, Bunday miqdorlarning sanitariya amaliyotida joriy etilishi, ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini olib borish uchun kerak bo’lgan hujjatdir. Keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti juda ko’p sun’iy polimyer va plastmassa matyeriallarni sintez qilishga va ularni xalq xo’jaligida joriy qilishga katta yo’l ochib berdi. Gigiena fanining vazifasi sintetik matyeriallarning bezararligiga to’g’ri baho berish, ularning gigienik normalarini ishlab chiqish va amalda joriy qilishdir. Ayniqsa, kimyo sanoatining taraqqiyoti fan oldiga katta vazifalar qo’ydi. Sababi shundaki, kimyo sanoati har yili ko’plab zaharliligi, fizik va biologik xossalari turlicha bo’lgan moddalar ishlab chiqarmoqda, sanoat chiqindi suvlarida turli zaharli moddalar mavjud. Gigiena qoidasiga ko’ra har qanday iflos chiqindilar tarkibidagi kimyoviy modda miqdori ruxsat etiladiganidan oshib ketmasligi kerak. Hozirgi kunning dolzarb masalalaridan eng asosiysi tashqi muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishdir. 1972 yilda qabul qilingan va gazetalarda e’lon qilingan «Tabiatni muhofaza qilishni kuchaytirish va tabiiy boyliklardan rejali foydalanish to’g’risida»gi qarorda tashqi muhitni asrash davlat ahamiyatiga molik bo’lgan masala ekani yana bir bor tasdiqlandi. Hozirgi kunda sanoat korxonalari qurilishi avj olmoqda. SHu sababli ularni reja asosida qurish va sanoat korxonalari chiqin-dilarini aholi 16 salomatligiga zarar yetkazmaydigan qilib tashlashga ahamiyat berish dolzarb vazifa hisoblanadi. SHuningdek, transport, qishloq xo’jaligi mashinalarini gigiena qonun-qoidalariga rioya qilgan holda taqsimlash, sanoat korxonalari va boshqalarni regionlarda to’g’ri joylashtirish, aholini sanoat markazlariga to’g’ri bo’lish, tabiiy boyliklardan va mehnat resurslaridan rejali foydalanish, ishchilarning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, aholining dam olishini ta’minlash kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Respublikamizda xalq salomatligani saqlash yo’lida keng ko’lamda sanitariya-gigiena ishlari olib borilmoqda. Jumladan, epidemik ka- salliklarning kelib chiqish sabablari va uning oldini olishni, aholiga tushuntirish, tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish, tashkilotlar, muassasalar, vazirliklar jalb qilinmoqda. Asosiy masala shundaki, kishi organizmidagi o’zgarishlar va uning sabablarini to’g’ri aniqlab organizmga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, juda bo’lmaganda ularning ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bu masalalarni hal qilishda albatta kommunal gigiena yordam berishi mumkin. Kommunal gigiena tashqi muhitga salbiy ta’sir etuvchi omillar, turar joylardagi ijtimoiy ahvolni o’rganib, odamlar sihat-salomatligini asrash va tashqi muhit ob’yektlarini sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini aniqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o’rgatadi. Inson salomatligini saqlash yo’lida ishlab chiqilayotgan qonun va qoidalar, davlat standartlari, normalarining to’g’ri ishlatilishi sanitariya nazorati tomonidan amalga oshiriladi. Davlat sanitariya nazorati nohiyalarda, viloyatlarda, respublikalarda amalga oshiriladi. Masalan, qurilish ob’yekti qanday bo’lishidan qat’i nazar unga yer maydoni ajratishda, ularning loyiha va planlarini ishlab chiqishda sanitariya nazorati izchillik bilan olib boriladi. Davlat sanitariya nazorati yuza va yer osti ichimlik suv havzalarini 17 ifloslanishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosini sanoat va xo’jalik chiqindilari bilan ifloslanishining oldini oladi va ularning aholi sog’lig’iga, yashash sharoitiga salbiy ta’sirining oldini olish tadbir-choralarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi. Asosiy maqsad aholi turar joylarini sog’lomlashtirish yo’li bilan inson sog’lig’ini muhofaza qilishdir. Sanitariya nazoratini olib boruvchi idoralarga nizomda ko’rsatilgan quyidagi huquqlar byeriladi: 1. Vazirliklar, tashkilotlar, muassasalar, lavozimli shaxslar, ayrim fuqarolardan sanitariya-epidemiologaya chora-tadbirlarini uyushtirish va bajarilish vaqtini talab qilish. 2. Aholi turar joylarini loyiha asosida qurilishiga, sanoat korxonalari va har qanday qurilish ob’yektlariga to’g’ri joy ajra-tishga, aholini toza suv bilan ta’minlash, ularga chiqindi suvlar tushishiga yo’l qo’ymaslik va atmosfera havosining ifloslanmasligi choralarini ko’rish. 3. Foydalanishga topshirilayotgan uy-joylar, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish idoralari, sanoat korxonalarining hozirgi sanitariya holati va u yerda epidemik kasalliklar tarqalishi oldini olish qoidalarining normaga to’g’ri kelishi haqida xulosa chiqarish. 4. Ishlab turgan muassasalarda bundan keyin ham sanitariya va epidemiologiya holatining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, aks holda ularning ishini to’xtatish. 5. Zarur bo’lib qolgan hollarda gigienik xulosalar yozish uchun qaysi vazirliklarga, tashkilotlarga qarashliligidan qat’i nazar sanitariya, gigiena va epidemiologayaga tegishli bo’lgan ilmiy-tekshirish ilmgohlari laboratoriyalari zimmasiga ekspyertiza qilish vazifasini yuklatish mumkin. 6. Sanitariya nazorati ostidagi hamma ob’yektlarga sanitariya vrachlari har qanday sharoitda, kunning qaysi vaqtida bo’lmasin o’zining guvohnomasini ko’rsatib uning sanitariya holatini tekshirishi mumkin. 18 Shuni aytish kerakki, sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli sanitariya- epidemiologiya muassasalari va idoralarining chiqargan qarorlari, xulosalari Davlat idoralaridagi lavozimli shaxslar, korxona, tashkilot boshliqlari va ayrim kishilar uchun qonuniydir. Ogohlantirish sanitariya nazorati deganda nima tushuniladi? Maqsad har bir ob’yektning sanitariya qoida va normalar asosida qurilishini nazorat qilishdir. Ob’yektlar maxsus komissiya tuzgan aktlar bilan hujjatlashtiriladi, komissiya a’zolari unga qo’l qo’yadilar. Komissiyaning har bir a’zosi o’zining kasbi bo’yicha ob’yektni tekshirib, to’g’ri qurilganiga ishonch hosil qilgach, hujjatga qo’l qo’yishi kerak. Ishlab chiqarish korxonalarining Davlat qabul qilish komissiyasi ob’yektni foydalanishga topshirayotganda aktga Davlat sanitariya nazorati mehnatni muhofaza qilish inspekciyasi hamda buyurtmachining qo’li qo’yilmagan bo’lsa, qabul qilish aktini noto’g’ri deb topadi. Bu sanitariya nazorati idoralarining huquqi yuqori ekanligi va sanitariya xodimlarining javobgar shaxs ekanliklaridan darak byeradi. Kundalik sanitariya nazorati degani nima? Bu sanitariya-epidemiologiya stanciyalari xodimlari tomonidan rejali ravishda bajariladigan kundalik ishdir. Bu ishda sanitariya-epidemiologiya xodimlari inson organizmiga va ularning sog’lig’iga salbiy ta’sir etuvchi omillarni turli usullar bilan aniqlaydilar. Ularning ta’sirini kamaytirish yoki umuman yo’q qilish tadbir-choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilshpini nazorat ostiga oladilar. Kundalik sanitariya nazorati ogohlantirish sanitariya nazorati-ning davomi bo’lib, foydalanish uchun topshirilgan ob’yektlarni boshqarish jarayonida hosil bo’lgan ijobiy yoki salbiy tomonlarini aniqlash va shu yo’llar bilan kishi sog’lig’ini saqlashda ishtirok etishdir. Xulosa qilib shuni aytish zarurki, sanitariya nazorati ko’pchilik idoralar, tashkilotlar, vazirliklarning tashqi muhitni muhofaza qiluvchi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling