1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


  hissalarini qo’shdilar.  I BOB


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)


hissalarini qo’shdilar. 
I BOB 
GIGIENA FANINING O’RTA OSIYO RESPUBLIKALARIDA 
RIVOJLANISHI 
 
Tarixga murojaat qilinsa, O’rta Osiyo respublikasi ilgari Turkiston 
viloyati deb yuritilgan. Bu viloyat tarkibiga hozirga Qozog’iston 
respublikasining janubiy nohiyalari, Qirg’iziston, Tojikiston viloyati kirgan. 
Demak, biz Turkiston viloyatlaridagi gigiena, ya’ni sog’lomlashtirish fanining 
taraqqiyoti 1917 yilgacha qaysi ahvolda edi-yu, revolyuciyadan so’ng qanday 
rivoj topdi, shu haqda o’quvchilarni xabardor qilmoqchimiz. Ilgari bo’lg’usi 
vrachlar o’zi yashab turgan ko’hna Turkistonda bu fan qanday taraqqiy etgani 
to’g’risidagi savollarga kichik-kichik risolalardan javob topishlari mumkin 
edi. U vaqtda alohida darsliklar yo’q edi. Bo’lsa ham faqat Yevropa va 
Rossiyadagi gigiena ilmi rivoji haqida to’xtalib o’tilardi, xolos. Vaholanki, 
Turkiston viloyatida tozalik va orastalik masalalariga Muhammad 
payg’ambar yashagan davrlarda ham katta ahamiyat byerilgan. 
Qur’onda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, «Din — poklikdir» 
deyiladi. Islom dini — kishi ma’naviy dunyosini insoniylikka nomunosib 
bo’lgan barcha qaboxat va razolatlardan pok tutuvchi benazir vosita bo’lish 
bilan birga, badan sog’liga uchun zarur bo’lgan tozalikka ham katta ahamiyat 
byeradi. Unda ayniqsa turar joylarni supurib-sidirish, suv sepish, xullas, inson 
uchun zarur iqlimni yaratish, axlatlarni yig’ib maxsus o’ralarga ko’mish kabi 
gigienik maslahatlar ham byeriladi. 
Gigiena fanining rivojiga qadimiy Turon o’lkasida yashab ijod qilgan, 
tibbiyot ilmiga o’zining bebaho hissasini qo’shgan iste’dodli olimlar Abu Ali 
Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Abu Rayhon Byeruniy, Umar CHag’miniy va 
boshqalar ham o’z asarlari bilan katta hissa qo’shganlar va o’quvchilar undan 



hozirgi vaqtda ham foydalanmoqdalar. Ular qoldirgan noyob kitoblar tibbiyot 
ilmini boyitishda qadimdan xizmat qildi va tabiblar uchun qo’llanma bo’lib 
keldi. 
Feodal zulmi avjiga chiqqan X—XI asrlarda qisqa, ammo mazmunli 
hayot kechirgan, salkam 500 ga yaqin asar yarata olgan buyuk alloma Ibn 
Sinoning asarlari uni jahonga tanitdi. 
Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida gigiena ilmiga bag’ishlangan
ko’p masalalar echimini yozib qoldirgan. Jumladan u «agar havoda chang 
va boshqa g’uborlar bo’lmaganda edi, inson hayoti anchagana cho’zilgan 
bo’lardi» deb, atmosfera havosini ifloslanishdan holi qilishni uqtiradi. 
Ayniqsa, u havo haroratiga, uning namligiga ahamiyat byeradi. Insonlar 
yilning turli fasllarida sog’liqlarini saqlashning ehtiyot choralarini ko’rishlari 
zarurligini uqtiradi. Ko’pgina kasalliklar namlik oshganda yoki issiqlik 
darajasi haddan tashqari oshib ketganda zo’rayishini aytib o’tadi. U shunday 
deydi: «shuni bilginkim, yil faslining turli iqlim sharoiti qandaydir kasallikni 
keltirib chiqarishi mumkin, demak iqlimga qarab aql-zakovat bilan odamlarga 
turli kun tartibini tavsiya qilish kerak». 
«Tib qonunlari» kitobida, jumladan turar joylarni qurishda maydonning 
sof tuprog’i, relyefi katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. SHuning 
uchun ham, aholi yashashi uchun quriladigan maydonlar kungay, bahovo, 
quruq tuproqli bo’lmog’i zarur deydi. 
Ibn Sino inson salrmatligini, saqlashda tashqi muhitning ahamiyati katta 
ekanligini «Tib qonunlari» kitobida alohida izohlaydi, unda suv, tuproq, 
atmosfera havosining ahamiyatini talqin etadi. 
O’rta Osiyo tibbiyot fanining eng ulug’ vakillaridan yana biri gigiena 
faniga o’z hissasini qo’shgan olim Ismoil Jurjoniydir. Uning tug’ilgan vaqti 
aniq emas, XII asr boshlarida Isfaxon shahrida tug’ilab, so’ng Xorazmga 
keladi. 
Ismoil Jurjoniy Xorazm shohligi davrida yashab ijod qilgan, tibbiyot fani 



rivojiga o’z hissasini qo’shgan yirik olim. U Xorazm viloyatining iqlimi, 
tuprog’i, havosi, geografik holati haqida yozibgina qolmay, ularni insonlar 
sog’lig’iga ta’sirini o’rgandi va o’z asarlarida yozib qoldirdi. 
Jurjoniyning fikricha, «kimki Xorazm viloyati havosidan nafas olsa, 
undagi dorivor o’simliklardan, meva va rezavor o’simliklardan iste’mol qilsa, 
uning sog’lig’i mustahkam bo’ladi», degan. 
Jurjoniy tibbiyot olamida ikki bebaho durdona kitob qoldirdi, bular 
«Xorazmshoh xazinasi» va «Xorazmshoh Karabadini». 
«Xorazmshoh xazinasi» 9 kitobdan iborat bo’lib, tibbiyot fanining turli 
sohalariga bag’ishlangan. 
Jurjoniy kasallikning kelib chiqishiga olti xil omil sabab bo’ladi, deydi, 
ya’ni havo (iqlim), oziq-ovqat va dori-darmon, uyqu va uyqusizlik, jismoniy 
harakat va harakatsizlik, organizmga kiruvchi moddalar va ularning 
organizmdan ajralishi, haddan tashqari xursandchilik va xafagarchilik. 
Odamlarni davolaydigan tabib bularni bilib, har bir insonni kasallikdan 
saqlashi va ogohlantirishi, uni dori-darmon bilan ta’minlashi zarur, deydi u. 
Jurjoniy «Xorazmshoh xazinasi» nomli kitobida zax, namligi yuqori 
bo’lgan joylarga, uy-joy qurganda poydevorini balandroq qurishni tavsiya
etadi. U ichimlik suvlarga to’xtalib, qish vaqtida yoqqan yomg’ir va erigan 
qor suvi yoz vaqtida yohqaniga qaraganda tozaroq ekanligini uqtiradi, bu 
holni atmosfera havosining yoz vaqtida iflosligi natijasidan deb to’g’ri 
fikrlaydi. Tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan suv kishi organizmiga, 
qolavyersa me’da-ichak, buyrak va jinsiy a’zolar faoliyatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatishi to’g’risida ma’lumot byeradi. Sho’r suv qonni o’zgartiradi, ich 
ketkazadi, buyrak, siydik qopida tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Aksincha, toza tuproqdan fil’trlanib o’tgan buloq suvlari rangsiz, 
mazasiz, hidi bo’lmaydigan toza suvdir, bunday suvlarda ovqat
tez pishadi 
deydi. 
Jurjoniy suvning tozaligani aniqlovchi ko’rsatkich deb uning rangani, 
mazasini, hidini, tiniqligini aytadi. Bu ko’rsatkichlar hozirgi zamon Davlat 
standartida ham keltiriladi. 
1920 yilda Turkiston Davlat doryalfununi tashkil qilindi. Gigiena fani 



tez sur’atlar bilan 1917 yildan so’ng rivoj topdi. Uning tibbiyot kulliyotida 
ishlash uchun Moskva va boshqa shaharlardan P.P.Sitkovskiy, K.G.Xrushev, 
A.N.Kryukov, E.P.SHlyaxtin, N.N.Markelov, S.A.Molchanov va boshqalar 
taklif qilindi. 
G.N. Pinegan gigiena kafedrasi mudiri vazifasida ishlab, uy-joy 
gigienasini rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan olimlardan hisoblanadi. 
1922 yilda Turkiston jumhuriyatida sanitariya vrachlarini kuzatuvchi 
tashkilot mehnatni muhofaza qilish ishlarini uyushtira boshladi. Keyinchalik 
sanitariya-ximiya, baktyeriologik laboratoriya, so’ngra epidemik kasalliklarga 
qarshi kurashuvchi bo’limlar tashkil qilindi. 
1924 yilda Buxoro shahrida tarqalgan rishta kasalligiga qarshi kurashish 
va uni yo’q qilish maqsadida tropik tibbiy ilmiy-tekshirish ilmgohi ochildi. 
Keyinchalik bu ilmgoh Samarqand shahriga ko’chirilib, Samarqand bezgak va 
parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti nomini oldi. Bu institut aholiga 
sanitariya va gigiena fanidan ta’lim byeruvchi maskanga aylandi. 
1927 yili O’lka sanitariya-baktyeriologiya ilmgohi qoshida sanitariya-
gigiena bo’limi tashkil qilindi. 
O’lka gigiena ilmining taraqqiyoti asosan 1934 yildaga O’zbekiston 
ilmiy-tekshirish sanitariya, gigiena ilmgohi ochilishi bilan bog’liqdir. 
Ilmgohdagi barcha ilmiy ishlar o’lkadagi juda ko’p masalalarni hal qilishga 
qaratilgan. Bu ilmgohda professorlardan P.K. Ageev, P.D. Vinokurov, A.S. 
Dixtyar va boshqalar ishlaganlar. Ular o’z faoliyatlarini jumhuriyatda 
kommunal gigiena masalalarini o’rganishga bag’ishlaganlar. 
Turkiston Davlat dorilfununidan keyinchalik Toshkent Davlat Tibbiyot 
oliygohi alohida bo’lib ajralib chiqdi. Bu oliygoh qoshida sanitariya-gigiena 
mutaxassislari tayyorlaydigan fakul’tet ochiladi, so’ngra fakul’tet qoshida 
gigiena fanining turli sohalari bo’yicha kafedralar ochildi. 
O’zbekiston Respublikasida tibbiy xodimlar tayyorlashga katta ahamiyat 
berildi. Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot oliy bilimgohlari, O’rta 
Osiyoda bolalar vrachlari tayyorlaydigan tibbiyot oliy bilimgohi hamda 


10
dorishunoslnk bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy bilimgoh tashkil 
qilindi. 
1990 yili Buxoro tibbiyot oliy bilimgohi ochildi. Bu oliygohlarning 
hammasida gigiena kafedralari tashkil qilindi. Ko’rinib turibdiki, O’lka 
gigiena ilmining har tomonlama taraqqiy etishiga davlatimiz katta yo’l ochib 
bergan. 
O’lkamizda umumiy gigiena va uning eng katta qismi bo’lgan 
kommunal gigienani taraqqiy ettirishda professorlar A.Z. Zohidov, Q.S. 
Zoirov, S.N. Bobojonov, Sh.T. Otaboev, T.I. Iskandarov, N.S. Tojiboeva, 
R.U. Ubaydullaev, M.I. Il’inskiy va boshqalarning xizmati katta. 
Petr Konstantinovich Ageev, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1919 yili 
Kiev tibbiyot oliygohini tamomlab, 1938—1947 yillarda O’zbekiston 
sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmgohi direktori bo’lib ishladi, u bir 
vaqtning o’zida O’zbekiston jumhuriyati sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi 
sanitariya-gigiena bo’limining boshlig’i vazifasida ishladi. 1939—1940 
yillarda Toshkent Davlat tibbiyot oliygohi qoshidagi kommunal gigiena 
kafedrasining mudiri vazifasida ishladi. 
O’zbekiston jumhuriyatida yashadi va o’z bilimi hamda faoliyatini 
kommunal gigiena fanining rivojlanishiga sarf qildi. 
P.K. Ageev 1940 yili «Ariq va yuza yer osti suv manbalarini sanitariya 
muhofaza mintaqalarini loyihalash metodikasi» degan temada kandidatlik va 
1946 yili «O’zbekiston shaharlarini irrigaciya suvlari bilan ta’minlashning 
sanitariya va gigiena masalalari» to’g’risida doktorlik dissyertaciyalarini 
yoqladi. U o’zining ishlarida O’zbekistonda aholini toza suv bilan ta’minlash 
tadbir-choralarini ishlab chiqdi. 
P.K. Ageevning kommunal gigienaga bag’ishlangan 45 ta ilmiy 
maqolasi chop etildi. Bu borada u anchagina shogirdlar tayyorladi. 
Petr Dmitrievich Vinokurov, gigienist olim, 1885 yilda tug’ilgan. 
Tibbiyot fanlari doktori, professor. 1914 yili Saratov dorilfununining tibbiyot 
kulliyotini bitirgan. Sog’liqni saqlash xalq komissarlari tomonidan unga 


11
tibbiyot fanlari doktori darajasi byerilgan, 1935—1938 yillarda O’zbekiston 
jumhuriyati Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli O’zbekiston sanitariya-
gigiena ilmiy-tekshirish ilmgohining direktori va ilmiy ishlar bo’yicha boshliq 
lavozimida ishladi, bir vaqtning o’zida Toshkent Davlat tibbiyot oliygohida 
kommunal gigiena kafedrasi mudiri vazifasini o’tadi. 
Petr 
Dmitrievich 
to’rtta 
tibbiyot 
fanlari 
nomzodi 
tayyorladi, qirqqa yaqin ilmiy 
maqola yozdi. U jumhuriyatda 
kommunal gigiena fanining 
taraqqiy etishiga o’z hissasini 
qo’shgan olim hisoblanadi. 
Uning ko’p ishlari suv va turar 
joy gigienasiga bag’ishlangan. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling