1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Abdulla Zohidovich Zo-
hidov, ko’p qirrali gigienist olim, tibbiyot fanlari doktori, professor, tibbiyot fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, O’zbekiston va Qoraqal- pog’istonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. U 1933 yili Toshkent tibbiyot oliy-gohini tamomladi. A.3. Zohi-dov kommunal gigiena faniga asos solgan, o’zining butun aql zakovatini tibbiyot ilmiga, 12 aholining sog’lig’ini saqlashga bag’ishlagan katta tashkilotchi olim edi. A.Z. Zohidov o’zining 1968 yilda yoqlagan «O’zbekistonda kommunal gigienaning asosiy masalalari» nomli doktorlik dissyertaciyasida O’zbekiston jumhuriyatida kommunal gigiena masalalarini o’rganib, ularni yaxshilash chora-tadbirlarini yechish usulini ko’rsatgan. U aholini toza suv bilan ta’minlash, suv manbalarini muhofaza qilish, turar joylarni ozoda tutish yo’llari, issiq iqlim sharoitida zaharli ximi- katlarni ishlatishda gigiena masalalari va boshqalarga bag’ishlangan. A.Z. Zohidov katta tashkilotchi, anchagina o’quvchilar tayyorlagan. Uiing 123 ta ilmiy asari, metodik ko’rsatmalari, kitobchalari va monografiyalari chop etilgan. 1947—1949 yillarda Toshkent tibbiyot oliy bilimgohi «Umumiy gigiena» kafedrasining docenti, 1949—1960 yillarda o’sha oliygohdagi kommunal gigiena kafedrasining mudiri va sanitariya-gigiena fakul’tetining dekani, 1950 yildan 1966 yilgacha O’zbekiston sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish ilmgohi direktori, 1966—1977 yillarda Toshkent davlat tibbiyot oliygohi qoshidagi «Umumiy va radiacion gigiena» kafedrasinint mudiri bo’lib ishladi, A.Z. Zohidov ilmiy-tekshirish ilmgohida direktorlik lavozimida ishlagan vaqtlarida gigiena sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlashga katta ahamiyat berdi. 13 U O’zbekistonlik mutaxassislaryaing ilmga qiziqadi-ganlarini tanlab Moskva, Leningrad, Kiev shaharlariga malaka oshi- rishga yuborib, ajoyib mutaxas- sislar bo’lib yetishishlariga katta yordam berdi. Rahmat Ubaydullaevich Ubaydullaev, SHarif Tursunovich Otaboev, To’lqin Iskandarovich Iskanda-rov, Nella Solievna Tojiboeva, Ramziya Alimovna Yoqubova, Igor’ Ioylovich Il’inskiy va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi fan doktorlari, professorlar bo’lib yetishishdi. Ular hozirgi kunda jumhuriyatimiz tibbiyot oliy-gohlarida kafedra, laboratoriya mudirlari bo’lib ishlamoqdalar. Abdulla Zohidovichning niyat-larini amalga oshirish va respublikada gigiena fanining turli sohasi bo’yicha mutaxas-sislar tayyorlashda ular jon-bozlik ko’rsatmoqdalar. A.Z. Zohidovning xalqimiz sog’lig’ini saqlashdaga ishlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi, u qator orden va medallar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi, unga Sog’liqni saqlash a’lochisi nishoni berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling