1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SUVNI KOAGULYACIYALASH
Koagulyaciyaning asl ma’nosi suvdagi kolloid moddalarning (gidrozol yoki zollar) reagentlar bilan o’zaro bog’lanib ivishi, pag’alar paydo qilishi va cho’kishi (gidrogellar yoki gellar). Koagulyaciya jarayoni suv tarkibiga birorta kimyoviy reagent- 150 koagulyant quyilishi natijasida sodir bo’ladi. Koagulyant suvdagi zarrachalarga qarama-qarshi elektr zaryadiga ega bo’ladi va suvda erib, tezda koagulyaciya reakciyasiga kirishadi hamda pag’alar hosil qiladi. Koagulyant ta’sirida suvdagi kolloid zarrachalar neytrallashadi, ularning kinetik muvozanati va diffuz holati buziladi. Natijada ular bir-biri bilan qo’shilib (agglomyeraciya) yirik pag’alar hosil qilib cho’ka boshlaydi. Koagulyant pag’alarning kolloid va kichik osilma zarrachalarini neytrallashi neytralizacion koagulyaciya deyiladi, pag’alarning bir-biri bilan qo’shilib zarrachalarni shimishi, yirik pag’alarni tashkil qilishi adgsziya yoki flokkulyaciya deyiladi. Koagulyant sifatida vodoprovod sistemasida keng qo’llaniladigan reagentlar — alyumin sul’fat (alyuminat oksid) A1 2 (SO 4 )z • 18N 2 O hisoblanadi. Alyumin sul’fat odatda tarkibida alyumin elementini ushlab, loytuproq (boksitlar, koalinlar, oq loy) larni sul’fat kislotasi bilan ishlanishi natijasida olinadi. Tozalangan mahsulot tarkibida—13,5% alyumin oksid —A1 2 O 3 , 40,3% alyumin sul’fat A1 2 (SO 4 )z va A1 2 (SO 4 ) 3 - 18N 2 O—46,2% bor. Koagulyant tarkibida qo’shimcha zararli moddalar bo’lmasligi kerak, ayniqsa margimush, ftor, mis va boshqa moddalarning ortiqcha bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. SHuning uchun, koagulyantlarni oldin sinchkovlik bilan tekshirib, so’ngra ishlatishga ruxsat byeriladi. Koagulyantlarning suvga qo’shiladigan miqdori bir xil emas, chunki suv tarkibidagi osilma zarrachalar yil fasliga qarab o’zgarib turadi. Quyidagi jadvalda uning ruxsat etilgan miqdori (11-31-74 ga asoslanib) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling