1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

XLOR MIQDORIII BELGILASH 
Suvni to’la-to’kis zararsiz holatga keltirish uchun suvdagi xlor 
miqdori etarli bo’lishi zarur. Xlor suvga tushgach, faqat mikroblar bilan 
reakciyaga kirishmay, balki organik moddalar bilan ham reakciyaga 
kirishadi. 
Demak, xlorning ma’lum miqdori suvdagi moddalar bilan 
bog’lanadi, bu suvniig xlorni bog’lash xususiyati deb nomlanadi. SHuning 
uchun ham suvga solinadigan xlor miqdori ortiqcha bo’lishi kerak. SHunda 
u ham baktyeriyalarni o’ldiradi, ham suvdaga moddalarni xlor bilan 
to’yinishini ta’minlaydi. 
Suv xlorlangandan 0,5—1 soat o’tgach suvdagi moddalar xlorga 
o’yinadi va ortiqcha xlor suv tarkibida qoladi. Bunday qoldiq lorning suv 


311
tarkibida 0,3—0,5 mg bo’lishi gigienik normaga o’g’ri keladi. 
Suvda xlorning shimilishiga suvning harorati, suvdagi kolloid hamda 
osilma moddalar va boshqalar ta’sir ko’rsatadi. Vodoprovod suvi tarkibida 
1—3 mg xlor bo’lishi baktyericid ta’sir ko’rsatadi. Xlor miqdori bundan 
ortsa, suvdan xlor hidi kelib qoladi. 
Agar suvdan organik, kolloid va osilma moddalar topilsa, xlorlash 
natija byermaganini ko’rsatadi. 
Keyingi yillarda suvni xlorlashning yangi usuli ishlab chiqildi. Bunda 
elektrolit sifatida maxsus tayyorlangan natriy xlorid eritmasi, yuqori 
minyerallashgan yer osti suvi yoki dengaz suvidan foydalanish mumkin. 
Bunda gapoxlorid elektroliz yo’li bilan vodoprovod stanciyasida olinib 
suvlarni zararsizlantirish uchun ishlatiladi, iqtisodiy jihatdan tejamli usul. 
Suvni xlorlash asbob-uskunalari. 
Vodoprovod stanciyalarida suvni xlorlash uchun bir qancha ishlarni 
bajarish kerak bo’ladi. 
1. Xlorli ohakni eritish va eritma tayyorlash; 
2. Suyuq xlor saqlanadigan asbobni boshqarish
3. Xlorni dozalash va suv bilan aralashtirish. 
Xlorli ohak bilan dezinfekciya qilish uchun odatda 3 ta bak kerak 
bo’ladi. Birinchi bakda quyuq eritma tayyorlanadi, ikkinchi bakdagi 
eritmaga suv qo’shib, 2% li ishchi eritma hosil qilinadi, uchinchi bak 
dozalovchi bak hisoblanadi. 
Xlorli ohakdan vodoprovod stanciyalarida foydalanish qiyin bo’lgani 
sababli sutkasiga 3000 m
3
suv byeradigan va undan katta vodoprovod 
inshootlarida faqat suyuq xlor ishlatiladi. 
Xlor dozasini aniqlash va uni suv bilan aralashtirish uchun maxsus 
xlorator asbobi ishlatiladi. 
Xlorli ballon va xlorator apparati odatda alohida xonaga o’rnatiladi. 
Xona mustahkam va yaxshi shamollatiladigan bo’lishi zarur. 


312
Odatda xlorlash ishi suv fil’trlangandan va tindirilgandan so’ng 
boshlanadi. SHunda xlor baktyeriyalarga yaxshi ta’sir etadi. 
Fil’trlangan suv byerk hovuz — rezyervuarga tushadi, xlor bilan 
aralashib nasos bilan vodoprovod tarmoqlariga, ya’ni aholiga tarqatiladi. 
Hozirgi kunda LK-10 va LK-11 xloratorlari mavjud. Ular 0,04 dan 
120 kg gacha xlorni suv bilan aralashtirib berishi mumkin. Xloratorlar 
vakuumli bo’lib, xlorning gaz holida tushishiga yo’l qo’ymaydi. Suvni 
xlorlash 30—60 minut davomida amalga oshiriladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling