1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Suvni ozonlash. 1901 yilda Rossiyada vodoprovodchilar s’ezdi bo’lib
o’tdi. Bunda ozondan suvni zararsizlantirish maqsadida foydalanish masalasi ko’rib chiqildi. 1905-—1906 yillarda G. V. Xlopin va K.E. Dobrovol’skiylar tomonidan Neva suvlarini ozonlash bo’yicha tajriba o’tkazildi. 1911 yilda Petyerburg shahrida tarqalgan vabo epidemiyasidan so’ng ozon fil’trli vodoprovod stanciyasi qurildi. Stanciya sutkasiga 24 000 m 3 suvni fil’trlab chiqaradi. Bir yil o’tgach N.F. Gamaleya ozonli vodoprovod to’g’risida katta maqola yozdi. Ammo, arzon va keng 314 ko’lamda ishlatish mumkinligi tufayli ozon o’rniga yana xlordan foydalana boshlandi. Ozon (Oz) yoqimsiz hidli, suvda juda yaxshi eriydigan havorang gaz. 0°S li 760 mm simob ustuniga teng 1 litr suvda 980 mg ozon eriydi. Ozon o’tkir oksidlovchi modda bo’lib, baktyericid xususiyati juda yuqori. Ozon mikroblarning protoplazmasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, har qanday organik moddalar bilan reakciyaga kirishib ularni parchalaydi. Keyingi yillarda ozonga bo’lgan qiziqish rivojlangan mamlakatlarda kuchayib bormoqda. Hozir Amyerika Qo’shma SHtatlari va Franciyaning eng katta vodoprovod inshootlarida ozondan suvni zararsizlantirish maqsadlarida foydalanilmoqda. Moskva, Kiev, YAroslavl’, CHelyabinsk va boshqa shaharlarda ham ozonli vodoprovodlar mavjud. Ozon molekulasi suv tarkibida oraliq moddalarga parchalanadi – ya’ni erkin radikallar NO 2 , ON hosil qiladi. Oksigen molekulasi va erkin radikallar kuchli oksidlovchi bo’lgani uchun mikroorganizmlarga baktyericid ta’sir ko’rsatadi. Ozon faqat baktyericid xususiyatga ega bo’lib qolmay, balki suvning organoleptik xususiyatini yaxshilashga ham yordam byeradi. 1. Ozon oz vaqt ichida suvni ishonchli darajada zararsiz holatga keltiradi. 2. O’zicha suvdagi moddalar bilan aralashmaydi va hech qanday maza yoki hid byermaydi. 3. Suvni zararsizlantirishdan tashqari, uni rangsizlantiradi ham. 4. Suvni ozonlashtirishga uning rN i, tempyeraturasi va boshqa xususiyatlari xalaqit byermaydi. 315 14- rasm. Ul’trabinafsha nur bilan suvni zararsizlantiruvchi moslama. A - kesilgan holatda ko’rinishi. 1 - ko’rish darchasi; 2 - moslamaning tashqi ko’rinishi; 3 - to’siqlar; 4 - bosimli nay truba; 5 - simob-kvarc lampa; 6 - kvarc g’ilof. B — suvning yo’nalishi. 5. Ozonni vodoprovod inshootlarining o’zida ishlab chiqish mumkin. Sanoat korxonalarida ozonni maxsus asboblar — ozonatorlar yordamida olish mumkin. Ozonatorlar bir-biridan 2—3 mmli havo qavati bilan ajralib turuvchi ikki elektrodli asbob. Elektrodlardan biri 10000 va undan yuqori vol’tli o’zgaruvchan elektr tokiga ulanadi, ikkinchisi esa yerga ulanadi. Elektrodlardan uchqun chiqmasligi uchun dielektrik maxsus oynadan tayyorlangan plastinka elektrsizlashtirish bo’shlig’iga qo’yiladi. Ozon olish uchun havo nihoyatda quruq bo’lishi kerak, absolyut namligi 0,05 mg/litr bo’ladi. SHunda ozon havo-ozon aralashmasi tarkibidagi og’irlikning 1%ini tashkil qiladi. Havo namligining ortishi ozonning etarli miqdorda olinishiga halaqit qiladi. 316 Ozonlash samarasini bilish uchun vodoprovod suvidagi qoldiq ozon hisoblanadi. Suv bilan ozonni aralashtiruvchi kamyeradan chiqayotgan suvda qoldiq ozon miqdori bir litr suvda 0,1 0,3 mg ga teng. Ozonning afzalligi shundaki, u suvda hech qanday birikma hosil qilmaydi, suvning organoleptik xususiyatlarini yaxshilaydi. Lyamb- liya dizentyeriya amyobasini nobud qiladi. Ozonlash usulining kamchiligi shuki, bunda elektr quvvati sarflanadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling