1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammonizaciya
Qayta xlorlash — xlor zararsizlantirilmoqchi bo’lgan suvga tin-
dirishdan oldin qo’shiladi, qayta xlorlashda fil’trdan o’tgandan so’ng qo’shiladi. Xlorni tindirishdan ilgari qo’shilganda suvga koagulyantlar kamroq qo’shiladi. Bu koagulyaciya jarayonini engillashtirib baktyeriyalarning o’sishini to’xtatadi, qayta xlorlash samara byeradi. Ammonizaciya — keyingi vaqtlarda zararsizlantirilmoqchi bo’lgan suvga oldin ammiak va bir qancha sekunddan so’ng xlor qo’shiladi. Natijada suv tarkibida ammiak va xlor birikmalari o’zaro birikib mono- dixloraminlarni paydo qiladi (NN 2 Cl va NHCl 2 ). Keyinchalik baktyeriyalarga xlor emas balki xloramin baktyericid ta’sir ko’rsatadi. Bu usulning afzalligi shundaki, xloraminning baktyericid ta’siri xlorga nisbatan ancha uzoq, bu suvning yoqimsiz hidi va mazasini yo’qotadi, Ayniqsa suv tarkibida fedol va neft’ bo’lganda bu usulning ahamiyati katta. Suvning organoleptik xususiyati o’zgarishi oldini olish suvga xlor va ammiak qo’shish bilan amalga oshiriladi. Suvni ammonizaciyalayotgan vaqtda xloraminning ta’siri darhol sezilmaydi. Ammonizaciya qilishdan oldin xlor va ammiak nisbati laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi. Odatda suvga ammiak va xlor 1:4, 1:6 yoki 1:8 nisbatda qo’shiladi. Ammonizaciya apparati xuddi xlorlash apparatiga o’xshab ketadi. 313 SUVNI KO’P MIQDORDAGI XLOR BILAN XLORLASH Bu usulda suv ko’p miqdordaga xlor bilan zararsizlantiriladi. Bunda 1 litr suvga 5—10 mg xlor qo’shiladi, qoldiq xlor miqdori esa 1—5 mg ga teng bo’ladi. Bu usuldan suvda baktyeriyalar soni ko’p bo’lganda, suvni nazorat qilish qiyin bo’lganda foydalaniladi. Suv ko’p miqdordagi xlor bilan zararsizlantirilganda baktyeriyalardan yaxshi tozalanadi, ammo bunday suvni darrov ichib bo’lmaydi. SHu sababli suvni yuqori dozada xlorlashga ruxsat etilmaydi. Toshkentdagi Qibray vodoprovod inshootida yoz oylari boshlanishi bilan suvga solinadigan xlor dozasi birmuncha oshiriladi, ammo suvdagi qoldiq xlor 0,6—0,7 mg dan oshmaydi. Xlor ikki oksiddan ham dezinfekciya maqsadida foydalanish mumkin. Suvni vodoprovod stanciyasida xlorlashning bir qancha qiyin tomonlari bor. Xlor o’ta zaharli bo’lgani uchun uni saqlash va bir joydan ikkinchi joyga olib borish ancha murakkab. Xlorni saqlashda, transportirovka qilishda, u bilan ishlaganda mehnat xavfsizliga qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Ishchilar shaxsiy kiyim-kechak, respirator, protivogaz va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi zarur. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling