1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
ATMOSFERA HAVOSINING TABIIY TOZALANISHI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
ATMOSFERA HAVOSINING TABIIY TOZALANISHI
Insoniyatni, shu jumladan butun jonivorlarni o’z bag’riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko’payib ketmasa tabiiy jarayonlar ta’sirida zaharli omillar o’z-o’zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solingan go’ng 3—6 oy mobaynida baktyeriyalar, fizik ta’sirlar yordamida organik holatdan noorganik holatga o’tadi. Natijada infekciyalar qirilib, go’ng zararsiz bo’lib qoladi. SHuningdek, atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug’simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo’lsa, ular vaqt o’tishi bilan o’z-o’zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o’tib qoladi. Atmosfera havosining o’z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog’ingarchilik asosiy o’rin 336 tutadi. Havo tarkibida mavjud bo’lgan zararli omillar qor va yomg’ir ta’sirida yuviladi. YOg’ingarchilik qanchalik ko’p bo’lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolavyersa o’simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o’ziga singdirib oladi. Jumladan, havo tarkibidagi SO 2 gazini o’simliklar o’ziga singdirib, to’qimalarida sul’fat tuzlari ko’rinishida to’playdi. Daraxt barglari havosidan SO 2 gazini fotosintez reakciyalari vositasida o’ziga olib, havoga toza holdagi oksigenni chiqaradi. Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham katta. Okean, dengiz suvlari, ayniqsa ekvator zonalaridagi suvlar nasosga o’xshab havodagi zararli moddalarni o’ziga tortadi va havoni tozalashga yordam byeradi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, Angar, Volga, Enisey va boshqa daryolar ham havodagi sul’fit angidridni, azot oksidini o’ziga singdirib, havoning tozalanishiga yordam byeradi. SHuni aytish kerakki, atmosferadagi zararli moddalar hamda gazlarning kamayishida faol qatnashgan yog’in suvlari ma’lum darajada suv havzalarini ifloslantirishi mumkin. YOg’ingarchilik atmosfera havosining tozalanishiga birmuncha ta’sir qiladi. Masalan, 20 mm yomg’ir 9,8 g qurumning cho’kishiga yordam byeradi, 40 mm yomgar esa 16,9 g qurumni cho’ktiradi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling