1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Benzin yoki solyarka bilan ishlaydigan ichki yonish dvigatellari mo’risidan
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Benzin yoki solyarka bilan ishlaydigan ichki yonish dvigatellari mo’risidan
chiqadigan zaharli gazlar (1000 litrga kg hisobida) CHiqindi gazlar tarkibi YOqilgi turlari benzin solyarka Is gazi Uglevodorodlar Azot oksidi Al’degidlar Benzpiren Sul’fit angidrid Organik kislogalar Kattiq zarralar Qo’rg’oshin 274 24 13,5 0,5 7,2 • 10 -4 1,1 0,5 1,4 0,4 7,4 16,4 26,4 1,2 10,5 • 10 -4 4,8 3,7 13,2 __ Atmosfera havosining ifloslanishi, avtomobil transporti dud- buronlaridan chiqadigan gazlar tarkibiga, transport harakati tezligiga, ko’chalarning katta-kichikligiga, turar joylarning topografik holatiga bog’liq bo’ladi. 324 Avtomobil transportidan chiqadigan ba’zi zaharli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarshlarga uchraydi. Jumladan, azot qo’sh oksidi parchalanib azot oksidiga aylanadi, natijada atom holidagi oksigen hosil bo’ladi. Al’degid va ketonlar esa erkin radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko’rinishdagi reakciyalar navbatdagi ikkinchi reakciyalar kelib chiqishiga yordam byeradi, oqibatda o’ta zaharli smog hosil bo’ladi. Fotokimyoviy reakciyalarning kelib chiqish mexanizmi quyidagilardan iborat: quyoshning ul’trabinafsha nuri ta’sirida uglevodorodlar va fotooksidantlar bilan ifloslangan atmosfera havosida murakkab fotokimyoviy reakciyalar boradi, bu reakciyalar natijasida yangi zaharli hamda qitiqlovchi mahsulotlar paydo bo’ladi. Bunga ozon, azot ikki oksidi, pyeroksiacilnitratlar, al’degidlar, erkin radikallar va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Zaharli moddalar ko’z shilliq qavati, tomoqni ta’sirlab, uning yallig’lanishiga sababchi bo’ladi, u o’simliklarni quritadi. 1923 yildan boshlab AQSH da benzin ta’sirini kamaytirish maqsadida unga tetraetilqo’rg’oshin birikmasi qo’shiladigan bo’ldi. Amyerikada bir yilda benzinga qo’shiladigan qo’rg’oshin birikmasi miqdori 262 ming tonnaga etdi. Bunday avtomobil’ va boshqa agregatlardan atmosferaga tushadigan qo’rg’oshin miqdori 181 ming tonnani tashkil qiladi. Demak, atrof muhit qo’rg’oshin bilan ham ifloslanmoqda. Ichki yonish dvigatellaridan ajralib chiqadigan qo’rg’oshin birikmasi 1 m 3 havoda 1—2 mg dan 4—5 mg gacha bo’ladi. Bunda motorlarning ishlashiga qarab havoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi. Qishloqlardagi turar-joy havosida 0,1 dan 0,5 mkg gacha qo’rg’oshin bo’lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg gacha bo’ladi. Yirik shaharlar atrofidagi 1 m 3 havo tarkibida 14—38 mkg qo’rg’oshin borligi aniqlangan. Grenlandiya muzliklarida mavjud bo’lgan qo’rg’oshin miqdori VIII asrdagiga nisbatan 400 marta ortib ketgan. Ayniqsa, sanoat markazlari 325 chiqindisi nafaqat atmosfera havosini, balki tuproqni ham ifloslantiruvchi omil bo’lib qoldi. Ifloslik tuproq mag’zidan o’simlik tarkibiga o’tib uni zararlaydi. Natijada u hayvon va odam organizmiga o’tib, unga ta’sir qiladi. YU.G. Fel’dman va N.YA. YAnishevalarning aytishicha, atmosfera havosining kancyerogen moddalar bilan ifloslanishiga nafaqat sanoat korxonalari chiqindilari, balki avtotransport vositalari ham sababchi bo’lar ekan. SHahar havosidagi benzpiren 3,4 miqdori 0,5 mkg ga to’g’ri kelsa, katta shaharlarda 1,7 mkg ga etadi. Bu ko’rsatkichlar 300 dan 2000—-3000 gacha bo’lgan avtotransport vositalarining 1 soat davomida qilgan harakati bo’lib, ular sonining ortishi tashqi muhitga ajralib chiqadigan kancyerogen moddadar miqdori ortishiga sabab bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, ta’sirchan va zaharli hisoblanuvchi qo’rg’oshin va kancyerogen moddalar orasida qandaydir uzviy bog’lanish bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: inson Havo tuproq o’smilik hayvon odamlar Kancyerogen omillar kimyoviy moddalarning kuydirilishi va yuqori haroratda yonishi natijasida hosil bo’ladi. Demak, kimyoviy moddalar qayerda yonishidan qat’i nazar kancyerogen moddalar paydo qilar ekan. AQSH da atmosfera havosining ifloslanishiga 40% holda avtomobil’ transporti sababchi bo’lar ekan. Jumladan, Los-Anjeles shahridagi mavjud 3 mln avtomobil’ har yili o’zidan 3 mln tonnaga yaqin zaharli gaz chiqaradi. Hisoblarga qaraganda, bir avtomobil’ o’rtacha 4 tonna oksigenni o’ziga olib, tashqi muhitga 600 kg is gazi, 40 kg azot oksidi va 200 kg atrofida turli zaharli moddalar, jumladan uglevodorodlar chiqaradi. Hozir butun jahonda 400 milliondan ortiq avtomobil borli-gini 326 hisobga oladigan bo’lsak, atmosfera havosiga chiqadigan zaharli omillar miqdori salmoqli ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Avtotransport vositalari atmosfera havosini azot oksidi bilan 47,5 foiz, uglevodorodlar bilan 42 foiz zararlantiradi. Havoga chiqariladigan 100 mln tonnaga yaqin is gazining 73,5 mln tonnasi yoki 78% i avtomobil transportiga to’g’ri keladi. SHunday qilib, hozirgi davrda atmosfera havosini ifloslanti-ruvchi vositalarga sanoat korxonalari va uning turli tarmoqlari, avtomobil’ va boshqa transport vositalari, qishloq xo’jaligiga te-gishli vositalar, keng ko’lamda ishlatiladigan zaharli kimyoviy moddalar misol bo’lishi mumkin. Bularning barchasi insonning antropogen faoliyatidan kelib chiqayotgan muammolar hisoblanadi. YUqorida zikr qilingan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, sanitariya- gigiena muassasalari xodimlari, me’morchilar oldida juda katta vazifalar turadi, u ham bo’lsa atmosfera havosini turli zaharli chiqindilardan muhofaza qilish muammosidir. Atmosfera havosi qancha musaffo bo’lsa, odam o’zini shuncha engil his etadi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling