1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Zaharli tumanlarning aholi salomatligiga ta’siri
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
Zaharli tumanlarning aholi salomatligiga ta’siri
SHaharlar Yili O’lganlar soni Zaharlanganlar soni 1 2 3 4 Maos (Bel’giya) Donor (AQSH) London (Angliya) —«— —«— —«— —«— —«— —«— N’yu-York (AQSH) —«— —«— —«— 1930 yil dekabr’ 1948 yil oktyabr’ 1952 yil dekabr’ 1955 yil yanvar’ 1956 yil yanvar’ 1956 yil dekabr’ 1957 yil dekabr’ 1959 yil yanvar’ 1962 yil dekabr’ 1953 yil noyabr’ 1962 yil noyabr’ 1962 yil dekabr’ 1966 yil noyabr’ 63 20 3900 240 1000 400 800 200 850 O’lim barcha yoshdagi kishi- larda kuzatil- gan Faqat katta yoshdagilar orasida o’lim sodir bo’lgan —«— —«— Bir necha yuz kishi Aholining 43% i o’lgan, shundan 10% i og’ir zaharlangan Juda ko’p kishi Kuzatilgan —«— —«— —«— —«— —«— —«— —«— 1 2 3 4 Detroyt (AQSH) Osoka (YAponiya) Rottyerdam (Nidyer- landiya) 1952 yil sentyabr’ 1962 yil dekabr’ 1953 yil fevral’ Bolalar o’limi ko’proq kuzatilgan 60 kishi Xabar byerilmagan —«— —«— 334 SHuni aytish kerakki, zaharli tumanlar odatda havo tarkibidagi sul’fid angidrid tuman, namlik, tutun va boshqa ta’sirchan moddalar birlashishidan hosil bo’ladi. Bunda meteorologik omil hisoblangan namlik, shamol tezligi, joylarning iqlim sharoiti katta rol’ o’ynaydi. Zaharli tumanlardan odamlar asosan o’pkada O 2 gazi ko’payishi sababli zaharlanadi. Zaharli tumanlar asosan o’pka, yurak va nyerv sistemasiga kuchli ta’sir qiladi. Zaharli moddalar turli o’ziga xos kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, ftordan flyuoroz kasalligi, ko’mirdan silikoz, pnevmokokkoz, ontrakoz kabi o’pka kasalliklari, simobdan minamata kasalligi va boshqalar kelib chiqishi mumkin. Havoning ifloslanishini aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish uchun avvalo kuzatish rayonlarini aniqlash kerak. Uchta rayonni tekshirish tajriba uchun etarli bo’ladi. 1. Mazkur rayon havosi shunchalik darajada ifloslanganki, havo tarkibidagi zararli modda ruxsat etiladigan normadan ko’p bo’ladi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, zararli moddalar miqdori ruxsat etiladigan normadan (REN) 5 marta oshsa, umumiy kasalliklar miqdorining oshishi va ularning tarqalishi kuzatiladi. Mabodo RENdan 2—3 marta oshsa — organizmda ba’zi funkcional, fiziologik o’zgarishlar paydo bo’lishidan dalolat byeradi. 2. Birinchi kontrol’ rayon. Bu rayonda atmosfera havosidagi zararli moddalar REN da yoki unga yaqin bo’ladi. Aholi o’rtasida umumiy kasalliklar soni o’rganilganda zararli moddalarning aholi salomatligiga asorat byermasligi ma’lum bo’ladi. 3. Ikkinchi kontrol’ rayon. Bu rayonda atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalar REN dan ancha kam. Sanoat korxonalari iflos chiqindilari oqibatida kelib chiqadigan qasalliklar umuman kuzatilmaydi. Bunday rayonlarni tanlashda sanitariya xodimlari quyidagi ma’- lumotlarni to’playdilar. 335 1. Havoning ifloslanish darajasi. 2. Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi. 3. Ijtimoiy-gigienik va boshqa matyeriallar. 4. Davolash-profilaktika muassasalarining soni va ularning faoliyatini aniqlash. 5. Poliklinikaga qilingan murojaatga asoslanib aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish. Ahrli o’rtasida tarqalgan kasalliklar sonini aniqlash. Kichik aholi turar joylari nazoratga olinganda aholining barcha qismini kuzatish zarur, biroq ularning soni 25—30 mingdan kam bo’lmasligi kerak. Kuzatish natijasida olinadigan dalillar aniq bo’lmog’i, atmosfera havosining ifloslanishi va kasalliklar orasida to’la-to’kis bog’lanishlar bo’lishi isbotlanishi lozim. Bu borada aniq dalillar olish uchun bog’cha va maktab yoshidagi bolalar guruhini tanlash va ularni kuzatish yaxshi natija byeradi. Olimlar bir xil kasbda ishlovchi, ammo turli rayonlarda yashovchi ishchilar guruhini tekshirib quyidagilarga ahamiyat berdilar. Ishchilar tibbiy ko’rikdan o’tkazilganda havosi turli darajada ifloslangan joyda yashovchilarning ko’pchiligida kasallik belgilari topilgan. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling