1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Suvni ul’trabinafsha nurlar bilan dezinfekciya qilish
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- VODOPROVOD TARMOQLARI
Suvni ul’trabinafsha nurlar bilan dezinfekciya qilish suvni
baktyeriyalardan ozod qilishning yana bir usuli hisoblanadi. Ul’trabinafsha nurlar mikroorganizmlarga baktyericid ta’sir qiladi. Bunda mikroorganizmlardagi hujayra protoplazmasining parchalanishi mikrob hujayrasida modda almashinishi jarayonlari buzilishiga olib keladi. Bunda ul’trabinafsha nurlarning ta’sir qiluvchi faol to’lqin uzunligi 205—200 nm ga teng bo’ladi. Bu usul bilan suvni juda tez zararsiz holatga keltirish mum- kin. Bu usulning kamchiligi suvning zararsizlanganini aniqlash qiyinligi hisoblanadi. Bu usul texnik asbob-uskunalardan nihoyatda ustalik bilan foydalanishni talab qiladi. Nurlanish normasi va vaqtini bilish uchun har kuni baktyeriologik nazorat uyushtirish zarur bo’ladi. Suv nihoyatda tiniq va kolloid moddalardan holi bo’lgandagana maqsadga erishish mumkin. SHuning uchun ul’trabinafsha nurlar bilan faqatgana yer osti suv havzalaridan olinadigan suvni zararsizlantirish mumkin. Simob-kvarc yoki simob-argon lampalari yordamida suvni zararsiz holatga keltirish. Ul’trabinafsha nur chiqaruvchi manba maxsus qurilmaga joylashtirilib, undan chiqayotgan nur oqimi zararsizlantiriluvchi suvning hamma hajmiga yo’naltiriladi. Ul’trabinafsha nurlar kuchini suvning loyqaligi, rangi uning tarkibidagi tuz va boshqalar qirqishi mumkin, shuning uchun ul’trabinafsha 317 nur chiqaruvchi qurilmalar hisob-kitob bilan o’rnatilishi kerak. Simob- kvarcli lampalardan foydalanish muddati 5000 soatga, boshqalariniki esa 3000 soatga teng. Vodoprovod suvlarini zararsizlantirish uchun ul’tratovush, gamma nurlaridan ham foydalanish mumkin, bular ham baktyericid ta’sir ko’rsatadi. VODOPROVOD TARMOQLARI Aholini vodoprovod suvi bilan ta’minlashda eng ahamiyatli joylardan biri vodoprovod tarmoqlaridir. Bu tarmoqlar turli diametrdagi trubalardan, suv bosimli minoralardan, suv rezyervuarlaridan, nasos stanciyalaridan, ko’chalarga o’rnatilgan kolonkalardan, suv quvurlaridan iboratdir. Bu tarmoqlarning yaxshi ishlashi, suvning ifloslanmasligi, xonadonlarni doimo suv bilan ta’minlanib turishi, suv sifatining standart talabiga javob berishi aholini sihat-salomatligini saqlashda eng muhim ahamiyatga ega. Vodoprovod tarmoqlari o’zining joylashishiga ko’ra aylanma, tarmoqli yoki boshi byerk bo’lishi mumkin. Gigienik nuqtai nazardan aylanma vodoprovod tarmoqlari ahamiyatlidir. CHunki aylanma vodoprovod tarmoqlari suv bilan hamma ob’yektlarni to’xtovsiz 318 15- rasm. Vodoprovod tarmoqlarining tasviri. A — byerk tasvir; B — aylanma tasvir. a) nasos stanciyasi; b) suv tashuvchi quvur; v) suv bosimli minora; g) turar joy kvartallari; d) suv tarqatuvchi tarmoq. ta’minlab turadi. Gigiena tomonidan eng noqulayi boshi byerk vodoprovod tarmoqlaridir, unda suv turib qoladi, cho’kmalar paydo bo’ladi. Bu mikroblarning o’sishiga yaxshi sharoit yaratadi. Natijada suvning organoleptik xossalari buziladi. Umuman, vodoprovod tarmoqlari uchun ishlatilayotgan trubalar mustahkam bo’lmog’i, suv o’tkazmaydigan, ichki tomoni silliq, zanglamaydigan bo’lishi zarur. Vodoprovod trubalari temir, po’lat, asbocement, temir-betondan ishlangan bo’ladi. Keyingi yillarda vodoprovodlar uchun polimyer- plastmassa matyeriallardan ishlangan trubalar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Albatta, har bir yangi matyerial oldin gigienik tekshiruvdan 319 o’tkazilib, so’ngra foydalanishga tavsiya qilinmog’i zarur. Har bir truba suvning organoleptik sifatiga, uning tarkibiy qismiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lishi talab qilinadi. Vodoprovod trubalari iqlim sharoitiga qarab har xil chuqurlikka ko’miladi — ya’ni 1,5 metrdan 3,5 metrgacha, O’rta Osiyo regionida esa vodoprovod trubalari 70—100 sm chuqurlik atrofida yotqiziladi. Vodoprovod trubalari yotqizilgan yer grunt suvlari, har qanday iflosliklardan holi bo’lishi kerak. Vodoprovod va ka- nalizaciya trubalari parallel’ holatda yotqiziladigan bo’lsa, ular orasidagi masofa 1,5—3 metr bo’lishi mumkin. Ammo, kanalizaciya trubalari vodoprovod trubalariga nisbatan ancha chuqurroqda yotqizilishi kerak. Vodoprovod trubalari yotqizilib, gidravlik bosimi tekshirilib bo’lingandan so’ng, truboprovodlar tozalanib yuviladi va sinchkovlik bilan dezinfekciya qilinadi. Dezinfekciya xlor ushlovchi preparatlar bilan o’tkaziladi. Vodoprovod inshooti ishga tushirilishidan oldin yaxshilab tekshiriladi, bir necha marotaba yuviladi, yuvindi suvlar umumiy kanalizaciyaga tushiriladi. Vodoprovod trubalarini yuvish va dezinfekciya qilish sanitariya epidemiologiya stanciyasi xodimlari nazorati ostida olib boriladi. Baktyeriyalar yo’qolganda dezinfekciya ishlari tugagan hisoblanadi. Ko’pincha xlorli ohak yoki suyuq xlor ishlatiladi. Faol xlorning 1 litr suvdagi miqdori kamida 75—100 mg bo’lsa, suv bilan aralashish vaqti 5—6 soatga teng. Umuman, vodoprovod inshootlari uchun ishlatiladigan trubalar tozaligani saqlash, ularni omborlarda ehtiyot qilish maqsadga muvofiq. Katta diametrli trubalar vodoprovod o’ralari tepasiga keltirilgach ikki tomonidan byerkitilishi kerak, bu trubalarni ifloslanishdan saqlaydi. Rezyervuarlarni suvga to’latishdan oldin juda yaxshilab tekshirish kerak. Ayniqsa fil’trlash uchun keltirilgan qumlar to’g’ri saqlanishi, to’g’ri 320 tanlanishi, fil’trxonalarga joylashtirmasdan oldin sortlarga ajratilishi lozim. Vodoprovod tarmoqlarining hammasi xlorlab bo’linganidan so’ng vodoprovod sistemasi yoki uning ayrim uchastkalari suv bilan yuviladi. Suvdagi qoldiq xlor miqdori 0,3—0,5 mg litrga etguncha yuvish davom etiriladi, so’ngra sanepidstanciya xodimlari ruxsati bilan vodoprovod sistemasi ishga tushiriladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling