1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SUVDAN TEMIR ELEMENTINI CHIQARIB TASHLASH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUVNI FTORLASH
SUVDAN TEMIR ELEMENTINI CHIQARIB TASHLASH
Suv tarkibida temir elementi 0,3 mg dan ortib ketsa, uni normaga keltirish kerak bo’ladi. Buning uchun suv tindirilgach fil’trdan o’tkaziladi 303 yoki oldin aeraciyalanib so’ngra bir yoki ikki pog’onali fil’trlash yo’li bilan tozalanadi. Reagent usuli aeraciya usuli bilan birga olib boriladi. Masalan, avval oksidlantiruvchi moddalar yoki ohak ishlatilib so’ngra yupqa qavatli fil’trdan o’tkazilganda suv temirsizlanishi mumkin. Temirsizlantirish usulini taylash suv tarkibidagi temir miqdoriga bog’liq. Bu tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Reagent ishlatmasdan temirsizlantirganda suv avval shamollatiladi, shunda suvdagi karbonat angidrid, vodorod sul’fid uchib ketadi, uning rN i ortadi. Suv oksigen bilan to’yinadi, natijada temir gidrooksid hosil bo’ladi, u suvni tindirish yoki fil’trlash orqali ushlab qolinadi. Ochiq suv havzalari suvi tarkibida ortiqcha temir reagent usuli bilan temirsizlantiriladi, ya’ni suvga alyumin sul’fat, ohak va xlor qo’shiladi. Davlat standarti bo’yicha temirning suvdagi miqdori 0,3 mg ga teng bo’lishi kerak. SUVNI FTORLASH Bolalar o’rtasida tez-tez uchrab turadigan karies kasalligiga ftor etishmasligi sabab bo’ladi. 1969 yilda o’tkazilgan XXII Butundunyo sog’liqni saqlash Assambleyasida suvni ftorlash kariesni oldini olishdagi birdan-bir vosita ekanligi uqdirib o’tildi. Keyingi yillarda turli regaonlarda karies kasalligining paydo bo’lishi bilan suv tarkibidagi ftor-ion koncentraciyasi o’rtasida qandaydir bog’lanish borligi aniqlandi. Karies rivojlanishiga ba’zan iqlim, ovqatlanish ham katta ta’sir etadi. SHuning uchun ham ftor normasini hamma regionlarga bir xilda belgilab bo’lmaydi. 28-74-82 «Ichimlik suv» Davlat standarti talabi bo’yicha ftorning suvdagi miqdori har bir region uchun 0,7—1,5 mg deb belgilanadi. Suvni ftorlash uchun ftor reagentiga ma’lum talab qo’yiladi: ftor 304 kariesni keltirib chiqarmasligi, uning tarkibida margamush, og’ir metall tuzlari bo’lmasligi, u suvda yaxshi erishi zarur. Suvni ftorlash uchun natriy ftor, kremniy ftor kislota va uning natriyli tuzi, ftor va biftor ammoniy birikmalari ishlatiladi. Odatda, ftor suv fil’trlangandan so’ng qo’shiladi, chunki ftor koagulyantlar bilan kimyoviy birikma hosil qilib, uning cho’kishiga sabab bo’lishi mumkin. Sanitariya muassasalari tomonidan kundalik sanitariya nazorati olib borilganda ftorning suvdagi miqdori tekshirib turiladi. Ftor bilan ishlaganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Ftorlashning ahamiyatini bilish uchun 10 yil davomida ikki-uchta maktabda har yili tibbiy tekshiruv o’tkazib turiladi va karies bilan og’rigan bolalar hisobga olinadi. Agar bolalar o’rtasida flyuoroz kasalligi tarqalmasa, suvni ftorlash davom ettiriladi. Agar bolalar o’rtasida karies kamayib, flyuoroz kasalligining birinchi darajasi 10% ga etsa yoki flyuorozning ikkinchi darajasi boshlangan bo’lsa, ftor miqdorini kamaytirish zarur bo’ladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling