1. Shahar atrofi uchastkasi tasnifini o‘rganish va tahlil qilish


Shahar atrofuchastkasi tasnifini o‘rganish va taxlil qilish


Download 384.79 Kb.
bet2/7
Sana02.06.2024
Hajmi384.79 Kb.
#1834585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Равшанов Pашид СТФ-3А

1. Shahar atrofuchastkasi tasnifini o‘rganish va taxlil qilish

Ishi ko‘rilayotgan A-e shahar atrofuchastkasi ikki yo‘lli bo‘lib, uzunligi 78 km. Amaliyotda to‘xtash punktlari orasidagi masofa 2-3 kilometr deb qabul qilinadi. A-e shahar atrof uchastkasining sxemasi to‘xtash punktlari bilan


1.1-rasmda keltirilgan.



1.1-rasm. A-e shahar atrof uchastkasining sxemasi
A-e uchastkasi shahar atrof poyezdlarni o‘tkazish uchun foydalaniladi. Shahar atrof poyezdlarining harakat miqdori hisoblangan bo‘lib ular 33 juft poyezdni tashkil etadi. A-e shahar atrof uchastkasida 6 ta oraliq stansiyalari va 33 ta to‘xtash punktlari mavjud. Uchastka 3 belgili avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, strelka va signallarni boshqarish elektr markazlashtirilgan. Yo‘nalishda elektr tortuvturi qo‘llaniladi. Yo‘lovchilarni tashish harakatida shahar atrofi uchun CR (topshiriqning 7-bandi) elektropoyezdidan foydalaniladi.
Ushbu elektropoyezdning texnik tavsifi jadvalda keltirilgan.

Tasnifi

CR

Tarkibi

3(П+М+П)

Poyezd uzunligi

 178,5

Joylar soni

 963/1425

Poyezdning brutto og‘irligi

517

Konstruksion tezlik, km/soat

185



Izoh: M – motor vagon; P – ulanmavagon. Joylar soni: suratda – o‘tiribketish o‘rinlari; maxrajda – turib ketish hisobi bilan joylar soni.

Shahar atrof uchastkalaridagi peregonlar bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining zichligi topshiriqda berilgan quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha qabul qilinadi: maksimal tashish oyi uchun o‘rtacha sutkalik yo‘lovchilar oqimi hamda yo‘lovchilar oqimini uchastka bo‘yicha sutkalik yo‘lovchilar oqimidan foiz hisobidagi taqsimoti.


Masalan, shahar atrof aloqasidagi A stansiyasidan ish kunlari 30500 (topshiriqning 3-bandi) yo‘lovchi jo‘natilishi to‘g‘risidagi sutkalik yo‘lovchilar oqimi berilgan. Uchastka bo‘yicha shahar atrof yo‘lovchilar oqimini taqsimlash yo‘lovchilar oqimining tushib borishi diagrammasi bo‘yicha belgilanadi
(1.2-rasm).




Download 384.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling