108
zo‘r tazyiq ko‘rsatmoqda. Bularning barchasi kombinatsiya qilish
uchun asos bo‘ladi. Vaziyatni tahlil qilaylik. Agar oq farzin g3
xonasidan
kisht bersa, qora shohning ahvoli yanada og‘irlashadi.
Lekin bu muhim xonani qora farzin qo‘riqlamoqda. Demak,
farzinni chalg‘itish kerak. Bu quyidagi
kombinatsiyani boshlash
imkonini beradi.
1. Rd1–d7 ! …
Agar rux olinmasa, “tegirmon” usuli ishga tushadi.
(1. Fzs7–b8 2. Rd7–g7+ SHg8–h8 3. Rg7–g5+ Rf8–f6 4. Ff6 x)
1.
… Fzs7 : d7
Oqlar sipohni qurbon qilib, qora farzinni chalg‘itishdi.
Endi kisht berish mumkin.
2.
Fzf2
–g3 + SHg8–f7
3.
Fzg3–g7 x
Kombinatsiyalar bo‘yicha topshiriqlar
Siz shaxmatning sehrli olami bilan oshno bo‘ldingiz.
Lekin
yuqori
natijalarga erishish, shaxmatni chuqurroq o‘rganish uchun
hali ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Zero, izlanish va tinimsiz
mehnat insonni ko‘zlagan maqsadi sari yetaklaydi.
Endi aqlingizni quyidagi topshiriqlarda sinab ko‘ring. 42-48-
rasmlar. Ushbu o‘nta masalada chiroyli kombinatsiyalar yashirin.
Ularning yechimini mustaqil topishga harakat qiling.
Barcha
vaziyatlarda oqlar boshlaydi va g‘alaba qozonadi.
42- rasm