1. шахмат pra indd
Kombinatsiya va ularning yuzaga kelishi
Download 41.93 Kb. Pdf ko'rish
|
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)
2.8. Kombinatsiya va ularning yuzaga kelishi
Avvalo, shaxmat kombinatsiyasi va u nimaligini yaxshi tushunib olish kerak. Lekin kombinatsiyani sodda bir narsa yoki atama deb tushunish noto‘g‘ri. Shaxmat kombinatsiyasi haqida shaxmat nazariyotchilari juda ko‘p fikr va g‘oyalarini aytganlar. Keyingi yillarda shaxmat adabiyotlari va jurnallarida ham kombinatsiya to‘g‘risida ko‘p maqolalar bosildi. Biroq, hozirgacha shaxmat kombinatsiyasi 102 xususida yagona bir fikrga kelingani yo‘q. Shaxmat kombinatsiyasini to‘g‘ri tushunish va “hazm qilish” uchun amaliy o‘yinlarda uchraydigan bir necha misollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Donalarni qurbon qilish bilan bog‘liq majburiy yurish yoki yurishlar – kombinatsiya deb ataladi. Majburiy yurish yoki to‘g‘ri kombinatsiya shaxmatchining miyasida paydo bo‘ladi. Ammo ularning taxtada amalga oshirilishi u yoki bu shaxmatchi tomonidan o‘ylab topilmay, balki taxtada vujudga kelgan vaziyat xususiyatiga bog‘liqdir. Majburiy yurish yoki kombinatsiya qilish mumkinligidan darak beruvchi xususiyat – imkon (motiv) deb ataladi. Motivlar shaxmatchining asosiy e’tibori nimaga qaratilishi lozimligini “aytib beradi”. Ba’zan motivlar o‘zining salmoqsizligi tufayli majburiy yurish yoki kombinatsiya qilish uchun yetarli bo‘lmaydi, boshqa hollarda ular salmoqli bo‘ladi va asosiy zarbani qaysi tomonga yo‘naltirishni ko‘rsatib beradi. Shaxmatchi ustunlik beruvchi aniq yo‘lni topishi kerak. Bu yo‘l qurbon berish bilan boshlanadigan har qanday kombinatsiyalarda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Qurbon berish yordamida ma’lum bir maqsad amalga oshiriladi. Ana shu maqsad – kombinatsiyaning g‘oyasi deyiladi. O‘ynovchi kombinatsiya qilganda muhim kamchiliklardan tashqari ko‘zga “ilinmaydigan” kamchiliklardan ham foydalanishi kerak. Kombinatsiyaning ikkinchi bosqichida qurbon berish yo‘li bilan yangidan yaratilgan motivlar amalga oshiriladi. Yangi motivlarni amalga oshiruvchi so‘nggi yurish – yakunlovchi zarba deyiladi. Kombinatsiyani shaxmat taxtasida ro‘y beradigan o‘ziga 103 xos “portlash” desa bo‘ladi. Portlash paytida odatdagi hisob va tushunchalar o‘z ahamiyatini birmuncha yo‘qotadi. Kombinatsiya tugagandan keyingina odatdagi hisob va taxminlar o‘z kuchiga kiradi. Download 41.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling