1. Shaxs tushunchalarining ijtimoiy psixologik mohiyati


Agressiya haqida tushuncha


Download 217.37 Kb.
bet3/26
Sana24.04.2023
Hajmi217.37 Kb.
#1395014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ijtimoiy psixologiya.28.06.2022

3 .Agressiya haqida tushuncha
Shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu agressiyadir. Inson agressiyasini o’rganish, darhaqiqat, serqirra mavzu bo’lib, ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlaming diqqatini hozirgacha o’ziga tortib keladi. Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo’vavonlik yoki raqibni yengi—h uchun qo'llaniladigan vosita sifatida tavsiflanadi. Agressiya - kishilar o‘rtasidagi turli kel-shmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har qanday xulq-atvor modellaridan bin bo‘lib, u shunday atamaki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlami, balki sotsioiog, huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodimlarining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tusbunchasining o'ziga izoh berish qator qiyinchiliklami tug'diradi, chunki bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab oladi. Odamlar biron bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni “...boshqalami haqorat qiluvchi, badfe’l, barcha narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan inson”, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan berilgan bunday ta’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini biHsh uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim. Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday fel-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra, insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq atvorida agressiya sodir boiadi. Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtai nazarlar ichida eng mashhuri U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlaming “inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud boiadi” degan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr- mulohazalar XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya boiib, unda agressiyaning sababi frustrasiya nazariyasi bilan bogiiq ravishda tahlil etilgan. Unga ko‘ra agressivlik frustrasiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta Dj .Dollard tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtai nazar amaliyotda o‘z tasdigini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtai nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakatlami hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvoming kelib chiqish sabablari haqidagi eng zarnonaviy nuqtai nazai bilishning kognitiv nazariyasi bilan ifodalanadi. R.Kratchfild va N.Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvoming tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra “Agressiya - kimgadir ziyon yetkazuvchi xul—atvoming har qanday ko‘rinishidir“. Ikkinchisi, odamning ichki niyatlari bilan bogiiq boiib, insonni harakatga undovchi kuchlami oiganish orqali anglash mumkin boigan holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, “Agressiya - boshqa bir insonga ziyon yetka - ishni maqsad qilib olgan har qanday xatti-harakatdir”. Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan ko'plab psixologlar agressiyani jonli olamning yashash uchun kurash bilan bogiiq uzviy xarakteristikasi deb hisoblaydilar. Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga asosan, agressiya - boshqalar uchun xavf tug‘diru~chi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fei-atvor ko'rinishidir. Bir qancha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan agressiyaning ikkinchi ma’nosi esa quyidagilami o‘z ichiga oladi: “u yoki bu harakatlar agressiya sifatida kvalifikasiyalanishi uchun ular kimnidir oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi shart emas, balki xafa qilish va xaqoratlasbni maqsad qilib qo'yish ham agressiyadir”. Va nihoyat uchinchi nuqtai nazar N.Zilman tomonidan bildirilib, unga ko‘ra agressiya - boshqalarga tan jarohati va ji-moniy jarohatlar yetkazish demakdir.



Download 217.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling