Journal of Advanced Research and Stability Volume: 02 Issue: 09


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1297384
  1   2   3


Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 09 | Sep - 2022 ISSN: 2181-2608 
www.sciencebox.uz 
134 
O„ZBEK SHEVASHUNOSLIGIDA BAG„DOD TUMANI SHEVASINING LEKSIK 
XUSUSIYATLARINI O„RGANILISHI 
Qo‘ldashev Nizomiddin Ahmadaliyevich, PhD 
Farg‗ona davlat universiteti filologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori 
Qoraboyeva Mohira Abdusalim qizi 
Farg‗ona davlat universiteti Lingvistika (o‗zbek tili) 2-bosqich magistranti 
 Annotatsiya: Ushbu maqolada Bag‘dod tumani shevasi haqida fikr bildirilib, shevalar 
tilshunoslikning ajralmas qismi sifatida o‘rganilishi, bugungi kunda o‘zbek shevashunosligiga 
oid tadqiqotlarga biroz bo‘lsa-da kamroq e’tibor berilayotganligi va Bag‘dod tumani shevasi 
hali o‘rganilmagan, shevashunoslik ilmi uchun yangi tadqiqot obyekti ekanligi haqida atroflicha 
fikr yuritilgan. Shuningdek Bag‘dod tumani shevasining leksikasiga doir ma’lumotlar oddiy xalq 
va ilm ahlidan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, shevashunos olimlarning ilmiy 
manbaalariga asoslanib yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: Dialektologiya, sheva, o‘zbek tili, adabiy til, shevalarning o‘rganilish tarixi, 
Bag‘dod shevasi. 
Kirish 
Ma‘lumki, tilshunoslikdagi dialektologiya fani shevalar va ularning fonetik, leksik, morfologik 
tadqiqi va areal xoslanishi , shuningdek, transkripsion belgilarini o‗rganadigan sohadir. Sheva 
o‗ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan milliy tilning 
kichik hududga oid qismini anglatadigan tushunchadir. 
Hozirgi kungacha o‗zbek tilshunosligi dialektologik tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‗lib, ular 
O‗zbekistondagi barcha hududlarni qamrab olgan deb bo‗lmaydi. Xususan, Farg‗ona viloyatidagi 
Bag‗dod tumani shevasi hali o‗rganilmagan hududlar sirasiga kiradi. Bu hudud shevasining 
fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini tadqiq qilib borish mobaynida shevashunoslik ilmi 
uchun yana birilmiy-amaliy tadqiqotni amalga oshirib boramiz va ajdodlarimiz tomonidan 
haligacha saqlanib kelayotgan sof milliy til unsurlarini kelajak avlod uchun bor holicha yetkazib 
berish uchun xizmat qilamiz. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling