1. Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari. Shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti hamda sub’ekti sifatida
Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari
Download 28.18 Kb.
|
1. Shaxsni kasbga yonaltirish omillari va vositalari. Shaxs i
1.Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari.
Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo’lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta‘sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so’ngra shu ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba‘zilar qisman qo’shiladi. Bushunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadita‘qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxsjamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.Shaxs - idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixolog V.N.Myasishev psixologiyada shaxssiz hodisalarni shaxs faoliyatining psixologiyasi bilan o’zgartirish lozim deb tasodifiy aytib o’tmagan. Faqatgina shartli ravishda bu jarayonlarni uning olib boruvchisi shaxsdan ajratgan holda ko’rib chiqishi lozim. Biz bilamizki har bir odam har xil ijtimoiy shaxsiy ustanovkalari ta’sirida tashqi olamni va boshqa odamlarni o’zicha idrok qiladi. Odamning u yoki bu axborotga shaxsiy munosabati uni eslab qolishi jarayoniga va esdan chiqarishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxsiy xususiyatlar, ustanovkalar, subyektiv munosabatlar insonning xulq-atvoriga, uning boshqalar bilan o’zaro munosabatiga va muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan qolmaydi. Shaxs - faol sub’ektdir. Shu bois uning eng muhim tavsiflaridan biri ham uning faolligi hisoblanadi.Faollik lotincha “actus” - harakat, “activus”- faol so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi. Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo’yilgan maqsadning anglanilganligi, unga erishish bo’yicha ish harakatlari tajribasi anglanilganligi va bog’liq ekanligi inson faoliyatining o’ziga xos belgisi bo’lishini tasdiqlaydi. Odatda faoliyatga ta’rif berilganda, birinchi galda anglanilgan maqsad bilan boshqarilishi, so’ngra psixik (ichki) va jismoniy (tashqi) faollikdan iborat ekanligi ta’kidlab o’tiladi. Lekin ushbu belgilar faoliyat ta’rifini mukammal tarzda ochib bermaydi. Ilmiy matnlar tahlilining ko’rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o’zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to’rt xil tavsifga ega bo’lgan. Download 28.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling