TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOD VA TURIZM FAKULTETI
MEHMONXONA XO’JALIGINI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISH TA’LIM YO’NALISHI
“Kasbiy psixologiya” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari
Bajardi: Shafoatov Alijon
Reja:
Kirish
1.Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari.
2. Shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti hamda sub’ekti sifatida.
3. Psixologiyada motiv va motivatsiya
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
Insonni tavsiflovchi barcha tushunchalardan farqli o‘laroq, shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuini ifodalaydi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liq kategoriyalardir. Demak, har bir shaxsning psixologiyasida, uning fe’l- atvorida uni o‘rab turgan yaxlit
jamiyatning: yaqin atrofidagi oilasi, qarindoshlari, yor-do‘stlari, yashayotgan davri, zamoni, davlat tuzumi, jamiyatdagi ustuvor siyosat, iqtisodiyot, mafkuraning ta’siri bo‘lib, tu ta’sir uning yaxlit qiyofasida turish-turmushi, imidji, dunyoqarashi, fikrlash tarzi, tafakkuri,
mentaliteti, tanlagan kasbida o‘z aksini topadi. “Shaxs” tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina savollar psixologiya fani tomonidangina emas, balki falsafa, pedagogika, sotsiologiya, kriminalogiya va boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi. Psixologiyada «shaxs» tushunchasi eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday
olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.
Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga
bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan obyekt va ham subyekt bo’lishlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |