1. Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari. Shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti hamda sub’ekti sifatida


Shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti hamda sub’ekti sifatida


Download 28.18 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi28.18 Kb.
#1262332
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Shaxsni kasbga yo’naltirish omillari va vositalari. Shaxs – i

2. Shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti hamda sub’ekti sifatida.
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun qiziqarli, manfaatli kasb va hunar tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi.
Inson - ijtimoiy mavjudotdir. U tug’ilgan kunidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Odam o’zining birinchi ijtimoiy tajribasini gapirmasdan oldin egallaydi. Bu tajriba ijtimoiy ta’sir natijasida subyektiv ravishda egallanadi va u s haxsning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol o’zlashtirish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida namoyon etishidir.
Demak, ijtimoiylashuv jarayoni odamlarning muloqoti va ularning birgalikdagi faoliyati bilan ajralmas bog’liqdir. Bu tajribani egallash subyektivdir. Bir xil ijtimoiy vaziyat har xil shaxslar tomonidan turlicha idrok qilinadi va har xil ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun turli
shaxslar bir xil obyektiv ijtimoiy vaziyatda har xil ijtimoiy tajriba orttiradilar. Bu holat bir vaqtning o’zida ikkita qarama-qarshi va bir xil jarayon - ijtimoiylashuv va individuallik jarayoni asosida yotadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi deganda bolaning psixologik, intellektual shaxsiy rivojlanishida ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning natijalaridir, ya’ni ta’lim tarbiya ta’sirida psixik funksiyalarni o’zgartirish, ijtimoiy ma’naviy qadriyatlarni, dunyoqarashni xulqatvordagi norma va qonunlarni shakllantirishdan iborat.
Shaxs o’z hayot yo’lini, maqsadlarini kasbini mustaqil tanlash, o’zining psixologik va fiziologik xatti-harakatlarini boshqara olishi va amalda o’z qobiliyati, layoqatlaridan to’la foydalana olishi, doim o’zini mukammallashtirishga intilishi zarur.
Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi:

  • bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funksiyalarning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo‘lishi bilan parallel ravishda kechadi;

  • ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o‘quv yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;

  • muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu o‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi.

Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning o‘z “Men”ini to‘la ifoda eta olishi, o‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini o‘z kamoli va odamlar manfaatiga bo‘ysundira olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa aksincha, odamlarda mazoxizm
(tobelikka ko‘nikish, ahloqan past ketishliklar), sadizm (o‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bo‘lishga intilish, odamlarni qo‘rqitish, ular ustidan zo‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (o‘z nochorligidan qutulish uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan
jirkanmaslik), konformizm (o‘z “Men”idan voz kechib bo‘lsa ham o‘zgalar hukmiga itoat etishga o‘rganib qolish) kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
Shaxs – ijtimoiy ta’sirlar doirasida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va ijtimoiy nazorat masalasi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, shaxs hamisha ijtimoiy, ya’ni, insoniy munosabatlar doirasida va ta’sirida bo‘ladi, o‘z ongi, aqli, farosati bilan turli xil munosabatlarni nafaqat idrok qiladi, balki, o‘zlashtirib, ularga rioya qiladi ham. Ya’ni, bola
ilk yoshligidanoq, shu kabi ta’sirlarning sub’ekti sifatida “mening hayotim”, “mening oilam”, “do‘stlarim”, “bizning olam” kabi tushunchalar orqali ijtimoiy muhitning ta’sirlarini qabul iqlayevradi. Albatta, bu ta’sirlar hamisha ham to‘g‘ri, ijobiy bo‘lmaydi, aks xolda “asotsial xulq”, “ko‘cha bolasi”, “dangasa”, “yomon bola” tushunchalari bo‘lmagan bo‘lardi. Ijtimoiy norma – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlarga nisbatan talablaridir. Masalan,
bizda bir insonning ikkinchisini ko‘rganida salomlashishi, “Assalomu alaykum” deb ehtirom qilishi – norma; talabaning o‘quv mashg‘ulotlari davomida ustozning gapini bo‘lmasligi, ko‘pchilikka xalaqit bermasligi ham norma; jamoat transportida keksalarni, nogiron yoki
xomilador ayolni hurmat qilish, ularga g‘amho‘rlik ko‘rsatish ham norma; otaning farzandlarga o‘rnak bo‘lishi, farzandning ota qoshida itoatkor bo‘lishi ham norma va haqozo.
Dunyoda minglab kasblar borki, ularga nisbatan shakllanadigan munosabat, kasbning tanlanishi shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi va to‘g‘ri hayot tarzini shakllantirishi muammosi o‘zaro chambarchas bo‘lib,
Shaxsni kasbga yo‘naltirishda ijtimoiylashuv institutlarining
rolining ahamiyati qanday?
Ushbu masalaning ijobiy xal qilinishi jamiyatning ma’naviy hamda iqtisodiy rivojiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Professional yo‘nalganlik ijtimoiy psixologik xodisa bo‘lib, uni ta’minlovchi omillarni bilish kasbga to‘g‘ri yo‘naltirishning asosi hisoblanadi.
Alohida ta’kidlash joizki, kasbga yo‘nalganlik jamiyatda ro‘y beradi, odamlarning bu jarayonga ta’siri kuchli bo‘ladi, lekin aslida har bir shaxs hayot tarzi va faoliyati nuqtai nazaridan olganda, uni oldindan belgilab, qat’iy tartibga solish unchalik oson emas. Sodda
qilib aytganda, kasb tanlash har bir insonning shaxsiy ishi va unga bevosita ta’sir ko‘rsatib, bu ishni loyihalashtirish ancha mushkul. Shunday bo‘lsada, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni psixologiya o‘rganadi.



Download 28.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling