1. Шеър сўзининг маъносини шарҳланг


Download 11.05 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi11.05 Kb.
#103378
Bog'liq
seminar-3


1.     Шеър сўзининг маъносини шарҳланг.

Sheʼr (arabcha: shuur — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir.

2.     Шеъриятда мавзу ва ғоянинг ифода этилиши. Мисол келтиринг ва шарҳланг.

Unda ijodkorning individual yondashuvi aks etadi. Agar mana shu yondashuv bo`lmaganda edi, badiiy adabiyotdagi obraz tushunchasi o`zining ko`p qatlamli mohiyatini yo`qotgan bo`lardi. Chunki aynan obrazga yuklangan individuallik alal-oqibatda uning jozibasini oshiradi, ya’ni obrazni turli-tuman nuqtayi nazardan turib baholash, talqin etish imkonini beradi. Obrazning kuchi, jozibasi yana shundaki, u shoir ifodalamoqchi bo`lgan fikr, his-tuyg`u va kechinmani ma’no jihatidan tovlantirib beradi. Ya’ni o`z kayfiyatini ayniqsa, ramziy obraz orqali aks ettirgan shoir shu narsaga erishadiki, endi uni har o`quvchi o`ziga tanish manzaralarda tushunadi. U yaratgan obrazlar muxlislar qalbida yangidan inkishof etiladi. Shu ma’noda har bir o`quvchining yuragida o`z «Go`zal»i, (Cho`lpon), o`z «Na’matag»i (Oybek) va o`z «Tilla baliqcha»si (A.Oripov) yashaydi. Demak, shoir obraz orqali fikrlay boshlaganda fikrini oxirigacha aytmaydi. Chunki bu ishni o`quvchining o`zi bajaradi. Shu tarzda san’atning, she’riyatning estetik ta’sir maydoni kengayib boradi.

3.     Ода ва қасида сўзларининг маънолари ва уларнинг вазифаларини тушунтиринг.

Oda (yun. aoide — qoʻshiq) — sheʼriy va musiqiy janr. Yunonistonda paydo boʻlib, tantanavor, koʻtarinki ruxda yaratilgan nasihatomuz xor qoʻshigʻiga nisbatan aytilgan (Pindar va boshqalar). 17-asrdan Yevropa musikasida biror kishi shaʼniga yoki muhim voqea munosabati bilan yaratilgan vokal-cholgʻu musiqa asari. Kantatata yaqin (G. Pyorsell, G. F. Gendel, I. S. Bax, L. Betxoven va boshqalar) hamda cholgʻu joʻrligidagi qoʻshiq (G. F. Teleman, K. F. E. Bax, K. F. Glyuk va boshqalar) turlari mavjud.

Qasida (arab. — koʻzlamoq, niyat qilmoq) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Q. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat.

4.     Илк қасидачилик ҳақида фикр юритинг.

11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy qasidalar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy qasidalari).

5.     Ўзбек мумтоз адабиёти қасидалари ғақида далилий мисоллар ёзинг ва изоҳланг.

Oʻzbek mumtoz Q.lari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari "Devonu lugʻotit turk"yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida qasida oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Q.lar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta qasida boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan "Hiloliya", katta ijtimoiy mazmun tashuvchi "Tuhfat ulafkor" ("Sittai zaruriya"dan) Q.lari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar.

6.     Марсия нима? “Абдуллажон” (Р.П) марсиясини таҳлил қилинг.

Marsiya (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati bilan gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri.

Rauf Parfi: ‘‘E, buyam og’ir gap. Abdullajon – tog’amning o’g’li. Tog’am erta o’lib ketgan. Bola-chaqa qolib ketgan. Shunda dadam rahmatlik Abdullajonni biznikiga olib kelganlar. Olti yoshdan birga o’sganmiz. Maktabni bitirib, men o’qishga kirdim, u haydovchilik qila boshladi. Ko’p o’tmay uni armiyaga olishdi. Uch yil xizmat qilinardi unda. Qaytishiga ozgina qolganda dilgrom keldi. Abdullajon vafot etibdi. “Olib ketinglar!” deb xabar berishgan. Men yo’lga tushdim. Bordim. Gaplashdim. “Sovuqdan o’lgan”, deyishdi. Chakkasi ko’kargan. Tekshiruvdan o’tkazishniyam bilmabman. Tobutni tayyora olmas ekan: poezdga chiqadigan bo’ldim. Qutida murda borligi bilinmasin, deb kattaroq temir quti yasashdi. Bir hafta deganda Toshkentga yetib keldik. Vagonda Abdullajon ikkovimiz, xolos. Ayrim satrlar o’shanda tug’ilgan’’.

7.     Мадҳия хусусида фикр билдиринг.

Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so'z ijrosida yaratilgan asar. Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi xukmdor va boshqalarga bagʻishlangan.

8.     Замонавий қасидачилик ҳақида ёзинг ва “Ўзбегим” (Э.В) қасидасини таҳлил қилинг

Oʻzbegim qasidasi oʻz vaqtida xalq oʻrtasida ogʻizdan tushmaydigan boʻlib qolgan edi. Bu qasida 60-yillar muallif sheʼriyatining eng avj pallasi hisoblanadi. Bu oʻrinda qasidani maxsus sharhlab oʻtirishga hojat yoʻq: u haqda koʻp yozildi. Asar darsliklardan joy olgan. Millatning shaʼni-gʻururi toptalgan, tarix darsliklarimizda xalqimizning shonli oʻtmishi qora boʻyoqlar bilan bulgʻangan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulugʻ ogʻaga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulugʻlovchi „Oʻzbegim“ qasidasi gʻayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Qasida shoirni mashhur qilgan sara sheʼrlaridan biridir.
Download 11.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling