7. Tilning tarkibiy qismlari noto`g`ri berilgan javobni aniqlang.
A) tovushlar tizimi; B) harflar tizimi; D) grammatik qurilishi;
D) lug`at boyligi.
8. Fikr qanday vosita orqali ifodalanadi?
A) tovush; B) so‘z ;C) ibora; D) gap.
9. O‘zbek tili leksikasida yangi ma’no kasb qilgan so‘zlarni toping.
A) dallol, bozorbop B) ishbilarmon, tadbirkor C) firmachi, fermer D) barchasi to‘g‘ri
10. O‘zbek tiliga xos bo‘lmagan bo‘g‘in turlari berilgan javobni toping.
A) teologiya B) kontrakt C) tashvish D) A,B.
11. Janubiy-g`arbiy guruh shevalari qaysi lahjaga mansub?
A) qarluq lahjasi B) qipchoq lahjasi C) o`g`uz lahjasi D) to‘g‘ri javob berilmagan.
12. Adabiy tilning belgilari noto‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) milliy tilning talaffuz me’yoplariga moslashtirilgan shakli
B) milliy tilning muayyan qolipga solingan shakli C) milliy tilning tilshunos olimlar tomonidan ishlov berilgan shakli D) milliy tilning ma’lum qoidalarga bo`ysundirilgan shakli
13. Yer yuzidagi tillarning o‘zaro farqlanishi qaysi javobda noto‘g‘ri berilgan?
A) tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko`ra B) fonetik va leksik xususiyatlariga ko`ra C) qaysi yozuvga amal qilishiga ko‘ra
D) grammatik xususiyatlariga
14. Tillarni qiyoslab tekshirishda ularning qaysi xususiyatlari bir-biriga qiyoslanadi?
A) fonetik xususiyatlari B) leksik xususiyatlari C) morfologik xususiyatlari D) sanalganlarning barchasi
15. Qaysi lahjada jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi –a shaklida qo‘llanadi?
A) shahar shevalarida B) o‘g‘uz C) qipchoq D) qarluq
16. Turkiy tilni tadqiq qilgan birinchi alloma nomi qaysi javobda berilgan?
A) Koshg‘ariy B) Zamahshariy C) Mahmud D) Yusuf
17. O‘zbek tili tizimli tarzda qachondan boshlab tadqiq qilina boshladi?
A) XI asrdan boshlab B) XVI asrdan boshlab C) XIX asrdan boshlab D) XX asrdan boshlab
Do'stlaringiz bilan baham: |