1. Shlyuzlarda boyitish. Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi. Kirish


Download 48.79 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi48.79 Kb.
#1531283
  1   2   3
Bog'liq
F.Q.B. 1


Mavzu:Shlyuzlar haqida ma’lumot. Shlyuzlarning tuzilishi, hamda ishlash tartibi
Reja:
1. Shlyuzlarda boyitish.
2. Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi.


Kirish
Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay va kamyob metallar
rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi moslamadan foydalaniladi.
Shlyuz — to‘g‘ri burchak shaklidagi qiya tamovchadan iborat boiib,
uning tubiga trafaret yoki juni o‘siq mato (kigiz, tuki o‘siq movut,
g‘adir-budir rezina va hokazo) to'shaladi.
Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq
g'oialardan ko'ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda
ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek, metall trafaretlar
ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi,
g'adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi
bo‘ylab harakatlanayotgan zarralarning qarshiligini orttiradi va quyi
qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.
Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko‘zlari)
da ogir mineral zarralari yigiladi. Yig‘ilib-yig‘ilib oxiri toiiq toiadi va
shlyuzga mahsulot berish to‘xtatiladi.Cho‘kkan mahsulot shlix deyiladi.
Shlix ajratib olinadi.
Cho‘kmani ajratib olish jarayoni chayish deyiladi. Awal yuqori
qatlamda qolgan yengil zarralarni ajratib olish uchun shlyuzga suv beriladi. Keyin suv berish to'xtatiladi va trafaretni ajratib olishga kirishiladi,
bunda to'plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib tushiriladi. Bu
mahsulot yog‘och yoki metall eshkaklar yordamida shlyuz tubi bo'ylab
yuqoriga ko‘tarib beriladi (puch tog1 jinslarini ajratish uchun). Yirik bo‘laklar kul bilan olib tashlab, chiqindilar maydoniga jo'natiladi. Shlyuz tubida qolgan xomaki boyitma alohida idishga yuvib tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan apparatlarga tozalash (доводка) uchun yuboriladi.



Download 48.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling