1. Shlyuzlarda boyitish. Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi. Kirish
Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Download 48.79 Kb.
|
F.Q.B. 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Shlyuzlarning texnologik parametrlari va ishlash tartibi
Shlyuzlarning asosiy texnologik parametrlari: qattiq zarralaming bo'tanadagi miqdori (zichligi), oqimining chuqurligi, shlyuzning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga qarab tanlanadi. Bu param etrlar ishlab chiqarish unumdorligi, ajralish va boyitmaning sifati kabi boyitish ko'rsatkichlami belgilaydi. Chuqur to‘ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40—50 mm li taxta (doska) dan to‘g‘riburchakli kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyuzlaming uzunligi 150—180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan - 0,9 m gacha boiadi. Shlyuzning qiyalik burchagi 2-3°. Shlyuz tubiga trafaret to‘shaladi. Ko‘pincha, trafaretlar orasida cho‘kuvchi mayda ogir minerallami ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo'ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi. Mayda zarrali mahsulotni boyitish uchun sayoz toidiriluvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag‘al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to‘shaladi. Shlyuzlaming solishtirma ishlab chiqarish quwati mahsulotning yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m2 sutkani tashkil qiladi. Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suv keng chegarada o'zgaradi. Mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta boiganda sarflanadigan suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3—10 m3. 200—300 mm yiriklikdagi rudani boyitishda suv sarfi keskin ortib ketadi. 1 m3 ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi. Vintli separatorlarda boyitish xuddi shlyuzlarda boyitishdagidek ketadi, lekin bu usulda boyitishda ogirlik kuchi bilan bir qatorda, kattaligi ogirlik kuchidan bir necha barobar katta boigan markazdan qochma kuch ham qoilaniladi. Shuning uchun mineral zarralarning zichligiga qarab ajralishi tezroq ketadi va apparatning oichamini sezilarli darajada kichraytirish mumkin. Vintli separator vertikal yukka ega qo‘zg‘almas vintsimon burama tarnovchadan iborat. Bunday apparatlar kamyob, nodir metallar tub konlari va sochma konlari rudalarini hamda fosforitli, xromitli rudalami boyitishda ishlatiladi. ВоЧапа tarnovchaning yuqori qismiga beriladi. Tarnovcha bo‘ylab harakatlanayotganda mineral zarralar suv oqimi, ishqalanish kuchi, ogirlik kuchi va markazdan qochma kuchlaming ta’siriga uchraydi. Bu kuchlaming birgalikdagi ta’siri natijasida mahsulot zichligiga qarab taqsimlanadi: yengil minerallar tashqi yon devor tomon siljib, spiralsimon trayektoriya bo‘ylab pastga siljiydi: og‘ ir zarralar esa shunday trayektoriya bo‘yicha tarnovchaning tubi bo‘ylab harakatlanadi. Separatorning yuqori o‘ramlaridan ajratuvchilar yordamida boyitma, o‘rta o‘ramlardan oraliq mahsulot, chiqindi esa tamovchaning oxiridagi quyi o‘ramlaridan chiqarib olinadi. Vintli separatorlar ishiga quyidagi konstruktiv va texnologik parametrlar ta’sir qiladi: vintsimon tamovchaning diametri va qadami, o‘ramlar soni, tarnovcha ko‘ndalang kesimining yon tomonidan ko‘rinishi (profil), ajratkichlar soni, ulami o‘matish joyi, mineral zarralaming o'lchami va shakli, bo‘tanadagi qattiq zarralaming miqdori, sarflanadigan suv miqdori va hokazo. Separatorning diametri berilgan ishlab chiqarish unumdorligiga, ajratiladigan minerallaming yirikligi va zichligiga bog'liq. Sanoatda ishlatiladigan separatorlar tarnovchasining diametri 600 dan 1500 mm gacha bo'ladi. Vintsimon tamovchaning qadami uni gorizontal tekislikka nisbatan qiyalik burchagini belgilaydi. Boyitilayotgan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, tamovchaning nisbiy qadami shuncha kichik bo‘lishi kerak. Odatda, u 0 ,4 -0 ,6 ga teng. Tarnovchaning o‘ramlari soni boyitilayotgan mahsulotning fizik xossalariga bogiiq va yirikligidagi farq kamayishi bilan ortib boradi. Sanoat separatorlarida o‘ramlar soni 4—6 tani tashkil qiladi. Ajratkichlar soni va ularni o'rnatish joyi har qaysi aniq hoi uchun tajriba yoii bilan aniqlanadi. Odatda, tarnovchaning har qaysi o'rami ajratkich bilan ta’minlanadi. Oicham i 4 mm dan 0,25 mm gacha boigan mahsulot vintli separatorlarda samarali boyitiladi. Bundan mayda zarralar yomonroq boyitiladi. Dastlabki mahsulot tarkibida loy va mayin shlamlaming boiishi vintli separatorlarda ajralishning keskin buzilishiga olib keladi. Vintli separatorlarda boyitishda, agar ogir mineral zarralari yassi plastinka, yengil mineral zarralari esa dumaloq shaklda boisa eng yaxshi natijalarga erishiladi. Yassi plastinka shaklidagi zarralar siljishning ishqalanish kuchlari ta’sirida tarnovchaning ichki yon devorida ushlanib qolinib, boyitmaga ketadi, yengil minerallarning dumaloq shakldagi zarralari esa tarnovning tashqi yon devori bo'ylab harakatlanadi va chiqindiga ajraladi. Vintli separatorlarga berilayotgan bo'tana tarkibidagi qattiq zarralarning massa miqdori 25—30 % da ushlab turiladi. Ishlab chiqarish unumdorligi esa separatorning oicham i va boyitilayotgan rudaning xossasiga qarab 2 dan 30 t/soat. Vintli separatorlar sodda tuzilishga ega, ularni ishlatish qulay, ularda elektr energiya sarflanmaydi va kam joy egallaydi. Oichami 4 mm dan 0,15 mm gacha boigan ogir minerallar (oltin, ilmenit, kassiterit va hokazo) boyitilganda 97% ga qadar yuqori ajralishga erishish mumkin. Biroq minerallarning oichami 4 mm dan ortsa yoki 0,15 mm dan kamaysa, vintli separatorlarda boyitish samarasi keskin kamayadi. Xulosa ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Foydalanilgan adabiyotlar G.Q. Salijanova Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash аsoslari Internet saytlari https://foydali-fayllar.uz/shlyuzlarda-boyitish/ Download 48.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling