1 “Sifat – xxi asr


Sifat – bu qadriyat. 2. Sifat – bu ustunlikdir


Download 39.8 Kb.
bet5/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

1. Sifat – bu qadriyat.

2. Sifat – bu ustunlikdir.

3. Sifat – bu spetsifikatsiyalarga muvofiqlikdir.

4. Sifat – bu mijozlar istaklariga muvofiqlik va yoki shu istaklarni oldindan ko’ra bilishdir.


7 Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi?
7. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi
Hozirgi vaqtda «sertifikat» degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so’rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotni sifati to’g’risidagi hujjat, ba’zi birovlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko’rsatilishi lozim bo’lgan hujjat deb ta’rif beradi. O’ylaymizki, darsligimizning ushbu bo’limini o’qib chiqqaningizdan so’ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topasiz.
«Sertifikat» so’zining ma’nosini keltirishdan oldin mavzudan biroz chetga chiqamiz.
Ma’lumki, SHarq, jumladan O’zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go’zal tabiati va mehnatsevar xalqi bilan, balki o’zining ko’zni qamashtiradigan, rang-barang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashhurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o’zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo’lsangiz, sotuvchilar, dehqonlar meva-chevalardan uzatib, totib ko’rishni taklif etishlarini guvohi bo’lasiz (albatta, totib ko’rganlik uchun haq so’ralmaydi). Buni tagida bir ma’no yotadiki, u ham bo’lsa, mahsulotning sifatiga xaridorning o’zi baho bersin, ya’ni, taklif qilinayotgan mahsulot sifati va unga so’ralayotgan narx mutanosib ravishda belgilanayotganligigao’zi ishonch hosil qilsin.


8 Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar?
8. Sertifikatlashtirish sohasidagi atama va ta’riflar
Mazkur kursda qo’llaniladigan atama va ta’riflar ISO/MEK 2, O‘z DSt ISO 9000:2002, O‘z DSt 5.5 standartlariga mos bo’lib quyidagi atama va ta’riflar mutanosiblik bilan qo’llaniladi:
Sertifikatlashtirish jarayoni, shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni qo’yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan ko’rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko’rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o’z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga
belgilangan kursatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Xo’sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo’llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko’rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o’z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Muvofiqlikni attestatlash uchunchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo’lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
9 Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy tushunchalar?

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling