1 “Sifat – xxi asr


Sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik usullar. Sifatni umumiy nazorat


Download 39.8 Kb.
bet7/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

10. Sifat nazoratining Teylor tizimi, statistik usullar. Sifatni umumiy nazorat

qilish Teylor tizimiga asoslangan sifat nazorati. Sifat menejmenti ildizlari ilmiy boshqaruv maktabi – “Scientific Management”da 1885-1920 yillarda shakllana boshlagan. F.U.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan sifat boshqaruvining ilk usullari, mahsulot ishlab chiqarilganidan keyingi nazorati bilan bog’liq bo’lgan. Teylor tizimida, shablon va kalibr kabi o’lchov asboblari qo’llanilgan edi. Teylor tizimi muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash maqsadida, ilk marta, sifat bo’yicha nazoratchi lavozimini joriy etish zaruriyati asoslab berilgan, mahsulot sifatiga ta’sir etishning shakl va usullari, yaroqsiz mahsulot chiqaruvchilar uchun jarima solish tizimi ishlab chiqilgan edi. Mazkur yondoshuvning mohiyati shundaki, bunda asosiy e’tibor, yaroqsiz mahsulotlar iste’molchiga yetib bormasligiga qaratilgan.

Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish. XX asrning 20-yillarida sifat nazoratining statistik usullari - “Statistical Qualiy Control” (SQC)ning vujudga kelishi va kelgusi rivojlanishi, sifat menejmenti taraqqiyotida muhim davr bo’ldi.1924 yilda Amerikaning “Bell Telephone Laboratories” kompaniyasining xodimi V.SHuxart mahsulotlar sifatini kuzatib borishning nazorat kartalarini ishlab chiqadi. Taxminan shu

davrda G.F.Dodj va G.G.Roming ilk marta sifatni saralab nazorat qilish jadvallarini yaratishdi. SHu ishlarning barchasi birgalikda, sifat boshqaruvining statistik usullari vujudga kelishi uchun turtki berdi va bu usullar keyinchalik E.Deming sharofati bilan Yaponiyada keng tarqaldi hamda shu mamlakatdagi iqtisodiy inqilobga katta ta’sir ko’rsatdi.

Bu usul yaroqsiz mahsulotlarni iste’molchiga jo’natish oldidan aniqlash va konveyerdan olib tashlashga emas, balki texnologik jarayon vaqtidayoq unga e’tibor qaratish imkoniyatini berdi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlashga va ularning variatsiyalarini kamaytirishga qaratildi. Ya’ni, nuqsonlar sababini aniqlash va jarayonlarni boshqarish asosida ularni bartaraf etish asosiy vazifaga aylandi.


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling