1 “Sifat – xxi asr
Download 39.8 Kb.
|
менежмент жавобла
Oziq-ovqat mahsulotlari sifat va xavfsizlik menejment sistemalari fanidan yakuniy nazorat savollari 1 “Sifat – xxi asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni? 1.Sifat – XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni. Sifat narxdan muhimroq Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan iste’molchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo’lmagan qismini tashkil qilganini ko’rsatadi. Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan. Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan. Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH ning yetakchiligi mustahkamlandi. Butun dunyoda Amerika tajribasi o’rganildi va amaliyotda qo’llanildi. 1953 yilda ingliz mutaxassislari AQSH da ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan keng qamrovli islohotlarni o’tkazishgan. Biroq sifatni boshqarish sohasida ular oqilona statistik nazoratdan foydalanilayotganini qayd etdilar, xolos. Amerika korxonalari tanlanma kirish nazoratidan foydalanishgan va unga ko’ra mahsulotlarning 98%i yaroqli deb topilgan. Yaroqsiz mahsulotlar iste’molchi talablariga ko’ra bepul almashtirib berilgan. Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi, “yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib qolmadilar. Sifatni boshqarishning murakkab tizimlari shakllantirila boshlandi. Bu tizimlar tarqala boshlaganda bozor sifatning narxdan muhimligini angladi. Natijada Amerika biznesi 70 – va 80 – yillarda yuqori sifatli mahsulotlarni past narxlarda bozorga taklif qilgan Yaponiya va Yevropa firmalari tomonidan kuchli raqobatga duch keldilar. Download 39.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling