1 “Sifat – xxi asr


Download 39.8 Kb.
bet14/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv ta’sirini amalga oshiriladi.

Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11- rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan.

Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni tekshirish bo’linmalari kiradi.

Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompьyuter qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.

Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.

Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz mahsulotni tahlil qilishga olib ukelardi.


20 Mahsulot sifatini boshqarish va tahlil qilish statistik usullarining tizimli taxlili?
Sifatni tahlil qilishning statistik usullari mamlakatimizda hamda chet ellarda sifatni boshqarish sistemalarida keng qo’llaniladi.
Statistik tahlil – bu mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni va shartlarni tahlil qilishdir.
Sifatni nazorat qilish va tahlil qilishning ma’lumotlar manbalari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
inspektsion nazorat: berilgan xom-ashyo, materiallarning kirish nazorati ma’lumotlarini belgilash; tayyor mahsulotlarni belgilab qo’yish; oraliq nazorat ma’lumotlarini belgilash va boshqalar.
Ishlab chiqarish va texnologiya: jarayonni tahlil qilish ma’lumotlarini belgilab qo’yish; qo’llanilayotgan operatsiyalar to’g’risida kundalik ma’lumotlarni to’plash; dastgohlarni nazorat qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni (to’g’rilash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish) belgilab qo’yish va boshqalar.
Xom ashyo va materiallarni keltirish va mahsulotni sotish: xarakatni omborxonalar orqali ro’yxatga olish va boshqalar.
Boshqarish va ish yuritish: foydani hisobga olish; qaytgan mahsulotni hisobga olish; doimiy mijozlarga xizmat ko’rsatishni hisobga olish; sotishni hisobga olish jurnali; bozorni tahlil qilish ma’lumotlari va boshqalar.
Moliyaviy operatsiyalar: debet va kreditni taqqoslash jadvali; zararlarni hisobga olish; iqtisodiy hisoblar va boshqalar.
Odatda, Yaponiya korxonalarida ish o’rinlarida ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus, tushunish unchalik qiyin bo’lmagan «sifatni nazorat qilishning yetti instrumenti» deb atalgan statistik usullardan foydalaniladi.
Ushbu yetti instrument o’z ichiga quyidagi usullarni oladi:
qatlamlashtirish
grafiklar
diagramma Pareto
sabab-oqibat diagrammasi
gistogramma
sochilish diagrammasi
nazorat kartalari
Yuqorida sanab o’tilgan «sifatni nazorat qilishning yetti instrument»i turli muammolarni hal etishda alohida yoki turli kombinatsiyalarda qo’llanishi mumkin.
Statistik usullarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Qatlamlashtirish – eng oddiy statistik usullardan biri. Agar chetlanishlar mahsulotni tayyorlash sharoitlari bilan bog’liq deb faraz qilinsa, o’lchash ko’rsatkichlarini alohida qatlamlar bo’yicha, ya’ni mashina vauskunalar bo’yicha alohida, har bir operator bo’yicha alohida, xom ashyo bo’yicha alohida, brigadalar bo’yicha, smenalar bo’yicha ham alohida nisbiy o’rganilib, tahlil qilish ishlarini amalga oshiriladi.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling